chinakam achitqilar, spora hosil
qilmaydiganlarini
(asporogenlarini)
yolg‘on achitqilar yoki
achitqisimon organizmlar deb nomlanadi.
Achitqilarning sistematikasi. Achitqilarning sistematikasi ularning ko‘payish
usuliga, spora hosil qilishiga va fiziologik xususiyatlariga qarab asoslangan.
Achitqilarning bir nechta sistematika turlari mavjud. SHular jumlasidan V.I.
Kudryavsevning sistematikasida to‘xtalib o‘tamiz.
V.I. Kudryavsev barcha bir xil hujayrali mitseliy hosil qilmaydigan achitqilarni
zamburug‘larning mustaqil guruhiga - Unicellomycetales tartibiga birlashtiradi. Uni
vegetativ ko‘payish usullariga asoslanib uchta oilalarga bo‘ladi; spora hosil qilishini
esa hisobga olinmaydi.
Saccharomycetaceae - kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadigan achitqilar;
Schizosaccharomycetaceae - bo‘linish usuli bilan ko‘payadigan achitqilar;
Saccharomycodaceae - limonsimon achitqilar, ularning ko‘payishi kurtaklanish
turidan boshlab, bo‘linish turi bilan tugaydi.
Spora hosil qiluvchi achitqilardan -
saxaromitses turkumi (
Saccharomyces )
katta e’tiborga egadir. U o‘z tarkibida tabiiy turlarni va sanoatda qo‘llanadigan
madaniy turlarni birlashtirgan.
Bu turkum achitqilari kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi va spora hosil qilish
qobiliyatiga ega. Ularning alohida turlari bijg‘itish intensivligi, u yoki bu qandlarni
bijg‘ita olish qobiliyati bilan, spirtni hosil qilish miqdori, kurtaklanish va spora hosil
qilish harorat optimumi va boshqa belgilar bilan bir-biridan farq qiladi.
Saxaromitses turkumidagi achitqilarning ikki turi: sereviziya va ellipsoideus
sanoatda eng ko‘p qo‘llaniladi.
Saxaromitses serevizia (
Sacch. cerevisiae ) - yumaloq yoki tuxumsimon
cho‘zilgan shakldagi achitqilar. Ular etil spirtini ishlab chiqarishda, pivochilikda,
kvas va non mahsulotlarini olishda ishlatiladi. Turli ishlab chiqarishlarga xos bu
achitqilarning irqlari qo‘llanadi.