5
spirtli bijg‘ishni
keltira olmaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini esa aynitadi,
ularning
barchasi aeroblar.
Torulopsis hujayralari yumaloq va tuxumsimon uzunchoq shaklli. Ularning
ko‘pchiligi sustgina spirtli bijg‘ishni keltira oladilar. Ba’zi
turlari qimiz va kefir
ishlab chiqarishda qo‘llanadi.
Kandida
- hujayralari cho‘zinchoq shakldagi achitqilar. Ular sodda mitseliy
(psevdomitseliy) hosil qiladi va spirtli bijg‘ishga qodir emas. Ba’zi turlari (masalan
C. mycoderma) qand va spirtni organik kislotalargacha
yoki karbonat angidrid
va
suvgacha oksidlab vino, pivo, alkogolsiz ichimliklar
va xamirturish ishlab
chiqarishda zarar keltiradi. Ular yana ko‘pincha mahsulotlarni aynitadi. Kandida
achitqilarining ba’zi
turlari odamlarda
kandidoz
kasalini keltiradi, bunda og‘iz va
boshqa a’zolarning shilliq pardalari jarohatlanadi.
Kandida achitqilarining ba’zi turlari chorvachilik va parrandachilik uchun ozuqa
achitqilarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Ozuqa achitqilari arzon, sanoat va
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishlarida hosil bo‘lgan, chiqindilarda o‘stiriladi. Ozuqa
achitqilarining biomassasi hayvonlarga kerakli, hamma aminokislotalari bor, oqsilga
va vitaminlarga boydir.
Asporogen
achitqilar orasida sariq, pushti, qizil rangdagi pigmentli turlari bor.
Ularning hujayralarida karotinoidlar hosil bo‘ladi. Bu achitqilar ozuqa oqsil-
karotinoidli preparatlar olishda qo‘llaniladi. Ozuqa achitqilarni
arzon va etarli
substratlarda - sanoat ishlab chiqarish chiqindilarida (asosan spirt zavodlarinikida)
hamda qishloq xo‘jalik chiqindilarining gidrolizatlarida o‘stiriladi.
Ba’zi achitqilar neftning alohida fraksiyalarida ham o‘sadi. Hozirgi vaqtda
ozuqa achitqilarini neft parafinlarida o‘stirilib, ishlab chiqarilmoqda.
Nazorat savollari
1.
Mog‘or zamburug‘larining tanasini tuzilishi va ko‘payish usullari qanday?
2.
Mog‘or zamburug‘larining sistematikasi qanday?
3.
Achitqilarning umumiy tavsifi va achitqi hujayrasining tuzilishi.
4.
Pag‘a-pag‘asimon achitqilar va chansimonlarining farqini ko‘rsating.
5.
Achitqilarning ko‘payish usullari qanday?
6.
Qaysi achitqilar oqsil-karotinoidli preparatlar olishda qo‘llaniladi?