Ishlashni kompleks loyihalashtirishning turli bosqichlarida, qatlam va flyuidlarning xususiyatlari, quduqlarni ishlash sharoitlari haqidagi boshlangich kon-geologik ma`lumotlarning to`liqligi va sifatiga bog’liq xolda, suv haydashdagi ishlashning texnologik ko`rsatgichlarini hisoblashni murakkabligi va aniqligi turli darajada bo`lgan usullarni qo`llash kerak.
Shunday qilib, masalan, sinov-ishlatish loyihasini tuzishda, neft qazib chiqarish tumanini rivojlanishini kompleks loyiqalashtirishda qazib chiqarish imkoniyatlarini baholashda, shuningdek boshlangich geologik ma`lumotlar yetarli emas va ularning sifati yuqori bo`lmaganda, ishlashning texnologik ko`rsatgichlarini aniqlash uchun gidrodinamik hisoblarning yaqinlashtirilgan, soddalashtirilgan usullarini qo`llash maqsadga muvoffiq.
Kompleks tarxlarni, asosan ishlash loyihalarini tuzishda esa qatlam va flyuidlarning ko`rsatgichlari, quduqdar va jihozlar ishlash sharoitlari haqida katta miqdordagi yuqori sifatli axborotlarga ega bo`linganda, har xil suyuqliklarni turli g’ovak muqitda, quduqlar tizimida amaldagi sirqish sharoitlarini ko`proq darajada hisobga oluvchi, ishlashni texnologik ko`rsatgichlarini hisoblashning bir munchа jiddiy va murakkab usullarini qo`llash lozimdir.
Hozirgi vaqtda neft uyumlarini suvlanish jarayonlarini hisoblash uchun ko`plab gidrodinamik va statistik usullar tavsiya qilingan.
Gidrodinamik usullarneft uyumni amaliy ishlash sharoitlarini u yoki bu darajada to`laroq aks ettiruvchi hisobiy modellardan foydalanishga asolangan. Ishlashning boshlangich davrlarida foydalannsh imkoniyati ularning afzalligi hisoblanadi. Biroq, bu usullarning aniqligi qazib olinayotgan suyuqlikni suvlanganligi yuqori bo`lishi bilan, shuningdek ishlashni so`ngi davrida yomonlashib boradi.
Statistik usullarishlatishning o`tgan yillarida jamlangan haqiqiy ma`lumotlar bo`yicha siqish ko`rsatgichlarini baholash va bashorat qilinayotgan davr uchun uni ekstropolyatsiya qilish. Ularni ustunligi ishlash ko`rsatgichlarini dinamikasiga ta`sir qiluvchi barcha omillarni integral ravishda hisobga olish va bashoratlashning soddaligi kiradi. Mahsulotni suvlanishini o`zgarishga olib keluvchi tadbirlarni siqish ko`rsatgichlarini baholashga ta`sir qilishini hisobga olish qiyinligi bu usulning kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Statistik usullar ishlash tizimini butun bashorat qilinadigan davrda o`zgarishsiz qolishini talab qiladi.
Hisoblashning gidrodinamik va statistik usullarni kombinatsiyasida bir muncha ishonchli natijalar olish mumkin. Bunda etarli xajmdagi statistik ma`lumotlar jamlangandan keyin gidrodinamik qisoblar uchun qabul qilingan model hisobiy va haqiqiy ishlash ko`rsatgichlarini taqqoslash yo`li orqali aniq-lashtiriladi.