Neft konlarini qatlamlarning tabiiy sharoitlaridan, shuningdek yer bag’rini va atrof muhitni muhofaza qilish me`yorlarida ularni ishlatish texnika va texnologiyalaridan oqilona foydalanishni ta`minlovchi tizimda ishlatish lozim. Uyumni ishlash tizimi texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlarni quduqlarni joylashish tarxini, ularni sonini va ishlash tarzini, neftni to`laroq qazib olish imkoniyatlarini hisobgа olishi zarur. U konni ishlash jarayonida, burg’ilash va ishlatishda uyumni geologik tuzilishi haqidagi yangi ma`lumotlarni hisobga olgan holda, uzluksiz nazorat va muvoffiqlashtirishni ta`minlashi kerak.
Ma`lumki, neft konini ishlashni loyihalashtirish konda o`tkaziladigan kompleks tadqiqotlar natijasida olingan boshlangich ma`lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu tadqiqotlarning asosiy qismi bosqichma-bosqich o`tkaziladigan mahsuldor qatlamni geologik va kon-geologik o`rganish hisoblanadi. Avval konning umumiy geologik tavsifi o`rganiladi va boshlangich suv-neft, gaz-neft va gaz-suv tutashmasi aniqlanadi. Keyin kollektorlar, qatlam suyuqliklari va gazlari tuzilishi va fizik xususiyatlari o`rganiladi.
Kollektorlarning fizik xususiyatlari laboratoriya, geofizik va gidrodinamik usullarda o`rganiladi. Neftga to`yingan kollektorlardan neftni siqib chiqarish jarayonini o`rganish uchun neft, gaz va suvning fizik xususiyatlarini bilish lozim. Ularga qovushqoqlik, zichlik, neftning gazga to`yinish bosimi, siqilish koeffitsienti, fazalararo tortishuv, gazning neftda erish koeffitsienti, neftning hajmiy koeffitsienti va boshqalar. Qatlam suvlarining tarkibi ham muhim ahamiyat egallaydi.
Neft, gaz va suvning fizik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida chuqurlik namunalaridan o`rganiladi. Shuni ta`kidlash lozimki, qatlam flyuidlari va ularni uyum maydoni, hamda qatlam qaliniligi bo`yicha o`zgarish xususiyatlarini aniq bilish ishlashni loyihalashtirish va tahlil qilishning zarur shartlaridandir. Shuning uchun neft, gaz va suvning fizik xususiyatlarshsh aniqlash usullarni o`rganishga alohida e`tiborni qaratish kerak.
Ishlashni texnologik tarxi va loyihalari mahsuldor kollektorlarni ta`riflovchi katta hajmdagi grafik ma`lumotlar bilan ta`minlanadi. Ularga tuzilmali xarita, g’ovaklik, o`tkazuvchanlik, qalinlik, gidro-o`tkazuvchanlik xaritasi, geologik kesim, konning o`rtacha normal qirqimi, shuningdek qatlamlarni litologik va fizik harxillik darajasini baholash uchun grafik qurilishlar (chizmalar) kiradi.