Qatlam suvlari va gaz quvvatlarini ishlatishga qaratilgan qazib chiqarish tartibi. Bunday holatni aralash rejim deb baholanadi va shunga qarab ish tutish lozim. Eng muhimi bu ikki holatdagi quvvatdan to`g’ri foydalana bilishdir. Shuning uchun qatlamning neftli qismi oluvchi quduqlar bilan bir tekis qaziladi, lekin suvli zonaga yaqin joylashgan quduqlarning yuqori qismi, gazli zonaga yaqin quduqlarning pastki qismi otiladi, bunday holat quduqlarning tezda suv bosishi yoki gazga aylanishining oldini oladi. Suv gazga nisbatan yuvishlik xususiyatiga ko`proq ega bo`lganlign uchun gaz qalpog’ining tezligida kengayib ketishini oldini olish taqozo etiladi. Bu masalalarni А.V.Аfanasev o`z ishlarida ko`rsatgan va natija 1-jadvalda keltirilgan.
Neft uyumining hajmi gazga nisbatan ancha ko`p bo`lgan hollarda hamda suv siquvinnng kuchi yetarli bo`lganda gaz qalpog’ining kuchi faqat ancha qiya bo`lgan qatlamlarda namoyon bo`lishi mumkin. Bunday hollarda suv va gaz konuslari hosil bo`lishi mumkinligi va ular ishlatish sharoitlarini anchа murakkablashtirishi mumkinligini e`tibordan chetda qoldirmaslik kerak
Suv va gazning kirishi natijasida olinadigan neft miqdori