Chekka suvlar siquvidan foydalangan holda neft uyumini qazib chiqarish tartibi.Bunday holat suv siquvi yoki aktiv elastik suv siquvi rejimlariga xosdir. Bunday qolatlarda quduqlar faqat neftli zonada qaziladi va ularning neft chegara chizig’iga parallel holda xalqa shaklida joylashtiriladi. Bunda ba`zan quduqlarning neft bilan ishlash muddatini uzaytirish uchun quduqlar orasidagi masofadan qatorlar orasidagi masofani kattaroq qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Undan tashqari xuddi yuqorida keltirilgan maqsadni ko`zda tutib, tashqari qatorda joylashgan quduqlarning yuqori qismi otiladi, qolgan quduqlarda esa qatlamning hamma qalinligi otilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunday holatlarda quduqlarga sekin asta suv kelishi tabiiy hol, chunki vaqt o`tishi bilan uyumning o`lchovi kichrayadi, suv-neft chegarasi kesma bo`yicha yuqoriga ko`tariladi. Navbat bilan tashqi qatordagi quduqlarni suv bosadi, so`ng suv undan keyingi qatorlarga o`tadi va h.k.
Ostki suvlar siquvchi kuchidan foydalangan holda neft uyumini qazib chiqarish tartibi qo’llaniladi.Bunday holat massiv uyumlarni qazib chiqarishda kuzatiladi, chunki unda butun kon miqyosida uyum suvda suzib yuradi. Bunday ahvol suv siquvi va elastik suv siquvi rejimlarida uchraydi. Bunday holatlarda uyumning o`lchovi kichrayadi, suv-neft chegarasi doimo ko`tariladi, bir xil belgili joylarni o`z vaqtiga kelib suv bosadi, qatlam qalinligi bir necha o`n metrga ega bo`lgan hollarda quduqlarni bir tekis joylanib, ularning qatlam bilan munosabati (otilgan qismi) suv-neft chegarasidan bir necha metr yuqoridan belgilangan bo`ladi.
Ba`zan karbonat kollektorlari mavjud bo’ladigan hollarda (qatlamning qalinligi 200-300 m ni tashkil etganda) quduqlarni markazga qarab joylashishi zichlashtiriladi (bunda albatta bizga quduqqa to`g’ri keladigan neft miqdorini inobatga olish lozim bo`ladi). Bunday hollarda quduqning qaysi qismini qatlam bilan bog’lash mumkinligi masalasi qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligiga bog’liq bo`ladi.
Qatlam o`tkazuvchanligini yuqori va neft qovushqoqligi kam bo`lganda quduqning qatlam ro`parasidagi yuqori qismini otish maqsadga muvofiqdir, chunki qatlamning pastki qismidagi neft bunday sharoitda baribir suv bilan siqib chiqariladi. Agar neftning qovushqoqligi yuqori va qatlamning o`tkazuvchanligi notekis bo`lsa, bunday hollarda qazib chiqarish jarayonini qatlamning qalinligiga qarab bir tekisda va galma-gal pastdan yuqoriga qarab olib borish tavsiya etiladi.
Neftdan ajralib chiqadigan gaz quvvatini ishlatishga mo’ljallangan qazib chiqarish tartibi sharoitida ishlatish ob`ekti quduqlar bilan bir tekis qaziladi va quduqlarda qatlam butun qalinligi bo`yichа otiladi.