5. mavzu. O‘zbek xalq pedagogikasi va islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g‘oyalar. Reja



Yüklə 55,38 Kb.
səhifə1/3
tarix20.08.2023
ölçüsü55,38 Kb.
#139964
  1   2   3
5 MAVZU


5. MAVZU. O‘ZBEK XALQ PEDAGOGIKASI VA ISLOM TA’LIMOTIDA IJTIMOIY-PEDAGOGIK G‘OYALAR.
Reja:

  1. “Qur’oni Karim”, “Xadisu SHarif”larda ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning o‘rni va ahamiyati.

  2. O‘zbek xalk pedagogikasida ijtimoiy pedagogik jarayonlarni rivojlanishi va bugungi kundagi axdmiyagi.



Tayanch tushunchalar:
Xalq pedagogikasi, milliy qadriyatlar, insonparvarlik, birdamlik, mexribonlik, bag’rikenglik, milliy an’analar , g`oyalar

Qur’oni Karim”, “Xadisu SHarif”larda ijtimoiy pedagogik g‘oyalarning o‘rni va ahamiyati. Islom tavhidlik dini, ya`ni uning mazmuni yagona xudo — Ollohga iymon keltirishdir. Budinningasoschisi Muhammad s.a.v. (570—632) musulmonlar tomonidan paygambar, ya`ni Allohning elchisi, deb e`zozlanadi. Islom dinining muqaddas kitobi — Qur`oni Karimdir.


Qur`on matni VII asrda yozilgan. Xalifa Usmon davrida Qur`on yagona kitob shakliga keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo’q qilingan. Qur`on 114 suradan iborat. Oddiy musulmon Qur`onning murakkab suralarini faqatgina tafsirlar orqali tushunishi mumkin. Eng mashhur tafsirlar At-Tabariy, Zamahshariy, Baydoviy, Fahridtsin, ar-Roziy, al-Qurtubiyga tegishli. Natijada sunna — Qur`onning mazmunini tushunishini boshqarish yaratilgan. Sunna oila. urug`, qabila a`zolari orasidagi munosabatlarini tartibga keltirgan bo’lib, yozilmagan axloqiy qoidalar sifatida ham qo’llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni yig`ish, ularni ajratishga ko’p olimlar o’z umrlarini bag`ishlaganlar. Islomga muvofiq Qur`on barcha musulmonlar bo’ysunishlari lozim bo’lgan muqaddas kitobdir.

  1. asrning o’zidayoq islom insonning ijtimoiy huquq va erkinliklarini e`lon qildi. Bu erkinliklar inson hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan edi.

SHariatning huquqiy qadriyatlari ijtimoiy tavsifga ega va quyidagi tamoyillarga asoslangan adolatli jamiyatni ifodalaydi:

  • jamiyatning barcha a`zolarining irqi, tili va diniy mansubligidan qat`iy nazar tengligi;

  • jamiyat barcha a`zolarining teng mas`uliyatga egaliklari, chunki ular bitta manbadan kelib chiqganligi;

  • inson hayoti va erkinligi tengligi;

  • oila jamiyatning asosidir: jamiyat oilani o’z himoyasiga oladi va unga g`amxo’rlik qiladi;

  • boshqaruvchi va boshqariluvchilarining tengligi;

  • yagona Olloh barcha narsaning egasi va u tomonidan yaratilgan ne`matlar barcha mavjudot va maxluqotlarga uning hadyasidir. Har bir inson bu hadyadan o’z ulushini olishga haqli;

  • xalq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar xalq bilan maslahatlashib hal qilinishi lozim;

  • o’zining dunyoviy ishlari uchun har bir kishi jamiyat oldida, ma`naviy hayotga tegishli ishlari uchun esa faqatgina Olloh oldida javob beradi;

Xadislarda islom dinidagi eng muhim insoniy huquqlar sifatida quyidagilar kafolatlanadi:

  • yashash huquqi, o’limdan so’ng esa janoza o’qilishiga ("‘Agar birortangiz birodaringizni kafanlasangiz, bu ishni hurmat va mehr bilan qiling”, “o’liklarni urishmang, ular o’tmishlarini tugatishdi”);

  • erkinlik huquqi, (“siz qachon odamlarni qulga aylantirdingiz. Axir, ular ozod tug`ilishgan edi-ku?”);

  • tenglik huquqi, (“arab boshqalardan, boshqalar esa arabdan ustun emaslar, qora sariqdan, sariq esa qoradan ustun emas. Ustunlikka sazovor bo’lgan inson ustundur”);

bunday insonparvar fazilatlarni islom dini tayanadigan beshta asosda ham ko’rish mumkin:

  • Iymon — Allohtsan boshqa iloh yo’q va Muhammad (s.a.v.) uning rasuli;

  • Salavot — musulmon kuniga besh mahal bajaradigan ibodat — namoz;

  • Zakot — rahmdillik. Beruvchi insonning munosabati u berayotgan miqtsordan muhimroqtsir;

  • Ro’za, ramazon musulmonlar uchun muqaddas oy, chunki aynan shu oyda Muhammad (s.a.v.) payg`ambar bo’lganlar;

  • Haj — har bir imkoni bor musulmon Makkaga haj safari uyushtirishi lozim.

Tarbiyaviy vositaga ega bo’lgan Qur`on oyatlari muhim ahamiyatga ega. Ularda ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabat, bolalarni tarbiyalayotgan ota-ona nimaga intilishi kerakligi, shuningdek, ular erishmoqchi bo’lgan maqsadlar aniqbelgilab qo’yilgan.
Qur`on musulmonlarning hayot mazmuni va maqsadi haqidagi qarashlariga katta ta`sir ko’rsatgan va uning g`oyalari musulmon halqlarining madaniyatidan chuqur joy olgan bo’lib, xalq pedagogikasi manbalari: maqol, rivoyat, ertaklar va boshqalarga har tomonlama ta`sir ko’rsatgan.
O’sib kelayotgan avlodning tarbiyasi va ijtimoiy jarayonlarga moslashuvida bilim, unga munosabat masalasi doimiy muammo hisoblanadi. Bu muammo zamonaviy sharoitda yanada keskin ko’rinish kasb etmokda. Bir tomondan, iqtisodiy hayotda ro’y berayotgan jarayonlar shunga olib keldiki, bilimsiz odamlar katta pul topadigan bo’lishdi. Ularning topganlari bilan ziyolilarning maoshini tenglashtirib bo’lmay qoldi. Buning hammasi yoshlarning bilim olishga qiziqishini pasayishiga sabab bo’lmokda. Ularga bilim olish moddiy va ma`naviy muvaffaqiyat garovi bo’lib tuyulmayapti. Boshqa tomondan esa, bozor munosabatlari va unga bog`liq bo’lgan texnikaning doimiy yangilanishi, korxonalar o’rtasidagi raqobat, ishsizlik yoshlardan nafaqat chuqur bilimlar, balki ularning doimiy yangilanib turishini ham talab qiladi.
Ana shunday sharoitda Qur`oni karim yoshlarni bilim olishga da`vat etuvchi muhim manba vazifasini bajaradi.Ma`lumki, Qur`onda “ilm” so’zi 750 marta uchraydi. Agar Qur`on 780000 so’zdan iboratligini inobatga olsak, "‘ilm” so’zi muqaddas kitobning I/I04 qismini tashkil qilishini ko’rishimiz mumkin.
Qur`on inson bilimlarini ikkiga ajratadi: diniy va dunyoviy. Diniy bilimlar dunyo asoslarini, dunyo yaratilishini bilishga qaratilgan bo’lib, bilimning bu turi - inson etishishi mumkin bo’lgan eng oliy cho’qqidir.
Qur`onda inson ega bo’lishi mumkin bo’lgan dunyoviy bilim haqidagi oyatlarni uchratamizki, bunda dunyoviy bilimlarga inson tanasining uch a`zosi—ko’z, quloq va yurak orqali erishish mumkinligi ta`kidlanadi..
Bilimning holatlaridan tashqari, Qur`on bilim rivojlanishining dialektik, dinamik jarayonlarini va inson tomonidan o’zlashtirilishini ham qayd etadi. Buning hammasi mazkur manbada bu holatga alohida e`tibor berganlaridan dalolat beradi. SHuningdek, bilim olishga intilish hadislarda ham o’z ifodasini topgan. Islomshunos olim F.Rouzental to’liq hajmda Imom Buxoriyning “as-Sahih” asarini tahlil qilib chiqqan va ulardagi bilim bilan bog`liq quyidagi g`oyalarni ko’rsatib o’tgan:

  • bilim talab qilish jannatga yo’l ochadi;

  • bilim faqatgina o’qish orqali qo’lga kiritiladi;

  • inson rahbar bo’lishidan oldin bilimli bo’lishi kerak;

  • ayollarni o’qitishga ruxsat berilgan;

  • ilm va olimlarning yo’qolishi dunyoning oxiriga etganini bildiradi.

Boshqa mashhur xddislarda ham islom nuqgai nazaridan bilim va fanlar naqadar qadrli ekanligini bildiruvchi g`oyalar mavjud:

  • to’lin oy qancha yulduzlardan ustun bo’lsa, olimlar mo’minlardan shunchalik ustundirlar;

  • olimlar o’zlaridan keyin pul emas, bilim qoldiruvchi vorislardir.

Qur`onda har bir shaxsni ijtimoiylashuvi hamda har bir insonning hayot va mehnatiga munosabati haqida g`oyalar mavjud. Islomshunoslar islom dinining inson hayoti va mehnatga nisbatan munosabati borasida izlanishlar olib borganlar. Ularning ta`kidlashlaricha, Qur`on boyliklarni qoralaydi, biroq u barcha boylikni emas, balki Xudo qismatni, musulmonning farzlarini unutishga chorlovchi boyliklarnigina qoralaydi. Agar boylik din nuqtai nazaridan halol topilgan bo’lsa va zakoti berilsa, uni islom qonuniy hisoblaydi. Qur`on harakatsizlikni ham qoralaydi. U ham dunyoviy, ham diniy ishlardagi faol kishilarni yoqlab chiqadi.
Ana shu sababli tarbiyaviy tizimda hadislardan foydalanish nihoyatda muhim hisoblanadi. CHunki ularda payg`ambarning hdyoti va faoliyatidan turli hikoyalar, axloqiy pandlar mavjud. Hadislarda islom asoslarining sharhlari berilgan bo’lib mehribonlik, ruhiy poklik, tozalik, halollik iymon kabi tushunchalar ko’rib chiqilgan.
Hadislarning pedagogik tahlili ushbu man`baning ta`lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi eng muhim mazmuniy yo’napishlarini aniqpash imkonini beradi:

  • “go’zal xulq sohibi” U insonlarning bir-biriga ishonchini shakllantiradi;

  • o’z xatolarining tan olinishi xalqning buyukligidan dalolat beradi;

  • o’z fikrini bildirish — inson kuchining ifodasidir. O’z fikrini bildirmaslik esa shariat va sog`lom fikrlashga nisbatan norozilik alomati;

  • o’z farzini tushunish va uni ixtiyoriy bajarish insonda yaxshi xislatlar paydo bo’lishiga olib keladi; insonning o’z Vatani, do’stlari, xalqi oldida majburiyatini bajarishi — inson tarbiyalanganligining ko’rsatkichi;

  • hayotda vaqtning qadriga etish insonning va jamiyatning rivojlanishining asosiy shartidir;

  • sabr qilish baxtsizlik, etishmovchilik, kasalliklarni engishga yordam beruvchi xislatdir. Muvaffaqiyatga erishish uchun akddan tashqari sabr ham talab qilinadi;

  • insonni farishta darajasiga ko’taruvchi — bu xislatdir. Undan mahrum bo’lgan kishida asl sevgi bo’lishi mumkin emas. Ichkilikbozlik, fahsh, zino - buning hammasi irodasizlikdir. Bunday insonlar atrofdagilarga, o’z xalqi ga zarar keltiradi;

  • chuqur fikr yuritish — insonning aqliy voyaga etganlik alomatidir;

  • kim o’z o’tmishini yo’qotsa — uning kelajagi yo’qtsir. Qariyalarning hikmatlarini unutgan yosh avlod iymonni ham unutadi va shunda yovuzlik yaxshilik ustidan g`alaba qozonadi.

O‘zbek xalk pedagogikasida ijtimoiy pedagogik jarayonlarni rivojlanishi va bugungi kundagi ahamiyati.
O`zbek xalq pedagogikasida ta`lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xarakteri.
Ajdodlar tajribasini o’rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biridir. Biroq tarbiyaning milliy xususiyatlariga murojaat qilish madaniy jihatdan o’z qobig`iga o’ralib qolishga olib kelmasligi kerak. Zamonaviy pedagogika fanining maqsadi milliy xususiyatlar asosida fanning zamonaviy muammolarini echishga yordam beruvchi, uning rivojiga o’z hissasini qo’shuvchi kuchlarni topishdan iborat bo’lmog`i lozim.
Hozirda dunyoning turli davlatlaridagi xalqlarning madaniy qarashlari va o’ziga xos xususiyatlariga e`tibor qaratsak, madaniyat sohasidagi yutuqlar mavjud muammolarni hal etishda juda katta o’rin tutadi. O’sib kelayotgan avlodni hayotga tayyorlashning ko’p asrlik tajribasi yordamida yoshlarning zamonaviy bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyatga tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Qanday qilib xalqning o’z milliy qiyofasi, madaniy xususiyatlarini tiklamasdan turib bugungi kunning muammolarini hal qilish mumkin? SHubhasiz. moziy tajribasida xalq pedagogikasida ta`lim va tarbiya jarayonlarida qo’llash mumkin bo’lgan ko’p narsa bor. Xalqpedagogikasi shaxsga ijtimoiy xususiyatlarni shakllantirish uchun lozim bo’lgan pedagogik bilim, ko’nikma va malakalar, ta`lim-tarbiya berish yo’tari, vositalarining majmuasi hisoblanadi.
Milliy pedagogika xalqning ta`lim-tarbiya masalasiga oid qarashlar, g`oyalar, an`analari asosida shakllanadi. Milliy pedagogikaning tengsiz qadriyati shuki, u, birinchidan, o’zida asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega, ikkinchidan esa, hayotiy, amaliy tavsifga ega. U o’z ifodasini xalq pedagogikasining barcha g`oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi, amaliyotda sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo’yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida topadi.
Xalq pedagogikasidagi mavjud hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma`lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, bular muomala jarayonida ham kattalar, ham bolalar tomonidan bir xil o’zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli bo’lishi bilan birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi.
Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng yaxshi qadriyatlarni mujassamlashtirgan bo’lib, bu kattalarga hurmat, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik, axloqlilik, rostgo’ylik va boshqalar.
Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri uni ko’pgina etnomadaniy hodisalar: dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya, boshqalar bilan o’zaro munosabatida yorqin namoyon bo’lishidadir. Bu muammolar olimlar tomonidan o’rganilmoqda.
O’zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy va shaxsiy tajriba orqali o’zlashtiradi, degan teran fikr mavjud. CHunki shaxs boshqayaar bilan muomalaga kirar ekan, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
O’zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq hali shaxs emas, u tom ma`nodagi inson bo’ladimi, yo’qmi — bu uning ota-onasi, uni o’rab turgan muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatiga bog`liq. SHuning uchun ham xalq pedagogikasida “go’dak faqatgina avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiqilgan turli ong shakllarini o’zlashtirsagina, shaxsga aylanadi”, deb ta`kidlanadi. Bolaningtug`ilishi bilan tarbiyani boshlamaslik halq hayotining rivoji, oldinga intilishiga salbiy ta`sir qiladi. Bu g`oya bir qator xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o’rin olgan. Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o’zbek xalq pedagogikasining asosini bolaga g`amxo’rlik qilish, uning sog`ligi haqida qayg`urish va hayotini muhofaza qilish, uning aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi uchun kattalar tomonidan ta`sir qilishning majmuasi tashkil qiladi.O’zbek etnografiyasini o’rganish uchun turli xil xujjatlarni tahlil qilar ekanmiz, u mukammal inson modeliga mos kelishini e`tirof etishimiz mumkin.
Buyuk ma`rifatparvar, olimlar, pedagoglar va shoirlarning asarlarini o’rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g`oyalari ularning mazmuniga singdirilganini ko’rsatadi. Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” kitobining “Bolalar tarbiyasi va ta`limi” bobida oilatarbiyasidan, Beruniyning “Kdtsimg xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida turli xalqlarning an`analaridan, al-Farobiyning “Katga musiqa kitobi”da xalq musiqasidan ko’p misollar mavjud. Nosir Husravning “Baxt kitobi”da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug`lanadi.
Xalq pedagogikasini o’rganish uchun S. R Rajabov,A. Ismoilova, I. Obidova, S. Temurova, M. Ochilov, A. Otaeva,Mirtursunov, A. Minavarov kabi o’zbek olimlari ilmiy izlanishlar olib borganlar. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda o’zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo’nalishlarini ajratishimiz mumkin bo’ladi:
-bolaning aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g`oyasi;
-shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning etakchi rolini belgilash;
-xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida mujassamlashuvi;
-ta`lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish;
-xalq pedagogikasining amaliy xarakteri;
-xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni fuqarolik, oila faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy ahamiyati.
Xalq pedagogikasi xalqog`zaki ijodi namunalari: maqol, ertak, topishmoq, ashula, doston, rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o’z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand, o’git, nasihat mazmuniga ega bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real (hayotiy) qarashlarini ifodalaydi.
O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og`zaki ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi berilganligidadir.
Hayotiy sharoitlar, oilaviy an`analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi orasida nihoyatda turli-tuman bo’lib, bu haqda ko’p sonli manbalar dalolat beradi. Aynan ularda biz mehnat jarayonlarini, yigit va qizlar uchun mo’ljallangan bayramlarning o’ziga xos tavsiflarini uchratamiz.
Ma`fkura, an`ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tib keladi. Ularda nikoh marosimi, bolaning tug`ilishi, mehmonlarni kutib olish va kuzatish, dafn marosimi, mehnat jarayonlarini o’tkazishning muayyan qoidalari va boshqalar mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda bolalarning doimiy ishtiroki ta`minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning an`anaviy muomala madaniyati shakllanadi.
Sobiq sho’ro tuzumi davrida milliy an`analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish oxir-oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So’nggi yillarda insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatlarida erkinlik paydo bo’ldi. Bunday sharoitlarda odat, marosimlar, muomala madaniyatidagi o’ziga xosliklar o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida yanada muhim o’rin tuta boshladi. O’zbek xalqining axloqiy odatlarining mustahkamligi, asosan, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga alohida ahamiyat berilishi bilan bog`liq.
O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p yillik tajriba ta`sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik amaliyotda sinalgan tarbiya me`yorlari va qoidalari o’z aksini topgan. Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi. Oila jamiyat negizidir. U bolalarga tarbiyaviy ta`sir etishning usullari, odat va an`analarini bilishi, dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o’quv mashg`ulotlarini belgilashi, ota-ona va bolalar orasidagi o’zaro munosabatlarning eng qulay me`yorlarini ishlab chiqishi lozim. CHunki bola o’zini qiziqtirgan masalalar bo’yicha eng avval o’z oga-onasi bilan maslahetlashadi. Bu erda oila a`zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.
Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e`tiborida bo’lgan va xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq, avvalombor, baxtli oila yaratish uchun kurashgan. Xalq pedagogikasida oila “baxg manbai”, “‘tabiat go’zalligi”, mehnatsevar jamoa sifatida ko’riladi, oklada ayol va erkak teng huquqliligi e`tirof egiladi, ayollar huquqi himoya qilinadi, er-xotinlarning ajralishlari qoralanadi, oilaviy nizolarni nihoyatda ehgiyotkorlik bilan hal qilishni maslahdt beriladi.
Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qaraladi, xalq og`zaki ijodida esa ona doim ulug`lanadi. Xalq tomonidan oilaning ijtimoiy vazifalarini bolada ahloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish, dehqonchilik, chorvachilik, turli kasb-hunar malakalarini egallashda e`tirof etilgan.« O’zbek xalq pedagogikasi» qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushuncha bo’lib, u shu xalq paydo bo’lgan butun davrni o’z ichiga oladi.
Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-ahloqiy hayotning barcha tomonlarini xalq og’zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo’nalishlarini, diniy-ahloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to’plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy etuklik borasidagi qarashlarini, tajriba xulosalarini lo’nda, ammo bag’oyat teran, donishmandnamo tarzda ifodalaydi.
O’zbek xalq pedagogikasi xalqning oilaviy – maishiy hayoti, ta’lim-tarbiyaviy, ahloq-odobga oid hayotiy yo’l-yo’riqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa misollar – dostonlar, ertaklar, mehnat – mavsumiy marosim qo’shiqlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi so’zlar, allalar, to’y va aza qo’shiqlari, olqish va qarg’ishlar «Navro’z», «Mehrjon», bahor, kuz, qish, yoz aytim – qo’shiq ashulalari va shu kabi nasriy asarlar bilan boyitilgan. Qur’oni Karim, Hadis hamda Sharq mutafakkirlarining ahloq-odobga oid qarashlaridan xalq pedagogikasi oziq oladi, boyiydi.
Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so’zlar – duo-olqishlar ham tarbiyaga qaratilgan. Darvoqe xalq pedagogikasida yaxshi so’z, duo-olqishning ta’sir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson ma’naviy ustuvorligi, iymon-e’tiqod butunligi, qisqasi kishilarning har tomonlama mukammal kamoloti borasida tutgan o’rniga alohida ahamiyat beriladi. Xalq pedagogikasi bamisoli jonli organizm, qaynar buloq, o’lmas, o’chmas, doimo boyib, ko’payib boruvchi ilohiy, mo’`jizaviy tarbiya sohasidir. Xalq bor ekan, el yashar ekan, bu soha yashayveradi, o’zining avlod-ajdodlarga beminnat «xizmati»ni o’tayveradi. Zero, xalq orzu-umidi, quvonch-tashvishlari, g`am-g`ussasi-yu armonlari, shodlik, baxtiyorlik onlari-yu qadr-qimmatlari, ma`naviy-ma`rifiy, badiiy-estetik qarashlari, dunyoqarashi, falsafiy-axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta`lim-tarbiyaviy xulosalari xalq pedagogikasida zuhr etiladi. O’zbek xalq pedagogikasi o’zining yo’nalishi, ibratli xulosalarga boyligi, bebaho asarlari, ma`no-mantiq jihatdan mukammalligi, teranligi, uslubi, odobnomasi, odatnomasi, ibratnomasi bilan har qanday millat, el havas qilsa arziydigan buyuk merosdir.
Xalq pedagogikasining umrboqiyligi, o’lmasligiga sabablardan yana biri uning avloddan-avlodga etkazish shaklining antiqaligidir. Hatto xalqimiz hozirgidek ommaviy axborot vositalariga ega bo’lmagan qadim zamonlarda ham xalq pedagogikasi xalq og’zaki ijodiyoti yo’li bilan qanot qoqqan. Uning tarbiyaviy ta’siri bolalarga ona allasi bilan singdirib borilgan.
O’zbek xalqining asrlar mobaynida to’plagan xalq og’zaki ijodi xazinasi g’oyat boydir. UO ’zbek xalq pedagogikasi ayrim shaxslar yoki bir-ikki jamoa tomonidan yaratilmagan. Uni xalqimiz asru-asrlar bilan o’rganuvchi hayotida o’zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutumlari, sa’yi-harakatlari, yo’l-yo’riqlari, aql-zakovotlari bilan yaratgan. Ayni choqda o’zbek xalq pedagogikasi o’z rivojida boyib, mukammallashib borishda ilm-fanning boshqa sohalaridan, ya’ni mumtoz adabiyot, san’at, og’zak ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada bo’ladi eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib oladi.
Xalq pedagogikasi insonparvarlik, baynalmilallik, xushyorlik, zukkolik, topqirlik kabi o’zbek xalqining o’ziga xos fazilatlarini ulug’laydi. Sharq odobnomasi ibodatnomasidan doimiy ravishda bahramand bo’lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng go’zal namunalarini o’ziga qabul qilib olgan.
Oilaviy tarbiyada xalq pedagogikasi an’analar, ertak, maqol, topishmoq va matallar shaklida o’z ifodasini topgan va u tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish vositasi sanalib, tarbiyaning barcha qirralarini qamrab olgan. Ayniqsa, inson va uning tarbiyasi, o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash, bolaning yosh davrlari, ularning dangasalik va injiqliklari, o’yinlari, qizlar tarbiyasi haqida ajoyib matal, maqol, aforizmlar yaratilgan bo’lib, ular xalq pedagogikasi sabog’ining yorqin namunasidir.
Xalq donishmandligida ota-onalar haqida, ularning bolalari bilan munosabatlari, onaning_ madaniy, tarbiyaviy ta’siri, donoligi atroflicha yoritilgan. Masalan, oilada hamma kishi bir kishiga — otaga itoat etgan. Otaning yoki onaning gapi ikki qilinmagan. Otaning izmidan chiqish, u kishining buyrug’ini bajarmaslik, otaga rap qaytarish, unga tik boqish gu-noh hisoblangan. Ota farzandining nojo’ya ishi, qilig’i, gapi, qilmishi uchun haqorat qilishi, so’yishi, hatto urishi mumkin bo’lgan. Lekin farzand otaga tik boqmagan, otaga yoki onaga qo’l ko’tarmagan. SHu sababli ham bunday tartibli oilalarda bebosh o’g’il, nopok qiz bo’lmagan. Hadisda yozilganidek «Otaga itoat qilish - Tangriga itoat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish Tangri oldida gunohkor bo’lish bilan barobardir».
SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, xalq donishmandligi, an’analar avlodlardan-avlodlarga o’tish jarayonida shakl jihatidan o’zgarishlarga uchraydi, lekin o’z mazmuni, tarbiyaviy ta’sirini yo’qotmasdan hozirgi va kelgusi avlodlarga xizmat qiladi. Xuddi shu ma’noda xalq pedagogikasini ilg’or tarbiya g’oyalari bilan uyg’o’nlashtirish, oilaviy tarbiyada qo’llanilgan an’analarni yildan-yilga shakllanib borayotgan yangilari bilan boyitish, tuzumimiz uchun sadoqatli yoshlarni voyaga etkazish davrimizning eng muhim muammolaridan biridir.
SHarq xalqlari, jumladan o’zbeklar bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Hayotdagi har qanday xatti-harakatning ham oqibati to’g’ri baholangan.
YOshga monand ta’sir ko’rsatish yo’l va vositalari yaratilgan. Kerak bo’lganda rag’batlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim bo’lsa jazolangan. «Bir bolaga etti mahalla ota-ona» deb bejiz aytilmagan. Tarbiya borasida xatolikka yo’l qo’ygan bola u kimligidan qat’i nazar jazolangan. Noaxloqiy xatti-harakatlarni qisqa va lekin o’ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan «yomon bo’ladi» iborasi bilan tavsiflangan.
«YOmon bo’ladi» iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga g’amxo’rlik tarbiyalangan, yetim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor etkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin-qizlarga bexayolik qilish «yomon bo’lish»ini yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda bolaning yoshi, xatti-harakatlari, o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarning yomonligi Qur’oni karim, hadislardan misollar keltirish, hikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona, aka-uka, opa-singil, qo’ni-qo’shnilarning ijobiy xatti-harakatlari namunasida tarbiyalangan.
Bunday axloqiy fazilatlar bola aqlini tanimasdan, gapirishni bilmasdan oldin ota-onalar turmush tarzida ifodalangan. Keyinchalik esa, «yomon bo’ladi» iborasi orqali davom ettirilgan.
SHaxsiy namuna esa hamma vaqt yaxshi samara beradi. Bunday keksalar oilada o’zlarini yagona tarbiyachilar deb biladilar. SHu nuqtai nazardan bolalar tarbiyasiga alohida mehr bilan qaraydilar. Bolalar ham ularning samimiy, fidoyi mehrini sezadilar, ularga ishonadilar, ergashadilar. Kezi kelganda buva-buvilarning kichik avlod tarbiyasi oldidagi mas’uliyati oila to’liq bo’lmagan (bola yo otasiz, yo onasiz o’sayotgan) oilalarda, ayniqsa ortiq ekanini aytib o’tmoqchimiz. Bunday oilalarda keksalar bolalar otasiz yoki onasiz o’sayotgani uchun ko’ngli o’ksimasin debgina qolmay, bolaning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol bo’lishi uchun harakat qiladilar. Odatda bunday oilalarda buva o’lgan otaning o’rnini, buvi o’lgan onaning o’rnini bosadi, bolani nevaram deb emas, bolam deb muomalada bo’ladi. YAqin o’tmishda «tarbiyalash sinovidan» o’tganliklari uchun ham, ya’ni o’z bolalarini tarbiyalaganliklari, bu faoliyatni boshidan kechirganliklari uchun ham tarbiyaning xilma-xil usul va shakllarini yaxshi biladilar, ulardan bilib foydalanadilar. Jumladan, oilada bolalarni tarbiyalash uchun xalq pedagogikasi qo’l kelishini yaxshi biladilar. Ularda xalqning ilg’or ananalari urf-odatlari, ertak va maqollari, qo’shiq va dostonlari, topishmoq va matallari mujassamlashgan bo’ladi. Xalq og’zaki ijodida aqliy, axloqiy va jismoniy kamolot, ilm va hunarga muhabbat, insonparvarlik va mehnat-sevarlik, rostgo’ylik va mardlik kabi tarbiyaning hamma tarkibiy qismlari mavjud.
Darhaqqat, xalqning ko’p asrlar mobaynida to’plagan, sayqal bergan ijodiyoti durdanalarining tarbiyadagi roli bebahodir. Xalq donishmandligi ildizidan bahra olib tarbiya ko’rgan, eng ezgu tilaklari ma’naviy kamolot, madaniyatga borib taqaladigan xalqimiz ruhida bu donishmandlikka hurmat bilan qarash, ergashish, o’rganish hamisha oldinda bo’lib kelgan.
Muxtasar qilib aytganda o’zbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko’z qorachig’iday asrab avaylab saqlab kelgan ota meros, Sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, pandnomalar, folklor ijodi namunalari asosida shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib borganligini e’tirof etish birdan bir to’g’ri yo’ldir.
O’zbek xalq pedagogikasining ajralmas qismi og’zaki ijod namunalari odob-ahloq, ta’lim-tarbiya borasidagi pandnomalar bag’oyat hayotiy xalqchil va ibratlidir. Xususan an’anaviy xalq dostonlari, qo’shiqlar va ertaklar odobnoma darslari ekanligini folklorning boshqa katta-kichik janrlari boshdan-oyoq pandnoma ekanini unutmasligimiz kerak.
D arhaqiqat haqiqiy insonni shakllantiruvchi odob-ahloq haqidagi xalq qarashlari, xalq og’zaki ijodi asarlari xususan dostonlarda yashab keladi, ularda odob-ahloq mavzusi o’ta donishmandlik bilan keng ishlanganiga guvoh bo’lamiz. Buning uchun O’zbekiston dostonchiligiga oid Qodir baxshi Rahimovdan yozib olingan va nashrga tayyorlangan mashhur «Go’ro’g’li» silsilasiga kiruvchi «Zaydikon» dostoniga nazar tashlash kifoya. Ushbu dostonida mashhur bahodir va yurt boshlig’i Go’ro’g’lining bolaligi va ilk orzu umidlari, doimiy hamroxi va yo’ldoshi G’irotga ega bo’lib, or-nomus qadr-qimmat va sha’n uchun boshdan kechirgan dastlabki g’aroyib bahodirliklari, ko’rsatgan shijoat-jasoratlari yuksak badiiy saviyada aks etgan.
O’zbek xalq og’zaki ijodi to’g’ridan-to’g’ri bola tarbiyasiga ta’sir etish vositasi bo’lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda. Bolalarni topqirligini tarbiyalashda va zexnini o’tkirlashda, fikrlash qobiliyatlarini o’stirishda topishmoqlar muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Maqollar odob-ahloq qoidalarini o’z ichiga olgan hayot tajribasidan o’tgan eng kichik janrdir. Deylik, «Ishlaganning og’zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga tegar», maqolida xalqning uzoq asrlik hayotiy tajribalari mujassamlashgan. Bundan tashqari maqollarda turmush hodisalari bilan bog’liq bo’lgan Vatanparvarlik, mardlik, qahramonlik, mehnatsevarlik, do’stlik, vafodorlik kabi ahloq me’yorlari ma’qullanadi, egrilik, yomonlik, umidsizlik, yolg’on gapirish, yalqovlik, ochko’zlik kabi illatlar qoralanadi.
Aql bilan odob egizak!
Aqlli naqllab so’zlar,
Aqlsiz laqillab so’zlar!
Barcha yaxshilik xushxulqlikda!
Bolam odam bo’lsin desang, yoshlikdan odob ber!
Yolg’on-yashiq gapirma, so’ng uyalib o’tirma!
X ulq har kim o’z qiyofasini ko’rsatadigan ko’zgudir.
Singari maqollarda odob-ahloq mavzulari o’z ifodasini topgan. Xalq og’zaki ijodida bolalarni bosiqlikka, sofdillikka, oddiylikka undash bilan birga, ulardagi gerdayish, ichi qoralik, chaqimchilik va boshqa salbiy sifatlar qoralangan. «Manmanlik qilma, netarsan, obro’yingdan ketarsan», «Sen o’zingni maqtama, seni birovlar maqtasin», «Egilgan boshni qilich kesmas», «Mevali darahtning mevasi qanchalik ko’p bo’lsa, uning boshi shunchalik pastga egiladi», «Baxilning bog’i ko’karmas», «Birovga go’r qazisang, o’zing yiqilasan», «Egri o’ltirib, to’g’ri gapir», «Ko’rpangga qarab oyoq uzat» singari xalq maqollarida pand-nasihat ifoda etilgan.
Ko’plab maqol va matallarda bilimli bo’lish ulug’lanadi, bilimsizlik qoralanadi. «Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni yiqar», «Ilmi yo’qning ko’zi yumuq», «Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar», «Ko’p o’qigan — ko’p bilar», «Olim bo’lsang, olam seniki», «O’qigan o’g’il — otadan ulug’» va hokazo.
Vatanparvarlik, vatanni sevish mavzusi ham maqol va matallarda aks etgan. Vatanparvarlik kabi sifatlarni shakllantirish muhim o’rin tutgan. Masalan, «Kishi yurtida shoh bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l», «Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro’ying somon bo’lmas», «Elga qo’shilganning ko’ngli to’q, eldan ajralganning beti yo’q».
Xalq og’zaki ijodida ayniqsa qo’shiqlar alla, yor-yor o’lan, aza-yig’i kabilar xalq hayotining hamma tomonlarini qamrab olgan. Bu qo’shiqlarda oilaning kundalik odob qoidalariga odatlantirish tamoyillari ifoda etilgan.Masalan, «Alla»ni olaylik.Onaning orzu-havasi, niyatlari, bolalari kelajagi haqidagi maqsad-istaklari u kuylagan allalarda ifodalanadi. Farzandining baxtli – saodatli bo’lishini sog’lom va paxlavon, jasur bo’lib voyaga etishini orzu qiladi. Ularda tarbiya ruhi ham aks etadi. Donishmandlar «Alla aytmagan onaning farzandida mehr kuchli bo’lmaydi» deydilar.
Ertak va dostonlar bolani har tomonlama etuk qilib tarbiyalashda ertak aytib bermay bola o’stirgan ota-ona va kattalarni yoki ertak eshitmay ulg’aygan yoshlarni tasavvur qilish qiyin.Ertak va dostonlarni tarbiya uchun muhim tomoni shundaki, unda xalq og’zaki ijodidagi topishmoq, maqol, qo’shiqlar kabi janrlar jamlangan bo’lib, ular pedagogik g’oyalarni mukammalroq ta’sirchan bo’lishini ta’minlaydi. Ertak va dostonlar bola tarbiyasining deyarli hamma tarkibiy qismlari; jismoniy va aqliy kamolot, ilm va hunarga muhabbat, mehnatsevarlik, ma’naviy sifat hamda nafis didlarning tarkib topishiga oid ko’pdan-ko’p pedagogik materiallarni uchratish mumkin.
O’zbek xalq pedagogikasi yuqoridagi kabi folklor janrlari bilan bir qatorda bola yashab turgan muhit-sharoitning vositachi roli ham mavjudki, ular yoshlarning ma’naviy fazilatlarini shakllantirishda katta va samarali tarbiya vositasi hisoblanadi.



Yüklə 55,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin