5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida


Mustaqil O„zbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 121,75 Kb.
səhifə14/15
tarix14.12.2023
ölçüsü121,75 Kb.
#177627
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish

 
Mustaqil O„zbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati 
Jahon amaliyotidan ma‘lumki har bir mustaqil davlat, ayniqsa mustaqil taraqqiyot
yo‗liga kirgan mamlakatlar, hech qachon uz qobigiga o‗ralib rivojlanmagan. Aksincha,
mustaqil rivojlanish yo‗lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga ko‗shilish orqali o‗z
takdirini belgilagan. Shuning uchun ham Uzbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‗lishi
bilanoq ja-hon hamjamiyatiga qo‗shilish yo‗lini tutdi. Bu borada mamla-katda olib borilgan
amaliy ishlarni tasavvur qilishdan ol-din XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va
xalqaro vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim.

Ma‘lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema -SSSR va AQSH yetakchi


bo‗lgan bir-biriga g‗oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi.
Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o‗zaro muxoliflik muvozanatiga
asoslangan edi.
1991-yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach. yangi – g‘oyat murakkab va qaltis bir davr
yuzaga keldi. Uning asosiy belgi-lari quyidagilardan iborat edi. Birinchidan, davlatlararo
munosabatlar tizimidagi muvo-zanat buzildi. Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo‗linish ro‗y berdi.
Kuchlar markazi ilgari ikki joyda bo‗lsa, endilikda o‗z taqdirini o‗zi belgilash orqali ichki
imkoniyatlarni ishga solish, har kim o‗z aravasini o‗zi tortish zarurati tugildi.
Ikkinchidan, jahonda mulkiy tengsizlik kuchaydi. Ya‘ni sanoati rivojlangan
mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mam-lakatlar o‗rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaya
boshladi.
Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko‗rina-di. Ya‘ni, tabiat resurslari
aslida rivojlanayotgan mamlakat-larning asosiy boyligi hisoblanadi. Lekin sanoati yuksak
rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o‗z qo‗llariga olishga intila
boshladilar.
To‗rtinchidan, jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot odamlar dunyoqarashining
o‗zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning
odamzod hayotiga ta‘siri sezildi. Davlatlar va xalqlar o‗rtasida o‗zaro birlashishga intilishni
kuchaytirgan, ayni vaqtda milliy xususiyat-lar, an‘analar va ma‘naviy merosni saklab qolish
orqshsh mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur bo‗ldi.
Turli davlatlararo va xukumatga daxli bo‗lmagan xalqaro tashkilotlarning ahamiyati
oshib, dunyo yangi tizimga o‗tishi davrida ularning faoliyatini qayta qurish va isloh etish ehti -
yoji tug‗ildi. Bu o‗z navbatida nega shunday qilish kerak, degan haqli savolni tug‗diradi.
Buning javobi oddiy: ko‗pchilik xalqaro tashkilotlarning faoliyatlari asosan davlatlarning
o‗zaro mu-rosasini ta‘minlashga qaratilgan edi, xolos.
Bugungi ahvol xalqaro tashkilotlardan eng yirik muammo-larga ahamiyat berishni,
jarayonlar ichiga kirib borishni, ta‘-sir doirasini kengaytirishni, hech bo‗lmaganda, hammaga
baro-bar odilona va xolisona munosabatda bo‗lishni talab etadi.
Beshinchidan, rivojlanishning hozirgi bosqichida har qan-day mamlakatning nufuzi,
avvalo, uning eng yangi texnologiyalarni qabul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab
belgilanadigan bo‗ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilinsa, O‗zbekis-tondagi o‗tish davri boshqa
yosh mustaqil mamlakatlarga nisba-tan samaraliroq bo‗ldi. Natijada O‗zbekiston jahon iqtiso-
diy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tezroq kirib bordi va o‗z salohiyatini aniq-ravshan ko‗rsata
oldi.
O‗zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egal-lashi uchun asosiy shart-
sharoitlar buuning jugrofiy-siyosiy jihatdan qulay mintaqada ekanligidir.
Ma‘lumki, O‘zbekiston jug‘rofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga
qulay ahvolda. Ya‘ni u Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil
energetika omillari markazida joylashgan.
XXI asr bo‗sag‗asida dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari tub-dan o‗zgardi, inson va
insoniyat, odam va olam taqdiriga daxl-dorlik hissi tobora kuchaydi. XX asrning so‗nggi o‗n
yilligi har qanday zo‗ravonliklar, tazyiqlar va g‗oyaviy xurujlarni aql-idrok va ochikdan-ochiq
munosabatlar orqali hal etish sari dadil qadam qo‗yilgan davr bo‗ldi. O‗zbekiston yosh
mustaqil davlat sifatida o‗z maqei va nufuzini mustahkamlash bilan birga dunyo ahlini jahon
siyosatini isloh qilishga da‘vat etgan davlatlaridan biri bo‗lib maydonga chiqdi.
Geografik-siyosiy o‗rni jihatdan O‗zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o‗rtasida
joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni ta‘minlash, o‗zaro hamkorlik va
birodarlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta bo‗lib xizmat qildi. Musta-qillikning qisqa
davrida u o‗zining siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy qudratini to‗la-to‗kis ko‗rsata oldi. Ayni ana
shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir bo‗lgan kuchli davlat sifatida o‗zini namoyon etdi.

Birgina bu emas: O‗zbekiston Osiyo va Yevropa qit‘achari o‗rtasida munosabatlarni


muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlim-ni mo‗tadillashtiruvchi G‗arbu Sharq o‗rtasidagi azaliy
raqo-batni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaraaar va muzokaralar orqali
uygunlashtirishga da‘vat etgan yagona davlat bo‗lib maydonga chiqsi.
Darqaqiqat, bugun O‗zbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Tojikiston,
Qirg‗iziston va Qozogiston muam-molari bilan birga Rossiya va umuman Yevropa
mamlakatlari munosabatlarini ma‘lum bir o‗zanga solishga da‘vat qilayotgan, uni o‗zining
amaliy faoliyati bilan yaxshilik sari burayotgan davlatdir.
O‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dunyo muammolarini hal
qilishning eng insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarini o‗rtaga tashlar ekan, u mintaqaviy
mojarolar va qo‗shni mamlakatlarni o‗zaro kelishmovchilik muammolaridan tortib butun yer
shari va insoniyat taqdiriga daxldor bo‗lgan juda ulkan masalalarni o‗rtaga tashlamoqda. Bu
ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog‗liq
bo‗lgan muammolardir. Ayni ana shu muammolar bugun dunyo axli hayotiga taxdid
solayotgan eng og‗ir fojia ekan-ligini, u bilan murosa qilib bo‗lmasligini, bu illatlarni barbod
qilishda juda katta qat‘iyat, siyosiy iroda va ichki qudrat kerakligini O‗zbekiston o‗z timsolida
ko‗rsatdi.
Islom Karimovning «O‗zbekiston XXI asr bo‗sagasida» nomli kitobida va O‗zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XIV-sessiyasida qilgan «O‗zbekiston
XXI asrga intilmoqda» nomli ma‘ruzasida xuddi ana shu muammolarni keskin qilib qo‗ydi.
Xalqaro terrorizm va narkobiznesning o‗zaro uzviyligi, bir-biriga bog‗liqligi, uning
tarqalishiga ba‘zan diniy niqoblardan foy-dalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va
ekst-remizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chu-qur taqyail etilgan. O‗zbekiston
rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillikdagi
siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o‗nlab
mamlakatlarida tarjima qilib bosilganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu
kitobda ko‗tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, jahon jamoatchiligining katta
qiziqish bilan unga qarayetgan-ligi fikrimizning dalilidir.
O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuklar-dan muhimi, uning jahon
hamjamiyatidan munosib o‗rin olganidir.
1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI-sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik
haqidagi Bayonot»da O‗zbekistonning tashqi siyosatdagi yo‗li aniq qyushb belgilangan edi.
Jumladan unda: «Xalqaro hamjamiyatning to‗la huquqli a‘zosi bo‗lgan O‗zbe-kiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida
qatnashadi, uning maqsadla-ri mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‗z hududini qurol-yarog-
lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‗in qurollarini yo‗qotish, suveren
davlatlar o‗rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‗l
qo‗ymaslkkdan iborat» - deb qayd qilindi.
Oradan ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan
O‗zbekiston Konstitutsiyasida bu yo‗l yana bir bor ta‘kidlanib davlatimiz tashqi siyosatining
asosiy qoidalari qonun bilan mustahkamlab qo‗yildi. «O‗zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to‗la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren
tinchligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi,
nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va me‘yorlariga
asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta‘minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‗stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga
kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin», – deyiladi O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 17-moddasida.
Mamlakat tashqi siyosatiga doir bunday qoidalar I.A.Karimovning nutq, maqola va
risolalarida yanada oydinlashtirildi. U o‗zining «O‗zbekistonning o‗z istiqlol va o‗zi ni

ta‘minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan paxta tolasi yetishtirish va


eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan
sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot maqsulotlarini ishlab chiqarishga qamda ularni qayta
ishlan-gan holda yetkazib berishga qodir.
To‗rtinchidan, davlatimiz nafaqat o‗zini-o‗zi ta‘minlaydigan, balki chetga chiqarishga
neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo‗lmish muhim tarmoqdarga
ega. O‗zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoklari, deylik, mikroradioelektronika kabi
murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor.
Beshinchidan, O‗zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‗rni bor. Yurtimiz
ma‘naviy merosga boy. U oldin-dan nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham turli ma‘naviy va
siyosiy jarayonlarga kuchli ta‘sir o‗tkazib kelgan.
Shu jihatlarni hisobga olsak, O‗zbekiston o‗zining barcha ko‗rsatkichlari bo‗yicha
jahondagi madaniy, ilmiy texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy
Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin.
Albatta, bu yo‗lda qator qiyinchiliklar ham mavjud. Bular quyidagilar:
Birinchidan, agar jug‘rofiy-strategik tarafdan olib qarasak, Markaziy Osiyoda
kommunikatsiyalar nomaqbul rivoj top-gani va uning tarmoqlari ancha buzilganligini
ko‗ramiz.
Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda suv resurslari cheklangan va Orol dengizi bilan bogliq
ekologik falokat ta‘siri seziladi.
Uchinchidan, mintaqada xavfsizlik tizimi alohida e‘tibor-ni taqozo etadi. Bu yerda
atrofdagi kuchli davlatlar va siyosiy kuchlar markazlarining bir-biriga mos kelmaydigan ta‘sir
etish istaklari borligini ham hisobga olmasdan bo‗lmaydi.
To‗rtinchidan, musulmon dunyosidagi ba‘zi mamlakatlarning bir-biriga mos
kelmaydigan manfaatlari ham ayni bizning xotirjam bo‗lishimizga yo‗l bermaydi.
Qolaversa, atrofimizda turli etnik, iqtisodiy, ijtimo-iy va boshqa muammolar ichida
qolgan «uchinchi dunyo» davlatla-ri ham mavjud. Jumladan beqarorlik va xavf-xatarning bu-
gungi kundagi o‗chog‗i - Afgoniston bilan Tojikiston davlatlari ham shu mintaqada.
Bayon etilgan bu muammolarni kuchaytirib va ma‘lum darajada ko‗p ishlarni ijobiy hal
qilishga to‗siq bo‗lib turgan yana bir masala bor. SHo‗ro tizimidan qolgan meros – bu shu
mintaqada Turkiston atalmish yagona zaminda yashayotgan millat va elatlarni sun‘iy ravishda
bo‗lib tashlash va shundan foydalanib, o‗z siyosatini o‗tkazish, ularga hukmronlik qilish
asoratlari hali-beri yo‗qolmagan.
Terrorizm va narkobiznesning o‗zaro uzviyligi, bir-biriga bog‗liqligi, uning
tarqalishiga ba‘zan diniy niqoblardan foydalanilayotganligi, natijada diniy aqidaparastlik va
ekst-remizmning rivojlanib borayotganligi ilmiy jihatdan chu-qur tahlil etilgan. O‗zbekiston
rahbarining ana shu har ikki asari davlatimizning yangi yuz yillik va yangi ming yillik -dagi
siyosiy strategiyasini belgilaydi. Mazkur kitobning dunyoning bir necha o‗nlab
mamlakatlarida tarjima qilib bo-silganligi, jahon siyosatdonlari va davlat arboblarining bu
kitobda ko‗tarilgan masalalarga bergan yuksak baholari, ja-hon jamoatchiligining katta
qiziqish bilan unga qarayetganligi fikrimizning dalilidir.
O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yutuklar-dan muhimi, uning jahon
hamjamiyatidan munosib o‗rin olga-nidir.
1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI-sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik
haqidagi Bayonot»da O‗zbekistonning tashqi siyosatdagi yo‗li aniq qyushb belgilangan edi.
Jumladan unda: «Xalqaro hamjamiyatning to‗la huquqli a‘zosi bo‗lgan O‗zbe-kiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida
qatnashadi, uning maqsadla-ri mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‗z hududini qurol-yarog-
lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‗qotish, suveren
davlatlar o‗rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‗l
qo‗ymaslkkdan iborat» - deb qayd qilindi.

Oradan ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan


O‗zbekiston Konstitutsiyasida bu yo‗l yana bir bor ta‘kidlanib davlatimiz tashqi siyosatining
asosiy qoida-lari qonun bilan mustahkamlab qo‗yildi. «O‗zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to‗la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren
tinchligi, kuch ish-latmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi,
nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va me‘yorlariga
asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta‘minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‗stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga
kirishi va ulardan ajralib chiqshi mumkin», - deyiladi O‗zbekiston Respublikasi
Konstitudiyasining 17-moddasida.
Mamlakat tashqi siyosatiga doir bunday qoidalar I.A.Karimovning nutq, maqola va
risolalarida yanada oydinlashtirildi. U o‗zining «O‗zbekistonning o‗z istiqlol va taraqqiyot
yo‗li» nomli asarida: «O‗zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan, ko‗p tomonlama
faol tashqi siyosat-ni amalga oshirish — davlatimizning mustaqilligini mustah-kamlash,
iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va
g‗oyat muhim vositasidir» - deb alohida uqtirdi.
Hukumatimiz o‗zining tashqi siyosatida mana shu ko‗rsatmalarga amal qilib keldi.
O‗zbekistonning tashqi siyosat borasida tutgan yo‗li davlatimiz biron bir buyuk davlat ta‘sir
doi-rasiga tushib qolmasligi, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni ta‘mindash,
mojarolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashm aslik
mafku-raviy qarashlardan qatiy nazar tashqi siyosatda ochiq-oydin-lik tamoyilini ro‗yobga
chiqarish, xalqaro tashkilotlar doira-sida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda xalqaro
huquqning umume‘tirof etilgan qoidalari va mezonlariga asoslanadi.
1992-yil 2-martda O‗zbekiston Respublikasi o‗z tarixida birinchi bor xalqaro
hamjamiyatning tsng xuquuti subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a‘zoligiga
qabul
qilindi.
Bu
tarixiy
voqea
O‗zbekistonning mustaqil davlat sifatida
xalqaro hamjamiyatdan munosib o‗rin
olishida katta ax,amiyatga ega bo‗ldi.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqaror-lik
va
hamkorlik
masalalari
bo‗yicha
BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi
seminarini
chaqirish,
Tojikiston
va
Afgonis-ton
mojarolari,
narkobiznesga
qarshi
kurashni
kuchaytirish,
Orol
muammosini hal etish va boshqa masalalar
bo‗yicha bir qator takliflarni o‗rtaga
qo‗ydi.
O‘zbekiston Prezidentining asosli
mulohazalari
bu
nufuzli
tashkilot
tomonidan inobatga olinib, 1993-yil fevral
oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta‘sis etilib, ish boshladi. Xolid Malik BMTning
O‗zbekistondagi vakili qilib yuborildi.
Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‗zbekistondagi vakolatxonasi
respublikada BMTning taraqqiyot Dasturi, Sanoat taraqqiyoti Dasturi, qochoqlar ishi bo‗yicha
vakillari Oliy Komissari, Jaxon sokliqni sarutash tashki-loti, Aholi joylashish jamg‗armasi,
Narkotiklarni nazorat qilish bo‗yicha Dastur, Bolalar jamgarmasi singari ixtisos-lashgan
muassasalarni o‗z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo‗ldi.
O‗zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson
huquqlarini qimoya qilish bo‗yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro

tashkilot — Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YEXHT) a‘zo bo‗lib kirdi.


I.Karimovning 1992-yil 9-10 iyulda bo‗lib o‗tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so‗zlashi va uning 10-iyulda bo‗lgan majlisiga
raislik qilishi O‗zbekistonning jahon hamjamiya-tiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini
ko‗rsatadi.
O‗zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o‗tkazishi uchun keng
imkoniyatlar vujudga keldi. 1993-yil sentabrda bo‗lib o‗tgan Birlashgan Millatlar
Tashkilotining 48-sessiyasida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning ishtiroki va
unda qilgan ma‘ruzasi O‗zbekistonni jahonga ko‗hna va navqiron davlat sifatida tanitdi.
O‗zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo‗shilmaslik harakatiga qabul
qilindi. Bo‗lg‗usi jahon Parlamentining timsoli bo‗lmish Parlamentlararo Ittifoqqa ki rdi.
Mamlakatimiz Parlamentlararo Ittifoqning 93- va 94-konferensiyalarida hamda
YEXHT Parlament Assambleyasining har yili o‗tkaziladigan sessiyasida muntazam
qatnashmoqda. Oliy Majlis Raisi YEXHT Parlament Assambleyasining Vitse-prezidenti etib
saylandi. Ana shu va boshqa xalqaro anjumanlar-da O‗zbekiston vakillari ma‘ruza va
axborotlar bilan chikdi-lar, qator takliflarni o‗rtaga tashladilar. Shu tariqa respub-lika
Parlamenti a‘zolarining ovozi xalqaro maydonda baralla yangramoqda. Davlatimizning obro‗-
e‘tibori mustahkamlanib, xalqaro miqyosda tobora ko‗proq e‘tirof etilmoqda.
Mustaqillikning ilk damlaridayoq Oliy Majlis Raisi E.X.Xalilovning Avstriya,
Germaniya, Ispaniya, Shveytsariya. Belgiya, Bolgariya, Pokiston, Turkiya, Janubiy Koreya va
boshqa bir qancha mamlakatlarning davlat boshliqdari. parlament va vakolatxonalar
boshliqlari bilan uchrashuvlari bo‗lib o‗tdi. Oliy Majlisda o‗n uchta parlament delegatsiyasi,
shu jumladan GFR, Yaponiya, Quvayt, Litva, Latviya, Pokiston, Bolgariya va Turkiya
mamlakatlarining parlament delegatsiyalari, Shveytsariya, Xitoy, GFR va Litvaning rasmiy
hukumat delegatsiyalari, turli xadqaro tashkilotlarning o‗n uch nafar vakili, xorijiy
davlatlarning O‗zbekistondagi elchilari va elchixonalari hamda vakolatxonalari xodimlarida n
28 kishi, shu jumladan. Fransiya, GFR, Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya, Pokiston, Turkiya,
Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Hindiston namoyandalari qabul qilindi. O‗z navbatida
O‗zbekiston parlamenti a‘zolarining delegatsiyalari bir qancha davlatlarda, shu jumladan,
AQSH, GFR, Turkiya kabi mamlakatlarda bo‗lishdi.


Yüklə 121,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin