5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida


O„zbekistonning mustaqil tashqi siyosati va uning asosiy tamoyillari



Yüklə 121,75 Kb.
səhifə15/15
tarix14.12.2023
ölçüsü121,75 Kb.
#177627
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish

O„zbekistonning mustaqil tashqi siyosati va uning asosiy tamoyillari 
O‗zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-
texnika va madaniy tashkilotlar – Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro
valyuta jamg‗armasi, Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti,
Xalqaro pochta ittifoqi. Jahon sog‗liqni saqpash tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo‗mitasi,
Osiyo va Tinch okean havzasi bo‗yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo
mamlakatlari iqtisodiy ham-korlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BMTning
ta‘lim, fan va madaniyat bo‗yicha Qo‗mitasi (YUNESKO) va boshqa tashkilotlar a‘zosidir.
O‗zbekiston mustaqil davlat sifatida ko‗plab xalqaro Konvensiyalarga va BMT,
YEXHT,
XMT
kabilarning
protokollariga
qushildi. Shu yillar mobaynida O‗zbekiston
o‗zining tashqi siyesatida avvalo jahonning
taraqqiy
etgan
mamlakatlar
bilan
o‗zaro
munosabatlarini
rivojlantirantirishga
katta
aqamiyat berdi. AQSH, Germaniya, Fransiya.
Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Turkiya va boshqa ko‗plab rivojlangan
mamlakatlar bilan o‗rnatilgan aloqalar o‗z
natijalarini bera boshladi. Turkiya bilan abadiy
do‗stlik
shartnomasi
O‗zbekiston
tashqi

siyesatidagi o‗ziga xos yangilikdir.


O„zbekiston tashqi aloqalarining kengayishi va xalqaro tashkilotlar safiga qabul qilinishi 
 
1995-yil 15-16 sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo Xavfsizlik va Qamkorlik
masalalariga bagishlangan seminar Kengashi bo‗ldi. Bu Kengashda ishtirok etish uchun 31
mamlakat, 6 Xalqaro Tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Mintaqa xavfsizligi va mojarolarning
oldini olish masalalari ko‗rib chiqildi.
1995-yil oktabrda nishonlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 50 yilligi va uning
yubiley sessiyasi O‗zbekistonning xalqaro siyosat borasidagi yangidan-yangi imkoniyatlarini
ko‗rsatishga sharoit yaratdi.Birinchi prezident I.Karimovning ana shu mo‗tabar minbardan
turib so‗zlagan nihoyatda qisqa va lo‗nda nutqi jahon hamjamiyatining tamoyilga aylangan
qarashlarini o‗zgartirishga, xalqaro tashkilotlar faoliyatini yangicha shakl va mazmun bilan
boyitishga o‗ziga xos ta‘sir ko‗rsatdi. Jumladan, u mamlakatlararo. mintaqalararo va
qit‘alararo munosabatlarni chuqurlashtirish, qar bir mintaqada vujudga kelayotgan ijtimoiy-
siyesiy jarayonlarning borishidan oldindan ogoh bo‗lish, ularni o‗z vaqtida o‗rganish va zarur
xulosa-larga kelish, shu asosda umumbashariy muammolarni chigallashtirmasdan hal etish
masalalarini ko‗tardi.
1998-yil martda Toshkentda O`zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o`rtasidagi
davlatlararo kengashda yagona iqtisodiy makon to`g‘risidagi. Shartnomaga Tojikistonning
qo`shilishi to`g‘risida protokol imzolandi. Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun BMTning maxsus
dasturi (SPeKA) to`g‘risidagi Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
O`zbekiston
Birinchi
Prezidenti
I.
Karimov azaliy qardosh xalqlarning do`stlik
aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlash
maqsadida ―Turkiston-umumiy uyimiz‖ degan
g‘oyani ilgari surdi. Mintaqa ziyolilari,
jamoatchilik vakillari bu g‘oyani qo`llab-
quvvatladilar va natijada ―Turkiston-umumiy
uyimiz‖ deb nom olgan jamoatchilik harakati
tashkil topdi. Tashkiliy jihatdan bu harakat
1995-yil 21 noyabrda Toshkentda bo`lib
o`tgan ―Qardosh xalqlar uchrashuvi‖da
yuzaga keldi. ―Turkiston-umumiy uyimiz‖
harakatini Qirg‘izistonlik ko`zga ko`ringan
jamoat arbobi, mashhur yozuvchi Ch.Aytmatov (prezident ) va taniqli o`zbek yozuvchisi O.
Yoqubov (vitse-prezident) boshqarib bormoqdalar.
1994-yil 1-sentyabrda GFR poytaxti Bonnda O‗zbekiston Respublikasining Yevropada
birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin
shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent – Frankfurt» havo yo‗li ochildi, O‗zbekistonda
«Doyche-bank»ning bo‗limi faoliyat ko‗rsatmoqda.
Germaniyaning «Geydelber» firmasi O‗zbekistonda nashriyot – matbaa sohasida
hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Geydelber» firmasi asbob – uskunalari bilan
Yangiyo‗l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong»
nashriyoti qayta jihozlandi. O‗zbekistondagi «Rastr» va «Groteks» nashriyotlari «Geydelber»
firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o‗quv qo‗llanmalari
va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001-yilda
O‗zbekiston – Germaniya – Rossiya hamkorligidagi «Namangan qog‗oz» qo‗shma korxonasi
qurilib ishga tushirildi. O‗zbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2001-yil 2 – 5 aprel
kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning
2002 yil 9 – 10 may kunlari O‗zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‗zbekiston – Germaniya
o‗rtasidagi o‗zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‗tardi.

Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati isloh,


qilinmoqda, yaqin xorij bilan bo`lgani kabi uzoq xorijiy mamlakatlar bilan ham savdo-iqtisodiy
aloqalar kengaymoqda. Bu borada xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - XVF, Jahonbanki,
Xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro savdo markazi (YuNeKTAD), tariflar va savdo bosh
bitimi (GATT) va boshqalar bilan hamkorlik qilinmoqda. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy
aloqalarini kengaytirish borasida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan ―Tashqi iqtisodiy
faoliyat to`g‘risida‖, ― Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari
to`g‘risida‖ va boshqalar. Bundan tashqari xorijiy sarmoyalar ishtirokida qo`shma korxonalar
tashkil etish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish va chetga
chiqariladigan mahsulot uchun ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi ancha soddalashtirildi.
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, chet-el investittsiyalarini jalb etish
uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Shu bois, 80 dan ortiq mamlakat vakillari tomonidan
tashkil etilgan 3200 dan ortiq qo`shma korxonalar samarali ishlamoqdalar. Jumladan, Janubiy
Koreya bilan ―DEU avto‖, Germaniya bilan ―Mersedes-Bents‖,―o`zsalaman‖, Italiya bilan
―o`zplastital‖, ―o`zitalmotor‖, Buyuk Britaniya bilan ―BAT‖, AQSh bilan ―Zarafshon -
Nyumont‖, AQSh, Frantsiya, Turkiya va Yaponiya bilan Markaziy Osiyoda eng yirik Buxoro
neftini qayta ishlash zavodi va boshqa qurilgan korxonalar shu hamkorlikning samarasidir.
Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston jahon transport aloqa yo`llari muammolarini
ham hal qilmoqda. Bu avvalo mamlakatimizning Tejen-Seraxs-Mashxad va Pekin-Istambul
o`rtasidagi ―Transosiyo‖ bosh temiryo`li qurilishida qatnashuvi. O`zbekiston Kaspiy dengizi
sohilidagi Oqtov bandargohini ta‗mirlashda, bevosita Xitoy va Pokiston bilan bog‘lanishga
imkon beruvchi Andijon-O‘sh-Irkishtom-Qashqar avtomobil yo`li qurilishi, shuningdek Hind
Okeaniga olib chiquvchi Termiz-Hirot-Qarachi trassasi kabi qurilishlarning ishtirokchisidir.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston xalqaro hamkorlik va hamjihatlik yo`llarida katta
yutuqlarga erishdi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy
xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko`tarildi.
Bugunda xorijiy mamlakatlarning vakillari bilan qo'shma korxonalarni tashkil qilinishi
ham keng yo‗lga qo‗yilgan. Respublikada qo'shma korxonalarning soni 4 mingga yaqinlashib
bormoqda.
Avtomobilsozlik, oltin, neft va boshqa sanoat tarmoqlari qurilishi respublika sanoatini
katta yangiliklar bilan boyitdi va takomillashtirdi. G‘alla, neft mustaqilligini tiklash bo‘yicha olib
borilayotgan ishlar o'z samarasini bermoqda. Qishloqlarni sanoatlashtirish bo'yicha amalga
oshirilayotgan ishlar ham iqtisodiy hayotning eng muhim yangiliklaridan biridir. Ular
dehqonlarni ish bilan ta'minlashga va turmush darajasini ko'tarishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Hozirda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar jadal sur‗atlar bilan o‗sib bormoqda.
Iqtisodiy va diplomatik aloqalar erkinlashtirilishi va huquqiy negizlar yaratilishi orqasida
O'zbekistonning jahon bozoridagi mavqei tobora o'smoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‗zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb
qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e‘tiborga loyiq.
2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard
800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‗zlashtirildi. Bu 2014-yilga
nisbatan 9,5 foiz ko‗p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi
yoki 21 foizdan ortig‗i xorijiy investitsiyalar bo‗lib, shuning 73 foizi to‗g‗ridan-to‗g‗ri chet el
investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga
yo‗naltirildi. Bu esa 2015-yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‗lgan 158 ta
yirik ishlab chiqarish ob'ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.
2015-yilda yalpi ichki mahsulotning o‗sish sur'atlari 7,8 foizdan iborat bo‗lishini
ta'minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo‗jaligida 6,1 foizga
oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko‗rsatish hajmini 17,4 foizga
ko‗paytirish vazifasi qo‗yilmoqda. Inflyasiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish,

aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o‗rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni,


soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko‗zda tutilmoqda.
Ana shu vazifalarni amalga oshirishda 2016-yilga mo‗ljallangan Investitsiya dasturining
hayotga tatbiq etilishi o‗ta muhim o‗rin tutadi. Nega deganda, bu dastur sanoatda, butun
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarning eng muhim vositasi bo‗lib xizmat qiladi.
2016-yil uchun belgilangan, umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‗lgan 164 ta
yirik investitsiya loyihasini belgilangan muddatlarda ishga tushirishni ta'minlash bo‗yicha zarur
chora-tadbirlarni amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida shakllantirilgan yangy iqtisodiy tizimning mohiyati va yo'nalishi
O'zbekistonni xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozori bo'lib qolishidan tamomila holi
etishdan iboratdir.
Aytish mumkinki, tariximizda hech qachon hozirgidek tashqi aloqalar rivojlangan emas.
Endilikda O'zbekistonda o'nlab xorijiy mamlakatlarning elchixonalari faoliyat ko'rsatmoqda. O'z
navbatida O'zbekiston elchixonalari ham ko'p chet el mamlakatlarda ochildi.

http://fayllar.org
Yüklə 121,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin