O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish
O„zbekistonning davlat mustaqilligining e‟lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
XX asrning 80-yillari oxirida ―O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti‖da yaqqol
o`zgarishlar ko‗zga tashlana boshladi. Odamlar xilma xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora
ayta olish imkoniga ega bo`la boshladilar. O`zbek xalqining dilidagi g‘oya-mustaqillik g‘oyasi
edi, xalq mana shu g‘oyani ko`tarib chiqdi Mustaqillik uchun harakatda yangi to`lqin boshlandi.
Tarix taqozosi bilan elim, yurtim deb yonib yashab o‗tgan Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimovdek fidoyi insonning O`zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga 1989 yilda saylanishi
bu sohadagi adolatsizliklarga barham berishiga olib keldi, adolat tiklandi.
O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov xalq xoxish-irodasini bajarib,
o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi 1989 yil 28 oktyabrda
Respublika Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi Siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o`zbek tili to`la amal qilishi
qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan
birinchi qadami bo`ldi
1990-yillarning boshlariga kelib O`zbekistonda xalqning mustaqillika erishishidan iborat
azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo`lib qoldi. Mamlakatda shunday
vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, ―Zo`rovonlikka asoslangan, ma‗muriy-buyruq bozlikka
xos bo`lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladi mi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi
evaziga ittifoqdagi respublikalar suvereniteti ta‗minlanadimi degan masala dolzarb bo`lib qoldi
Ikkinchi tomondan, o`shadavrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni
to`g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tabora kuchayib
borayotganining oldini ololmay qoldi.
1990 yil boshida O`zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko`tarildi.
Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, millatlar aro va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga
ko`maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi
respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o`tishni
bildirar edi.
Alohida shuni ta‗kidlash kerakki, o`sha kezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng
avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabxalarda ijro mexanizmini qayta qurishni
tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish,fuqarolar huquqlarini ximoya qiluvchi barcha
muassasalarini nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.
Shu ob‗ektiv holatni xisobga olib, 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Sovetining birinchi
sessiyasi O`zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta‗sis etish to`g‘risida qaror
qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O`zbekistonning
Prezidenti etib saylash to`g‘risida qaror qabul qildi. O`zbekistonda Prezident lavozimining
ta‗sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo`yilgan
dadil kadamlaridan ikkinchisi edi.
O`zbekistonning mustaqillika erishishda qo`yilgan navbatdagi muhim qadam 1990 yil 20
iyunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qo`yildi. Sessiyada
O`zbekistonning ―Mustaqillik Deklaratsiyasi‖ qabul qilindi va uning kirish qismida qo`yidagicha
yozib qo`yildi:
―O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o`zbek xalqining davlat
qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an‗analari, har bir millatning taqdirini o`zi
belgilash huquqini ta‗minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O`zbekistonning kelajagi uchun
tarixiy mas‗uliyatni chuqur xis etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy
qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasining davlat mustaqilligini e‗lon qiladi,‖. Sessiya qabul qilgan bu ―Mustaqillik
Deklaratsiyasi‖ xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Shu kundan boshlab respublikada O`zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir
masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O`zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari
dadil qadam quyaverdi.
1991 yil 17 martda umumxalq referendumi o`tkazildi. Referendumda O`zbekiston
xalqining mutloq ko`pchiligi O`zbekistonni mustaqil respublika sifatida qo`rish xoxishi borligi
namoyon bo`ldi. O`zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat
ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. Xususan, 1991 yil 15
fevralida O`zbekiston Oliy Kengashi ―O`zbekistonning davlat ramzlari to`g‘risida‖ maxsus qaror
qabul qildi.
O`zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir
qonunning mazmuni va mohiyati jixatidan sobik Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilinishida,
bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika
manfaatini ifoda etishi bilan ajralib tura boshladi.
Jumladan, 1991 yil 22 iyulida O`zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining ―O`zbekiston
hududida joylashgan Ittifoqqa bo‗ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarni
O`zbekistonning huquqiy tobeligiga o`tkazish‖ to`g‘risidagi qarori, O`zbekistonning milliy
suvurenititeti uchun tashlangan qadamlar dalilidir.
80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib sobik SSSR ning ijtimoiy-siyosiy holatida inqirozli
holat tobora kuchaydi. Bu holat ayniqsa, ko`pchilikrespublikalarning ittifoq tarkibidan chiqish,
o`z-o`zini belgilash, huquqini berish, Markazning siyosiy-iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy
sohalardagi rolini qayta ko`rish kabi talablarning xaqli ravishda qo`yilishida aksini topdi. lekin,
markaziy rahbariyat xalqlar va ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam
mustaqillikka intilishi bilan hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo`yi
respublikalarning ittifoq tarkibidan chiqib ketish, O`zbekistonda, keyinchalik esa boshqa
respublikalarda ham prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar tomonidan
suverenitet to`g‘risidagi Deklaratsiyalarning qabul qiliniishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik
ko`rsatganligida ham ko`rish mumkin. Lekin, ba‗ribir harakatga kelgan inqiroziy holatni endi
to`xtatib bo`lmas edi. Shu sababdan ham, davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan partiya-
davlati rahbariyati 1990 yilning kuzida ittifoq markazi va respublikalar o`rtasidagi
munosabatlarni yangi holatga o`tkazish maqsadida mo`zokara jarayonini boshlashga majbur
bo`ldi. Chunki, SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va hukumati ham inqiroziy holatdan
chiqishning yo`lini topa olmay qolgan edi. o`shayillar ittifoq bo`yicha prezidentlik lavozimini
egallab turgan M.Gorbachev mamlakatni tanazuldan olib chiqish yo`lidaboshini qaysi eshiklarga
urmadi. Ghx jadallashtirish kontseptsiyasini uylab topdi, goh fan-texnika taraqqiyoti deb butun
mamlakatni alg‘ov-dalg‘ob qildi Undan natija chiqmagach, agrosanoat kompleksining qayta
qurish rejalarini ishlab chiqdi. Shundan so`ng kadrlar siyosati masalasini ko`tardi. U o`zini
qayokka urmasin, harakatlari samarasiz bo`laverdi. Bora-bora, eng muhimi-inson omili
ekanligini tushundi, Biroq endi kech bo`lib qolgan, g‘isht qolipdan ko`chgan edi.
1990 yil oxirlariga kelib Boltiqbo`yi mamlakatlari mustaqillik to`g‘risidagi talabalrni SSSR
Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga kundalang qilib qo`yganlaridan so`ng
Prezident M. Gorbachev bir guruhi deputatlar va rahbarlar bilan vaziyatni urganish, aniqrog‘i,
tazyiq qilish, ta‗sirini o`tkazish maqsadida Boltiqbo`yiga bordi. Guruhi tarkibida O`zbekiston
Birinchi Prezidenti I.Karimov ham bor edi. U yerda I.Karimov haqiqat bilan yuzma-yuz keldi va
shunda juda katta qat‗iyat va favqulodda jur‗at bilan munosabatini bildirdi: Komissiya ishini
yakunlamasdanoq Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo`llab-quvvatlovchi guruhni ham
tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo`yi xalqlarinining talablari qonuniy ekanligi,
mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy haqiqat, inson haq-huquqlarinining tanttanasi
ekanligini oshkora namoyon qildi Haqiqatdan ham, ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy
ravnaq, ma‗naviy taraqqiyot to`g‘risida gap bo`lishi ham mumkin emas edi.
1991 yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki,
uning yyechimini topish o`ta mushkul bo`lib qoldi Shu vaziyatdan foydalanib 19-21 avgust
kunlari Moskvada davlat tuntarishi qilishga o`rinib ko`rildi. Favqullodda holat davlat qo`mitasi
tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zo`ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi.
Ana shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O`zbekiston rahbariyati korxona va
xo`jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka
da‗vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi Prezident Islom Karimovning bo`layotgan voqealarga
munosabati barchani qanoatlantirdi, uning xalqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq
bilan hukumat o`rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni
kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo`lgan uchrashuvda qat‗iyatlik bilan O`zbekiston
nuqtai nazarini ma‗lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo`lgan har qanday
ko`rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda O`zbekiston
SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O`zbekiston SSR Prezidenti xo`zuridagi Vazirlar
Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo`shma majlisi bo`ldi Unda fitna munosabati
bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O`zbekistonning mustaqillikka erishish yo`li
o`zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O`zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi
qoidalarini amalga oshirish yo`lidaboraveradi, deb ko`rsatildi. o`shakuni O`zbekiston Birinchi
Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O`zbekistonning mustaqilligiga
erishish yo`li qat‗iy ekanligini yana bir bor alohida o`qtirdi. Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy
vaziyatni to`g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O`zbekiston Mustaqilligi
haqida Qonun qabul qilishni talab qildi Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni
O`zbekiston davlat mustaqilligi to`g‘risida qonun loyixasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy
Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi
1991 yilning 31 avgustida O`zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu
kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi ―O`zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligini e‗lon qilish to`g‘risida‖ qaror qabul qildi, tegishli Bayonot bilan chiqdi va
―O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g‘risida‖gi Qonunni
tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo`lgan bu hujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi:u
o`ztakdirini o`zi hal qiladigan bo`ldi; O`z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari
mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to`la huquqli
egasiga aylandi;
buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar
an‗analarning davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo`ldi;
―O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e‗lon qilish to`g‘risida‖gi qarorda ―1
sentyabr‗ O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab
bu kun bayram va dam olish kuni deb e‗lon qilinsin‖, - deb qat‗iy belgilab qo`yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‗yobga chiqdi uzoq yillar
davom etgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi.
Dunyo haritasida yana bitta mustaqil davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi
O`zbekiston tarixida yangi davr milliy istiqlol davri boshlandi. O`zbekiston uchun mustaqil
ichki va tashqi siyosat yurgizish, xalqimiz uchun taqdirini o`zi belgilash, o`zlari uchun munosib
turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi. O`zbekiston musttaqilligi mamlakat xalqi tomonidan
zo`r quvonch va mamnuniyat bilan kutib olindi.