Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish kerak. Iqtisodiy islohotlar hech
qachon siyosat ortida qolmasligi kerak u biror mafkuraga bo‗ysundirilishi mumkin emas. Buning
ma‗nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Ikkinchidan, murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur. Davlat
butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lishi , iqtisodiy
taraqqiyotning yetakchi yo`nalishlarini belgiilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren
davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab
chiqishi va izchil ro‗yobga chiqarishi kerak.
Uchinchidan, qonun ustivorligiga erishish, qonunlarga rioya qilish lozim. Buning ma‗nosi
shuki, demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz
hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim.
To`rtinchidan, demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining mavjud turmushi darajasini
hisobga olgan holda bozor munosabatlariga o`tish bilan bir qatorda kuchli ijtimiy siyosatni
o`tkazish. Ijtimiy ximoyalash va kafolatlarning kuchli, ta‗sirchan mexanizmi mavjud
bo`lgandagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlagan holda bozor iqtisodiyoti sari tinimsiz
rivojlanib borishni ta‗minlash mumkin.
Beshinchidan, yangi iqtisodiy bozor munosabatlarini puxta uylab, bosqich ma-bosqich , ya‗ni
evolyutsion yo`l bilan qaror toptirish mumkin.
Demokratik jarayonlarni va iqtisodiy o`zgarishlarni muvaffaqiyatli isloh qilish uchun barcha
tamoyillar birday muhim belgilovchi ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov mustaqillikning bir yilligi arafasida jahon
―O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li‖ nomli asarida yangilangan jamiyatda
yashovchi har bir kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi
yo`llarinin ko`rsatib bergan bo`lsa, ‖O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida‖
kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga doir beshta tamoyilning ahamiyatiga yana bir bor
to`xtaldi. Xususan, bozor munosabatlariga bosqich ma-bosqich o`tishning O`zbekiston uchun
naqadar afzalliklariga alohida e‗tibor berildi.
Birinchi Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki kunidan boshlab yangi jamiyatga mos
siyosiy islohotlar o`tkazish yo`llarinin oqilona ko`rsatibgina qolmay, ayni paytda jamiyatning
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish tamoyillarini ishlab chikdi, uni izchil amalga oshirish
chora-tadbirlarini ko`rdi. Jahon tajribasi, O`zbekistonniing milliy xususiyatlari, imkoniyatlari va
shart-sharoitlari asosida taraqqiyotning ― O`zbek modeli‖ ishlab chiqildi
Shunday qilib, XX asr 90-yillarning boshlariga kelib O`zbekiston xalqlari tarixida misli
ko`rilmagan tarixiy voqea yuz berdi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lgakiritdi. Dunyo
haritsida 1991 yil 1 sentyabrdan boshlab yana bitta mustaqil, to`la huquqli suveren davlat -
O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi.
Yangi O`zbekiston o`ziga xos istiqlol va tarqqiyot yo`lini tanladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridayoq Birinchi Prezident Islom Karimov huquqiy demokratik
davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasini dolzarb vazifa qilib o`rtaga
tashladi. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo`q.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, dunyoda bir-biriga o`xshagan ikkita inson
bo`lmaganidek, bir-biriga aynan o`shagan ikkita davlat ham yo`q.
Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosida e‗tirof etilgan bir qator tamoyillari bor:
insonning xoxish-irodasini erkin bildirish va uni amalga oshirish; ozchilikning ko`pchilikka
bo`ysinishi; dalat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab
qo`yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. Ayni ana shu tamoyillar
asosida jahon davlatchiligi eng ilg‘or tajribalarga mos keladigan, uni dunyo tan oladigan, inson
huquqlari har jihatdan kafolatlanadigan jamiyatni barpo etish mumkin.
O`zbekiston demokratik jamiyat qurishda jahon xalqlari tajribasi sinovidan o`tgan ana shu
tamoyillarga asoslandi. Shu bilan birga O`zbekiston demokratik,fuqarolik jamiyat qurilishida
xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma‗naviy taraqqiyoti tajribasiga, milliy
davlatchiligimiz negizlariga, ma‗naviy merosimiz ildizlariga, milliy xususiyatlarimiz va boy
an‗analarimizga tayanish yo`lini tutdi. Ma‗lumki, Markaziy Osiyo xalqlari o‘zlarining ming
yilliklar mobaynida shakllangan olamshumul siyosatlari, ma‗naviy barkamol davlatchilik
an‗analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati taraqqiyotiga katta ta‗sir ko`rsatgan. Ulug‘
bobolarimiz Somoniylar, Mahmud G‘aznaviy va Xorazmshohlarning adolat va insonparvarlikka
tayangan saltanatlari, Sohibqiron Amir Temurning turkiy ulusni birlashtirib, markazlashgan
davlat barpo etishi, millat iftixori uchun kurashishi va buyuk Temuriylar saltanatiga asos solishi
va boshqa tarixiy haqiqatnilar jahon siyosatdonlari tomnidan yuqori baholangan. Birinchi
Prezident I.Karimov siyosati ana shunday qadimiy va boy tajribaga tayandi.
Mustaqilikka erishgan har bir xalq davlat qurilishining u yoki bu turini aniq siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa sharoitlariga, tarixiy an‗analari va ma‗naviy-ahloqiy qadriyatlariga qarab
o`zi tanlaydi. Shuning uchun ham har bir mamlakat va xalqning davlat qurilishi o`ziga xos va
farqli xususiyatlarga ega bo`ladi. Shunga qaramasdan, xalqaro tan olingan bir qancha muhim
tamoyillar borki, ular insoniyat tarixiy taraqqiyotining Hozirgi bosqichida madaniy demokratik
davlatning asosiy quyidagi xususiyatlarni ifodalaydi: