O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish
Davlat hokimiyatining milliy, huquqiy, demokratik asoslarining barpo etilishi. 1991 yil 29 dekabrda o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasining referendumi yakunlaridan
ham yaqqol ko`rib olish mumkin. Umumxalq referendumida 9 million 898 ming 707 kishi yoki
saylov ro`yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. O`zbekiston Respublikasining mustaqil
davlat deb e‗lon qilinishini yoqlab 9 million 718 ming 155 kishi yoki referendumda
qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. Demak, O`zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq
tomonidan yakdillik bilan ma‗qullandi.
O`sha, 1991 yilning 29 dekabrida xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so`ng
mustaqillik ramzi sifatida birinchi marta umumxalq xoxish-irodasi bilan mustaqil O`zbekiston
Respublikasi Prezidentini sayladi. O`zbekiston Prezidenti saylovi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sesiyasida qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to`g‘risida‖gi qonun asosida o`tkazildi. Bu saylovning muhim tomoni shuki, u birinchi marta
muqobillik asosida o`tdi, ya‗ni Oliy lavozimga ikki nomzod - O`zbekiston XDP va O`zbekiston
kasaba uyushmalari federatsiya nomzodi I.A.Karimov va ―Erk‖ Demokratik partiyasi vakili
Saloy Madaminov (Muhammad Solix ) nomzodi qo`yildi.
Saylovlar yakuniga ko`ra 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda
qatnashganlarning 86 foizi I.Karimov nomzodini 1million 220 ming saylovchi ( 12,3 %) Saloy
Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asoslanib Islom
Abdug‘anievich Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi, vazifasini bajarishga kirishar ekan, I.Karimov
O`zbekiston Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo`lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida
qasamyod qildi 1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning
Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha o`zaytirildi. O`zbekiston Respublikasining oliy
Majlisi tarixan qisqa vaqt ichida jamiyatda tubdan o`zgarishlar, huquqiy demokratik davlatni
vujudga keltirish, turmushda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida katta ishlar
amalga oshirilganligi va ana shu keng miqyosli islohotlarni o`zluksiz davom ettirish maqsadida
Birinchi Prezident I.A.Karimov vakolatini o`zaytirish yuzasidan umumxalq referendumini
o`tkazishga qaror qilgan edi. o`tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy - ijtimoiy
ahamiyat kasb etdi.
2000 yil 9 yanvarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yana bir unitilmas tarixiy voqea
bo`lib o`tdi. 11 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2000 yil 9 yanvar kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Prezidenti saylovi natijalariga
bagishlandi. Majlisda qayd etilganidek 2000 yil 9 yanvari mustaqil O`zbekistonimiz tarixida
asrlar tutashgan paytda sodir bo`lgan, davlatimizning XXI asrdagi hayotiga va taraqqiyotiga
jiddiy ta‗sir ko`rsatadigan muhim siyosiy voqea sifatida muhrlanib qoladi O`zbekiston
fuqarolarining aksariyati hozirga davlat boshlig‘ining rahbarligi ostida va tashabbusiga ko`ra
amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoy-iqtisodiy o`zgarishlar qo`llab-quvvatlangan holda Islom
Karimov nomzodi uchun ovoz berdi. Bo`lib o`tgan saylovning ahamiyati uning muqobillik va
demokratik tamoyillar asosida o`tganligidadir. Saylovchilarga tanlash imkoniyati berildi va ular
xoxish-irodasiga binoan, o`zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi. Shak-shubhasiz bu hol
jamiyatimizda siyosiy fikrlar xilma-xilligi va qarashlarining turlicha bo`lishi uchun katta turtki
berdi, davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotining yanada erkinlashtirliishiga zamin
hozirladi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov Komissiyasi okrug saylov komiissiyalaridan
kelgan bayonnomalar asosida 9 yanvarda bo`lib o`tgan saylovda ro`yxatga olingan 12 million
746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etganligini, bu esa
ro`yxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95,1 foizini tashkil etishini ma‗lum
qildi Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan I.Karimov uchun 11
million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,9 foizi ovoz berdi. O`zbekiston Xalq
demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi
yoki 4,17 foiz saylochi ovoz berdi.
O`zbekiston Respublikasining ―O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g‘risida‖gi
Qonunining 35-moddasiga muvofik, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Islom Abdug‘anievich Karimovning O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti lavozimiga
saylanganligi to`g‘risida qaror qabul qildi.
O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat
mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab
yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda O`zbekiston Oliy Kengashi ―O`zbekistonning
davlat ramzlari to`g‘risida‖ maxsus qaror qabul qildi
O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach jahon xalqaro talablar va me‗yorlar doirasida
qiyofasini ko`rsatmog‘i, buning uchun esa jahon butun imkoniyatlarini, o`zigaxos jihatlarini
ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo`lmog‘i lozim edi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo`lib o`tgan VIII
sessiyasi ‖O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to`g‘risida‖ qonun qabul qildi
O`zbekiston Respublikasining davlat bayrg‘gi va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida
ilgari mavjud bo`lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo`lgan eng yaxshi an‗analarni
davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo`lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va
madaniy sohalardagi o`zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog‘i yurtimizning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir.
1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida ―O`zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi to`g‘risida‖ Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi
chuqur ma‗noga ega. O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil dekabrda bo`lib o`tgan XI sessiyasi tomonidan O`zbekiston birinchi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
mamlakat tarixida olamshumul voqea bo`ldi
Shu sessiyada ―O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g‘risida‖gi Qonun ham
qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan
madhiya varianti tasdiqlandi. O`zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga
muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so`m
muomalaga kiritildi. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to`g‘risida
Birinchi Prezident I.Karimov: - ―Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitutsiya kabi davlat
va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir!‖ – degan edi.
Har qanday mustaqil davlatlarning huquqiy asosi - bu uning asosiy Qonuni -
Konstitutsiyasidir. Har qanday jamiyat kelajakni ko`zlab yashaydi va uning poydevorini imkon
qadar mustahkamroq ko`rishga harakat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, davlatimiz,
jamiyatimiz erishgan buyuk yuto`q - O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo`ldi
Konstitutsiya har qanday davlatning yuzi, obru-e‗tibori ham hisoblanadi. Chunki
Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir. Shu
ma‗noda asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongini va madaniyatini
aks ettiradi. Vaholanki, uning ishlab chiqilishi va muhokama etilishida butun xalq ishtirok etdi.
Asosiy Qonunimizni baholashda AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, BMT, Yevropa
Xavfsizlik va hamkorlik kengashi kabi nufuzli davlat va xalqaro tashkilotlarning olimlari faol
qatnashdilar. Natijada O`zbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan mamlaktlar - AQSh,
Frantsiya, Germaniya, Italiya kabi G‘arb davlatlari, Misr, Turkiya, Hindiston va boshqa Sharq
davlatlarining boy tajribasidan eng demokratik jihatlarini, insonparvarlik g‘oyalarini tarannum
etuvchi xalqaro hujjatlarning talablarini o`zida mujassamlashtirdi.
Shu bilan birga Konstitutsiyada o`zbek xalqining tarixiy milliy va islomiy qadriyatlari
mumkin qadar to`laroq aks ettirishga harakat qilingan. Buyuk alloma Abu Nasr al-Forobiy
davlatni boshqaruvchi kishilarning xalq o`rtasida obru-e‗tiborga ega bo`lishi, xalq tomonidan
saylab qo`yilishini talab qilgan bo`lsa, ulug‘ bobomiz Sohibqiron Amir Temur to`zuklarida
davlatni boshqarishda oliy tabaqaga oid sayidlardan tortib, xunar axligacha bo`lgan ja‗mi 12
tabaqa kishilariga suyanib ish ko`rishni davrlarida alohida ta‗kidlab o`tganlar, ―Qaerda qonun
hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo`ladi‖ - degan so`zlarni zarhal harflar bilan bittirganlar.
O`zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990 yil 20 iyunida Mustaqillik
Dekloratsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan o`rtaga qo`yilgan edi. Oliy Kengashning
ikkinchi sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasining muhim tamoyillari asosida davlatning yangi
Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim degan xulosaga kelindi. Sessiya Birinchi Prezident
I.Karimov raisligida Konstitutsiyaviy Komissiya to`zish to`g‘risida qaror qabul qildi
Konstitutsiyaviy komissiya ma‗qullagan Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti 1991 yil
noyabrida tayyorlab bo`lindi. Ushbu variant muqaddima, olti bo`lim, 158 moddadan iborat edi.
Konstitutsiya loyihasining ikkinchi varianti 1992 yil bahoriga kelib ishlab chiqildi Bu variant
149 moddadan iborat edi. Puxta ishlovlardan so`ng O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining loyihasi 1992 yil 26 sentyabrda Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan
umumxalq muxokamasi uchun matbuotda e‗lon qilindi.
O‘n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi 1998 yil 8
dekabrda ―O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish haqida ‖gi masalani ko`rdi va
shu masala yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya raisi, Prezident ma‗ruza qildi ma‗ruzasida
Prezident I.Karimov shunday dedi: ―Hur O`zbekistonning tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul
qilish-jumhuriyatimizning yangidan tug‘ilishidir, huquqiy mustaqilligimizga mustahkam
poydevor qurishdir... Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan,
millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo`lishi muqarrardir‖.
Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan Konstitutsiyani qabul qildilar. Qabul qilingan
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat.
Konstitutsiyaning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda ―davlat organlari va
mansabdor shaxslar jamiyat hamda fuqarolar oldida mas‗uldirlar‖ deyilgan, ya‗ni fuqarolar
manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Sobiq totalitar
tuzum sharoitida bunday fikrni hech kim xayoliga ham keltira olmas edi.
Bir so`z bilan aytganda, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi asosiy,
huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan buyuk voqea bo`ldi.
4. Mustaqillika erishgan O`zbekiston oldida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish,
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan
mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turardi, mamlakat qaysi yo`ldan
va qanday rivojlanishi kerak degan og‘ir va murakkab savollarga javob topish zarur edi.
Boshqa mamlakatlar qatori, O`zbekiston jahon tajribalari, xalq tarixi va an‗analarini hisobga
olgan holda umumbashariy taraqqiyotning keng madaniy yiliga kirishi kerak edi. Ijtimoiy va
milliy taraqqiyotning bosh yo`nalishlari esa quyidagilardan iboratdir:
1.
Ijtimoiy-siyosiy
sohada-ma‗muriy-bo`yruqbozlik,
avto-ritar
tuzum
mexanizmi
va
tuzilmalaridan qutulish hamda davlat qurilishining demokratik huquqiy tamoyil va myo‗erlariga
o`tish, fuqarolik jamiyatga o`tishning poydevorini qurish;
2. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada-insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali-
taqsimotchilik tizimidan voz kechish va bozor munosabatlariga, ko`ptarmoqli iqttisodga hamda
rangbarangli mulkchilik shakllariga o`tish;
3. Ma‗naviyat sohasida-aqidabozlik va o`ta siyosatlashtirilgan mafkura hukmronligidan qutilish,
yuksak ma‗naviyat va madaniyat, kishilarni tarixiga, xalqning ma‗naviy merosi va an‗analariga
hurmat ruhida tarbiyalash, jahon madaniyati yutuqlarini egallash;
4. Xalqaro munosabatlar sohasida-butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o`zini chetga
olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va uning bilan
teng huquqli hamkorlikka yo`l ochish.
Ana shu maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin? Inqilobiy siltov, sakrash orqalimi yoki
mavjud ahvol va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bosqichma bosqichli o`zgarishlar yo`li-
evolyutsion yo`l bilanmi?
Turli mamlakatlar va xalqlar tarixida bu ikki variant bir necha bor sinovlardan o`tgan. Bir
tomondan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasining buyuk
o`tmishi ham shuni yaqqol ko`rsatadiki, islohotlarning boqichma bosqich evolyutsion yo`lini
tanlagan mamlakatlar yuksak taraqqiyot va gullab-yashnashga nisbatan kam ijtimoiy va
ma‗naviy-axloqiy. moddiy chiqim lar orqali erishganlar.
Ijtimoiy tuzum binosini shunchaki yengil yoki atroflicha ta‗mir etish yo`li bilan emas, balki
uni tamomila yangi tamoyillar asosida, poydevoridan tomigacha tubdan qayta qurish yo`li bilan
bunyod etish mumkin, holos.
O`zbekiston jahon tajribalariga, xalqi xususiyatlari va tarixiy donishmandligiga tayanib
o`zigaxos istiqlol va taraqqiyot yo`lini tanladi, yangi jamiyat barpo qilish uchun andozasini
ishlab chiqdi Bunda u asosiy umidini manbalari va imkoniyatlariga qaratdi.
Albatta, mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo`lgan bir paytda uning yangi jamiyatga
o`tish bilan bog‘liq vazifalarini bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv
tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqoza qiladi.
Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni
talab etadi. Ana shu O`zbekistonning o`zigaxos istiqlol va taraqqiyot yo`lini Birinchi Prezident
Islom Karimov ishlab chiqdi va bu islohotlar kontseptsiyasi bir muncha umumiy va mujassam
holda u ta‗riflab bergan besh tamoyilda ifodasini topdi.