2. Polimer materiallari turlari va tuzilishi Tarixda ma`lum davrlarni tosh asri bronza asri va temir asri deb atalgan. Chunki, bu davrlarda tosh, bronza va temir as osiy konstruksion material hisoblangan. Yaqin o`tmishdagi XVIII va XIX asrlarni metallar asri deb atash mumkin. Chunki, bu davrlarda asosiy konstruksion material sifatida qora va rangli metallardan foydalanilgan.
XX asrda esa xalq xo`jaligining barcha sohalarida metall va uning qotishmalari bilan birgalikda metallmas materiallar: polimer, plastmassa, kauchuk, rezina, beton, temirbeton, sopol va boshqa konstruksion materiallardan yasalgan konstruksiyalar, elementlar va detallar keng qo`llanildi. Xususan, po`latdan qattiq va po`kakdan yengil plastiklar yaratildi, mashina va samolyot dvigatellari sopoldan yasaldi, beton va temirbetondan ulkan inshootlar bunyod qilindi. Shuning uchun bu asrni shartli ravishda metall va metallmaslar asrideb atash mumkin.
Mutaxassislar tomonidan biz yashayotgan XXI asr plastiklar asri bo`lishi ta`kidlangan. Chunki, bu asrda plastmassalar asosiy konstruk sion materialga aylanadi.
Hozirgi vaqtda sanoatda yog`och va metallar bilan birgalikda plasmassalar ham keng ko`lamda ishlatilmoqda. Chunki, yog`och va metallarga nisbatan plasmassalarning tannarxi arzon hisoblanadi.
Polimer deganda molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o`zaro valentlik bog`lanishidan hosil bo`lgan yuqori molekulyar birikma tushuniladi. Ular tabiiy, sun`iy yoki sintetik bo`lishi mumkin.
Polimerlar bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atomdan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun`iy bo`ladi. Tabiiy polimerlarga sellyuloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar, sun`iylarigaesa organik shisha, polietilen, viskoza, kapron, neylon, sintetik kauchuk vaboshqalar kiradi.
Yuqori molekular organik birikmalar yoki ularning guruhlari, ko`pincha,smolalar deb ataladi.
Plastiklik barcha polimerlarga ham xos bo`lavermaydi.
Polimer materiallardan istalgan shakldagi xilma-xil buyumlar, shuningdek, ip, plyonka, list, truba va hokazo mahsulotlar tayyorlanadi.
Polimerlarning o`ziga xos fizikaviy va texnologik xususiyatlari ularni buyumlarga va yarimfabrikatlarga aylantirishda maxsus usullardan foydalanishni talab etadi. polimerlarni buyumlarga aylantirishning asosiy usullari ekstruziyalash, odatdagi usulda quyish, bosim ostida quyish, presslash, quyma presslash, ko`pirtirish, payvandlash, qizdirib purkash, randalash, shuningdek, dastgohlarda qirindi kesib olish yo`li bilan ishlash mumkin.