Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’tiborni qaratadi.
2.Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Didaktik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz.
Ta’lim metodlari tasnifi:
An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)
O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin).
Didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov):
Yangi bilimlarni egallash metodlari;
Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.
O‘qitish metodlari (Sruikshank, Bainer & Metcalf)
Ta’limiy o‘yinlar yoki raqobatchilik – raqobat orqali yoki o‘yin orqali qaysi guruh yoki alohida olingan shaxsning boshqalardan ustunroq ekanligini anglashga yordam beradi. Komyuterli o‘yinlar ham juda mashxurdir.
Brainstorming – ijodiy fikrlarni to‘plash uchun o‘tkaziladi,bunda ishtirokchilar tanqid va kesatiqlarsiz muayyan muammo yuzasidan o‘z fikrlarini ochiq oydin bayon etadilar va ushbu muammoning yechimini izlaydilar. Masalan o‘quvchilarga dunyodagi ocharchilik muammosi haqida fikr bildirish vazifa qilib topshirilsa o‘quvchilar o‘z fikr mulohazalarini birin – ketin aytadilar, hamma fikrlar qayd etib olinganidan so‘ng ushbu muammo bilan kurashish usullarining eng maqbul variantlari ko‘rib chiqiladi.
Case studi-Case ta’limi turida 1 ta talaba yoki odatda bir guruh talabalar biror sodir bo‘lgan voqea yoki ma’lum vaziyatni tafsilotini namoyish etadilar. Keyin ular biror bir aniq va to‘g‘ri fikrga kelishdan oldin, shu vaziyatni muhokama va o‘rganish un yig‘ilgan bilim va tushunchalarni amalda qo‘llashlari talab qilinadi. Tehnologiya bilan ta’minlangan case ta’limi odatda tibbiyot ta’limida qo‘l keladi/foydalaniladi. Bunda case ta’limi tibbiyot tarixini va bemorning simptomplari, ko‘pincha ko‘rgazmaviy qurollar, turli holatlar bilan bog‘liq simptomplar haqidagi ma’lumot va mutaxassining ishi haqidagi turli xil fikrlar bog‘liqligi to‘g‘risidagi resurslarni o‘z ichiga oladi. Talabalar esa ma’lum bir fikrga kelishdan oldin hamma berilgan ma’lumot va fikrlar ko‘rib chiqib muhokama qiladilar.
Bir qator omillar yaxshilab tushunilib qaralsa, va ma’lum bir vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilinsa, case ta’limining juda ko‘plab sohalarda foydasi katta. Chunki case ta’limi talabalarda ko‘p va kerakli resurslardan foydalanishni talab qiladi, bu guruhli yoki masofadan o‘qitish muhitiga o‘rganish imkoniyatini yaratuvchi eng yaxshi yo‘nalish hisoblanadi, keyin esa talabalarga mavzu bilan shug‘ullanishalari uchun dastlabki imkoniyatlar beriladi. O‘qituvchi doim ham hamma kerakli ma’lumotni o‘zlari yaratishlari shart emas, chunki har qanday sohadagi eng sara ma’lumotlar internet saytlarida allaqachon joylashtirilgan. Bu dagani o‘qituvchi shu berilgan vazifa bo‘yicha tushuncha va savollarni berishi keyin esa sayt manzilalrini berib va shu orqali atrofda va berilgan vaziyatlarda nima sodir bo‘lganligi, asosiy tushunchalar, boshqa o‘xshash misollar va kerakli izohlar orqali ma’lumot olishlari mumkin. Bundan tashqari,talabalar uchun bebaho bo‘lgan har qanday holatdagi turli muloqotlar talab qilinishi mumkin.
Qiziqishlar markazi – muayyan bir mavzuga tegishli turli kolleksiya va ekspozitsiyalar orqali o‘quvchilarni qiziqishlarini orttirishga hizmat qiladi. Masalan o‘quvchilarga o‘zlarining etnik eklib chiqishlarini izohlovchi turli materiallar, oila shajarasining rasmlarini maktabga olib kelish va uni sinfdoshlariga so‘zlab berish vazifasi topshiriladi. Bu metod orqali o‘quvchilarning dunyo millatlarini kelib chiqishini o‘rganishga qiziqishlari ortadi va o‘zga madaniyat namoyondalarini hurmat qilishgao‘rgatiladi
Colliqua –sinfdagilarning qiziqishlaridan kelib chiqib sinfga taklif qilingan mehmonlar o‘z faoliyatlari va kasblari haqida so‘zlab beradilar. Masalan sinfga taklif qilingan sozanda o‘z kasbi va faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishi, jonli ijro orqali esa o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalashi mumkin.
Hamkorlikda o‘qitish- yuklatilgan vazifa va muammolarni bir guruh bo‘lib hal etishga o‘rgatadi.
Ommaviy madaniyat tazyiqi (culture jumming)- ommaviy axborot vositalari umuman ommaga qarshi tura olishga va turli stereotiplarni yengishga o‘rgatadi.
Debat – muayyan mavzu yoki muammoli vaziyatga turli nuqtai nazarlar bilan yondoshish va o‘z fikrini omma oldida himoya qilishga o‘rgatadi.
Debrifing – muayyan tajriba yoki sinovdan so‘ng o‘z hissiy kechinmalari va intelektual zaxiralari bilan almashinishdan iborat bo‘ladi.
Demonstartsiya – muayyan jarayon yoki qurilmani sihlash va faoliyat yuritishini ko‘rsatish ya’ni namoyish qilishdir.
Kashfiyot yoki tadqiqotchilik – muayyan vaziyat yoki holatga nisbatan yangilik yoki o‘z nuqtai nazarni ilgari surishni taqazo etadi.
3.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil etiladi.
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab er maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fani da, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quvtarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
Ta’limning umumiy maqsadlari.
Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.
5.Ta’lim vositalari va ularning vazifalari. Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’limvositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.