5-mavzu. Taqdimotlarni ishlab chiqishniig instrumental vositalari. (2 Soat) reja


Power Pointda matnni formatlashtirish



Yüklə 2,12 Mb.
səhifə5/15
tarix20.11.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#166222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5-MAVZU. Microsoft Office Power Pointda taqdimotlar yaratish texnologiyalari

Power Pointda matnni formatlashtirish

Matnni formatlashtirish - professional taqdimot yaratishning asosiy boskichlaridan biridir. Muvafakkiyatli tanlangan shrift va Power Point berish imkonini taqdim etadigan turli xildagi matn effektlari taqdimotning tashki ko‘rinishini yaxshilaydilar, uni jozibaliroq qiladi, ko‘rgazmaliligini ancha yaxshilaydi. Formatlashtirishning parametrlarini belgilashda taqdimotning hamma slaydlarining bir xilda shakllatirilishini kuzatib borish va bitta slaydda har xil shriftlarni yoki ajratishning ko‘p usulini ishlatmaslik kerak. Power Pointda matnni formatlashtirish asosiy usullari Microsoft Office ning qolgan ilovalarida qo‘llaniladigan usullarning o‘zidir. Power Point dasturi quyidagi vositalarni taqdim etadi:



  • formatlashtirish panelining uskunalarini;

  • format menyusini shrift buyrug‘ini;

  • animatsiya effektlari panelining uskunalari;

  • Microsoft Word Art ilovalarning vositalarini.

Eslatma: Word Art vositalari bilan yaratilgan figurali matni matn emas balki grafik ob’ektdir va uni formatlashtirish rasm solish uskunalar panelining tugmalari yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, figurali matnni orfografiyasini tekshirish va uni tuzilma rejimida aks ettirish imkoni yo‘q.
Matn maydoniga kiritiladigan ramzlarga ushbu maydon uchun o‘rnatilgan formatlashtirish parametrlari belgilanadi. Odatda, slaydlarda axborot markirovka qilingan ro‘yxatlar shaklida taqdim etiladi, shuning uchun ko‘p avtobelgilar bunday ro‘yxatlarni tuzish uchun mo‘ljallangan matn maydonlariga ega bo‘ladilar. Bundan burun «slayd matni» aytib berish aks ettirilgan maydonga matn kiritishda Enter tugmachasining xar biri bosilishi yangi xat boshining tuzilishiga olib keladi.
Maydonni formatlashtirishning standart parametrlarini o‘zgartirish uchun uni markirovka qilish va Формат (Bichim) menyusining buyruklaridan foydalanish zarur. Birinchi oltita buyruk matnini shrifti, o‘lchami, rangi, chizilishi, to‘g‘rilash usullari, katorlararo interval va boshka tashki belgilarni o‘zgartirish imkonini beradi. formatlashtirishni o‘zgartirish uchun shuningdek formatlashtirish uskunalar panelining tugmalari xam xizmat kiladilar.



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin