5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



Yüklə 254,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/26
tarix07.01.2024
ölçüsü254,33 Kb.
#204315
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja

Sindikat
- bu kartel bitimining turli-tumanligi bo‘lib, tadbirkorlar-
 
ning byurtmalarni 
kelishilgan holda taqsimlash, xom ashyoni xarid qilish yoki ishtirokchilar tomonidan ishlab 


chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir qismini (yagona sotish tarmog‘i yoki 
ishtirokchilardan bittasi orqa- li) sotish maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat 
ishtirok- chilari o‘zlarining yuridik va ishlab chiqarish mustaqilliklarini, ba’zida esa 
sindikatning sotish idorasi yoki jamiyat bilan bog‘lik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham 
saqlab qoladilar .Bunda tijorat mustaqilligi qisman yo‘qoladi. Sindikat, qoidaga ko‘ra, 
ommaviy talab tovarlari, xususan ko‘mir, po‘lat, neft, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k 
ni sotish bilan shug‘ullana- di. Sindiqat raqobot, hamda bozorni xududiy taqsimlanishini 
vaqtinchalik yumshatish yoki bartaraf qilish vositasi bo‘ladi. Sindikat bitimining asosiy 
bandlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmi, narxlarni belgilash, mahsulotning 
sifati va navlari. 
Trest 
- bu birlashmada har xil korxonalar, o‘zlarining yuridik va xo‘jalik 
mustaqilliklarini yo‘kotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga birlashadilar. 
Trestda korxonalar xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlari birlashtiriladi. Trest ishlab 
chikarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan ajralib turadi. Bu shakl 
kombinasiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom ashyoni izchil ishlab chiqarishni 
tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi barcha korxonalar yagona operativ 
boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh kompaniyaga bo‘ysunadilar. 
Konsern
- bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi) 
birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab 
chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida bog‘lanadilar. Birlashgan korxonalar 
aksiyadorlik jamiyati yoki o‘rtoklik shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib qoladi. Konsern o‘ziga 
kiruvchi kompaniyalar faoliyatini to‘liq nazorat qiladi. 
Konsorsium
- bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi qarzlarni 
birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operasiyalari, investision loyihalarni 
amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir. 

Yüklə 254,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin