5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar



Yüklə 254,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/26
tarix07.01.2024
ölçüsü254,33 Kb.
#204315
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja

5.5 Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.
Tashkilotlarning yangi turlari. 

Keyingi yillarda tashkilotlarni faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon 


tendensiyalari kuzatilmoqda. 
Ularda eng muhimi- bu iyerarxiyaning ahamiyatini tubdan pasayishi, qat’iy (vertikal) 
tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta’riflanuvchi 
yumshoqroq, o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o‘tishdir. O‘zini o‘zi tashkil 
qilishning xududiy, gorizontal tizimi, o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘zini o‘zi boshqarish va, 
shunga ko‘ra gorizontal bo‘yicha menejmentning ustivorligi mavjuddir. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlanishi va o‘zini o‘zi tashkil qilishning 
tubdan yangi sharoitlari yumshoq tizimlarnng o‘zini o‘zi rivojlantirishi jarayonlarini ba’zi 
bir jadallashuvini va o‘tgan yillarda vujudga kelgan qat’iy(iyerarxik) va 
egiluvchan(dasturiy–maqsadiy) 
tuzilmalar 
va 
tashkilotlarni 
“yumshatilishini” 
“ko‘zg‘atdi”, shunday bo‘lsa ham gorizontal tuzilmalar va tashkilotlar amaliyotida hali 
g‘oyatda kamroq qo‘llaniladilar, buni ularning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi(yuqoridan 
tartibga solinmaydigan) boshlanishi bilan izohlash mumkin. Kelajakda, balki, ular 
O‘zbekiston iqtisodiyotida ham ustivor bo‘lsalar kerak. 
Keyingi yillarda tashkilotlarning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tizimlar sifatidagi 
chegaralarining shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarini amalda aniqlash mumkin 
bo‘lmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronik nomutanosibligini
yaratadi, chunki resurslar tizimining ichiga va tashqarisiga oqadilar va shuning bilan 
tizimning tebrangichini muvozanatdan chiqaradilar. 
Shuning bilan bir vaqtda zamonaviy tashkilotlarning shaffofligi, ochiqligi quyidagilarga 
yordam beradi: 
-
salohiyatli investorlar va ishga doir sheriklarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish; 
-
zamonaviy ilg‘or ishlab chiqarish, tijorat va axborot texnolo- giyalarini tarqalishi va 
tezroq o‘zlashtirilishi, ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlari va ilg‘or tajribadan foydalanish; 
-
tashkilot xodimlarining kasbiy mahoratini oshishi; 
-
tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yilishi; 


-
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya 
qilinishi; 
-
bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati 
va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor 
qilinishi. 
Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini oshirilishiga, ular faoliyatining 
samaradorligini ko‘tarilishiga yordam beradi. 
Keyingi o‘n yillar yana jamiyatni axborotlashganligini oshganligi bilan ham ta’riflanadilar.
Bu tashkilotlarni yakkalanib qolishini buzib yubordi, ulardan bu sifatni(mexanik, 
korporativ) ta’minlovchi tuzilmalaridan foydalanadiganlarini kamroq samaraliroq qilib 
qo‘ydi. Shuning bilan bir vaqtda axboratlashtirish tashqi muhit o‘zgarishlarini hushyorlik 
bilan his qiluvchi, iste’molchilar so‘rovlariga jadallik bilan javob qaytaruvchi 
tashkilotlarni tashkil bo‘lishiga ko‘maklashdi. Ishlab chiqaruvchini iste’molchi bilan ancha 
yaqinlashuvi buning muhim oqibatlaridan biri bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatda, ishlab 
chiqaruvchini iste’molchi talablaridagi o‘zgarishlarga jadallik bilan javob qaytarishga 
majbur qildi, ko‘proq darajada tashkilot tuzilmasini belgilab bera boshladi. Vujudga 
kelayotgan sharoitlardagi raqobat kurashida o‘z tashkilotini axborotli jamiyat tomonidan 
shakllantirilayotgan, tashqi muhitning yangi talablariga yaxshiroq moslashtira 
olaganlargina g‘alaba qozonishi mumkin. 
Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar keyingi vaqtlarda shakllanayotgan tashkilotlarning 
yangi turlarida aniq nomoyon bo‘lishlari mumkin, ularga edxokratik, ko‘po‘lchamli,
partisipativ, tadbirkorlik tashkilotlari va bozorga qaratilgan tashkilotni kiritish mumkin. 

Yüklə 254,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin