partisipativli tashkilotlar deb
ataluvchilarni boshqalardan tubdan farq qildiradi.
Partisipativli tashkilotning asosida yotuvchi barcha darajadagi xodimlarni boshqaruvda
ishtirok etish quyidagilarni ko‘zda tutadi:
-
qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish;
-
maqsadlarni belgilashda ishtirok etish;
-
muammolarni hal qilishda ishtirok etish;
Boshqaruvda ishtirok etishning quyidagi darajalari ajratiladi:
-
takliflarni ilgari surish;
-
qarorlarning muqobil loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
-
yakuniy qarorlarni tanlash.
Haqiqiy amaliyotda partisipativ boshqaruvni amalga oshirishning bu barcha
darajalari(yo‘lanishlari)dan odatda ma’lum kombinasiyalarda foydalaniladi, chunki ular
bir birlari bilan yaqindan bog‘langandirlar va bir birlarini to‘ldiradilar, bir birlari bilan
kombinasiyalarda o‘zlarini samarali nomoyon qilishlari mumkin.
Birinchi daraja– takliflarni ilgari surish – an’anaviy tashkilotga tarkibiy va boshqa
o‘zgartirishlarni kiritishni talab qilmaydi va u rahbar tomonidan amalga oshirilishi
mumkin. Bunday yondashuv markazlashtirilgan rahbarlikka ega korxonalarda keng
qo‘llanishi mumkin.
Ikkinchi daraja- muqobillarni ishlab chiqish – tashkilotda bu vazifani samarali yechishi
mumkin bo‘lgan maxsus tuzilmalarni paydo bo‘lishini talab qiladi. Amaliyotda bu
vaqtinchalik yoki doimiy qo‘mitalar yoki komissiyalarni tashkil etilishida o‘z aksini
topadi, ularga ushbu ishni bajarish topshiriladi.
Uchinchi daraja - muqobillarni tanlash - boshqaruvda ishtirok etish ilmiy-texnik, texnik-
iqtisodiy va boshqaruvchi xarakteridagi maxsus kengashlari ishi shaklida amalga
oshirilishini ko‘zda tutadi. Ularning qarorlari ko‘pincha qoshida ular tashkil qilingan
rahbarlar uchun majburiy bo‘ladilar. Bu kengashlar tarkibiga, qoidaga ko‘ra, tashkilot
iyerarxiyasining pastroq darajasidagi, rahbar darajasidan keyinroq keluvchi shaxslar
kiradilar.