Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy mahsulotni
olish uchun kombinasiyalash va foydalanish usullarini o‘z
ichiga oluvchi texnoligiya
menejment tomonidan eng diqqatli e’tiborning predmeti bo‘ladi. Boshkaruv
texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal
qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg‘orroq texnologiyalarni paydo bo‘lishi
munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari
yetarlicha murakkabroq va
ahamiyatliroq bo‘lib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy
va g‘oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Shuning bilan bir vaqtda ular
tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib kelishi,
uning tashkiliy tuzilmasini
buzib yuborishi, xodimllardagi motivasiyani yo‘qqa chiqarishi mumkin.
5.2- rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o‘zgaruvchanlari.
Xodimlar
har qanday tashkilotning asosi bo‘ladilar Odamlarsiz tashkilot yo‘q.
Tashkilot faqat unda odamlar bo‘lgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar
tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki muhitini
shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bog‘likdir. Shuning munosabati bilan
tashkilotdagi odamlar menejment uchun “birinchi sonli predmet” bo‘ladilar.
Tashkiliy madaniyat
-bu tashkilot a’zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim
boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig‘indisidir.Tashkilotning hamma yoqqa
kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo‘lgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham
uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tashkiliy
madaniyat quyidagi
tashkil qiluvchilardan vujudga keladi:
tashkilotni mavjud bo‘lishining ma’nosini va uning xodimlar va mijozlarga
munosabatini beruvchi falsafa;
tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud bo‘lish
maqsadlariga yoki ushbu
maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo‘lgan ustivor qadriyatlar;
tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar
tomoyillarini belgilab beruvchi hulq me’yorlari;
tashkilotda “o‘yin” olib boriladigan qoidalar;
tashkilotda mavjud bo‘luvchi va tashkilotda kanday
atmosfera mavjudligi va
tashkilot a’zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o‘zaro hamkorlik qilishlarida
nomoyon bo‘luvchi muhit;
tashkilotda ma’lum tadbirlarni o‘tkazish, ma’lum ifodalar, belgilar va h.k.dan
foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf- odatlar.
Dostları ilə paylaş: