Yuridik shaxslar birlashmalari (assosiyasiyalar, uyushmalar). Tijorat tashkilotlari
o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, hamda umumiy mulkiy
manfaatlarini taqdim etish va himoyalash maqsadida o‘zaro shartnoma bo‘yicha notijorat
tashkilotlari bo‘lgan assosiyasiyalar yoki uyushmalar ko‘rinishidagi birlashmalarni tashkil
qilishlari mumkin. Bunda qandaydir vazifalarni birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni
muvofiqlashuvi va muvofiq o‘zaro harakati va tashkilotlar faoliyatini taqsimlanishi
ta’minlanishi kerak.
Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, ixtiyoriy ravishda
bu tashkilotlarning notijorat assosiasiyalari (uyushmalari)ga birlashishlari mumkin.
Assosiasiya (uyushma) a’zolari o‘zlarining mustaqilliklari va yuridik shaxs
huquqlarini saqlab qoladilar Assosiasiya a’zolari uning majburiyat- lari bo‘yicha
assosiyasiyaning ta’sis hujjatlarida ko‘zga tutilgan miqdor va tartibda subsidiyali
javobgarlikka egalar.
Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ta’siri
ostida tashkilotlarni integrasiyalashuvining yangi shakllari paydo bo‘ladilar, ular
tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshiradilar va ularni inqirozli holatdan chiqishiga
ko‘maklashadilar. Bunday tashkilotlar –birlashmalar maqsadlari, ishtirokchilar o‘rtasidagi
xo‘jalik munosabatlarining xarakteri, ularga kiruvchi tashkilotlarning mustaqiligi
darajasiga ko‘ra farqlanadilar. Ularga kartellar, sindikatlar, pullar, trestlar, konsernlar,
kontsorsiumlar, sanoat xoldinglari, moliyaviy guruhlar kiradilar.
Kartel - bu, qoidaga ko‘ra, bitta soha firmalarini birlashishi , ular ko‘proq
birgalikdagi tijorat faoliyati- sotishni tartibga solishga tegishli bo‘lgan bitimga kiradilar.
Amalda kartel odatda tovarlarning navlari, ularni ishlab chiqarish hajmlarini belgilagan
holda, bu faoliyat doirasidan tashqariga chiqadi. Kartel uchun ishtirokchilarning o‘z
tashkilotlaridagi mulkchilik huquqlarini saqlanib qolishi va shuning bilan ta’minlanadigan
xo‘jalik va yuridik mustaqillik, mahsulotlarni sotish bo‘yicha birgalikdagi faoliyat xosdir,
keyingisi ularning ishlab chiqarishlariga ham cheklangan darajada tarqalishi mumkin.
Kartelning ichidagi raqobatni cheklanishi yirik ishtirokchilarga kichik firmalarga o‘z
shartlarini o‘tkazishga va shuning bilan bir vaqtda keyingilarni tashqaridan bo‘ladigan
raqobatdan himoyalashga imkon beradi. Ammo kartelda o‘rnatilgan muvozanat, qoidaga
ko‘ra, uzoq muddatli va mustahkam bo‘lmaydi. Raqobatning ta’siri ostida kartellar biroz
vaqtdan keyin yangitdan, ko‘pincha kengroq xalqaro asosda vujudga kelish uchun tarqalib
ketadilar. Kartel bitimining mazmuniga ko‘ra kartellar qo‘yidagilarga bo‘linadilar:
- kondision, tovarlarni sotish sifatlarini belgilab beruvchilar;
- ishlab chiqaruvchi, har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning hajmi (kvotasi )ni
belgilovchilar;
- mintaqaviy, sotish xududlarini belgilovchilar;
- narxli, ishtirokchilar uchun tovarni sotish narxini belgilovchilar;
- patentli, qandaydir texnik kashfiyotdan birgalikda foydalanish yo‘nalishlari yoki
foydalanmaslikni belgilab beruvchilar;
- foydani taqsimlash bo‘yicha kartellar.