Egasi (yoki egalarning tor guruhi)ni firmaning muvaffiqiyatidan manfaatdorligi va
amalda rasmiyatchilik va byurokratizmni yo‘qligida (barcha narsani xo‘jayinning o‘zi hal
qiladi) yakka shaxsli kompaniyalar va o‘rtoqliklar kichik firmani tashkilotlarning ideal turi
qilganlar. Hozirgi vaqtga qadar rivojlangan kapitalistik mamlakatlar firmalarining umumiy
sonidan 4.3 qismiga yaqini xuddi shu asosda harakat qiladilar.
Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash qabul qilingan:
xo‘jalik faoliyatining turi va xarakteri (sanoat,
transport, sug‘urta, savdo,
injiniring,sayyohlik va boshqalar);
huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi);
mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ);
faoliyat sohasi;
Firmalarni har xil alomatlar bilan tasniflash aniq firmani o‘rganish natijasida tashkiliy-
huquqiy shakli, uning iste’mol bozoridagi holati, firma ichidagi munosabatlar, faoliyatning
xarakteri va ko‘lamlari haqida to‘liq tassavvur olish imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarni barqaror va samarali faoliyat yuritishlari
uchun hammadan avval ularni boshqarish tizimining huquqiy ta’minlanishi yaratilgan. Gap
shundaki, har bir tashkilot yuqoriroq darajadagi tizim- mintaqa, soha, mamlakat, qo‘shma
tashkilot esa- jahon hamjamiyatning tuzilmasi bo‘ladi.
Tashkilotlar aniq tashkiliy–huquqiy sherikliklarining ba’zi
bir xususiyatlari, ularni
tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: