faoliyat yuritish va uni rivojla- nishini ta’minlashga qaratilgan
elementlarning tartibga
solingan yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.
Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi katta turli-tumanligi bilan
ajralib turadi va qo‘yidagi omillar bilan belgilanadi:
tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab chiqariladigan va
sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnolo- gik, texnik jihozlarinishi);
tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining o‘lchamlari (hajmlari) bilan;
boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat)ning iyerarxik
tuzilishiga mosligi bilan;
boshqaruvning tashkil qilish shakli bilan ;
tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markazlash-
tirilmagan shakllari
o‘rtasidagi munosabat bilan ;
boshqaruvning sohaviy va xududiy shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan (mahsulot,
mintaqa bo‘yicha);
xodimlar malakasining darajasi bilan;
tashkilotning strategiyasi bilan;
tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan;
maqsulotning ta’minoti va sotilishini tashkil qilinishi bilan;
tashkilotni geografik joylashishi bilan va h.k.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi talablarni
ko‘yish kerak:
mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish jarayoni, boshkaruv tuzilmasini faoliyat
yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik , uzliksizlik , parallellik,
bir maromdalik
talablariga mos kelishi kerak;
tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi kerak;
tuzilma elementlari (bo‘linmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal faoliyat
yuritishi uchun yetarlicha bo‘lishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar o‘rtasidagi
gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday bo‘ladi. Gorizontal
aloqalar norasmiy
munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradilar va ko‘nikmalarni uzatishga
ko‘maklashadilar, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini bajarish
bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashishini ta’minlaydilar. Aloqalar sonini kamayishi tizimni
faoliyat yuritishining berqarorligi va operativligini oshishiga olib keladi;
tashkiliy tuzilma egiluvchan, qat’iy aloqalarning
eng kam miqdoriga ega, sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlar , ya’ni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish zaruriyatiga
muvofiq tez yo‘lga qo‘yishga qodir bo‘lishi kerak. Tizimning ixchamligi uni bozor
talablariga tez moslashishining talablaridan biri bo‘ladi:
tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda bo‘lishi kerak, buning uchun boshqaruv darajalari
miqdorini , tashkilot tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar sonini qisqartirish,
ishlab
chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur;
tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani tadbiq etishga
ko‘maklashishi kerak;
tizim elementlari o‘rtasidagi, hamda tizim va atrof muhit o‘rtasidagi kommunikasiyalar
aniq bo‘lishlari kerak ;
tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini
ta’minlashi kerak;
tashkiliy tizilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini ta’minlash
kerak.
Tashkiliy tuzilmalarni qo‘rish uchun tashkilotlarni boshqarish tizimidagi tizimchalar,
idoralar
va xodimlarning hukmronligi, bo‘ysundirishning vertikal nisbatlarini aks
ettiruvchi iyerarxiyalik tamoyili muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: