5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


Shoʻba va bog‘liq jamiyatlar



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
5-¼áóºÒ

Shoʻba va bog‘liq jamiyatlar. Xo‘jalik jamiyati, agar boshqa(asosiy) xo‘jalik 
jamiyati yoki o‘rtoqlik uning nizom sarmoyasidagi ustivor ishtiroki sababli yoki ular 
orasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqa tartibda bunday jamiyat tomonidan 
qabul qilinadigan qarorni belgilab berish imkoniyatiga ega bo‘lsa, shoʻba jamiyat deb tan 
olinadi. 
Shoʻba jamiyat asosiy jamiyat (o‘rtoqlik)ning qarzlari bo‘yicha javob bermaydi. 
Shoʻba jamiyatiga uning uchun majburiy bo‘lgan qo‘rsatmani, shu jumladan uning 
bilan shartnoma bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga ega asosiy jamiyat (o‘rtoqlik)
keyingi tomonidan bu ko‘rsatmani ijro etish uchun tuzilgan bitimlar bo‘yicha shoʻba 
jamiyat bilan birgalikda javob beradi. 
Shoʻba jamiyatining ishtirokchilari(aksiyadorlari), agarda xo‘jalik jamiyatlari 
haqidagi qonunda boshqa narsa qo‘zda tutilmagan bo‘lsa, asosiy jamiyat (o‘rtoqlik)dan 


uning aybi bilan shoʻba jamiyatga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga 
egalar. 
Ishlab chiqarish kooperativi (arteli) - fuqarolarning o‘zlarning shaxsiy mahnatlari 
va boshqa ishtiroklariga asoslangan birgalikdagi ishlab chiqarish va boshqa xo‘jalik 
faoliyati (sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish, 
ishlarini bajarish, savdo, maishiy xizmatlar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish) uchun a’zolik 
va uning a’zolari(ishtirokchilari)ning mulkiy payli badallarini birlash- tirish asosidagi 
ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlari 
tomonidan uning faoliyatida yuridik shaxslarni ham ishtiroq etishi ko‘zda tutilishi mumkin. 
Ishlab chiqarish kooperativi tijorat tashkiloti bo‘ladi. 
Kooperativning firma nomi uning nomi va “ishlab chiqarish kooperativi” yoki 
“arteli” so‘ziga ega bo‘lishi kerak. 
Kooperativning ta’sis hujjati uning a’zolari umumiy majlisi tomonidan tasdiqlangan 
nizomidan iborat bo‘ladi. 
Kooperativ a’zolarining soni beshtadan kam bo‘lmasligi kerak. 
Kooperativ boshqaruvining yuqori idorasi uning a’zolarining umumiy majlisidan 
iborat bo‘ladi. 
Ellik nafardan ortiq a’zosiga ega kooperativda 
i
kuzatuv kengashi tashkil qilinishi 
mumkin, u kooperativ ijroiya idoralari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
Boshqaruv va(yoki) uning raisi kooperativning ijroiya idoralari bo‘ladilar. Ular 
kooperativ faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradilar va kuzatuv kengashi va 
kooperativ a’zolarining umumiy majlisiga hisobot beradilar. 
Faqat kooperativ a’zolari kooperativning kuzatuv kengashi va boshqaruvining 
a’zolari, hamda kooperativ raisi bo‘lishlari mumkin. Kooperativ a’zosi bir vaqtda kuzatuv 
kengashi a’zosi va boshqaruv a’zosi yoki kooperativ raisi bo‘lishi mumkin emas. 
Kooperativ boshqaruv idoralarining huquq doirasi va ular tomonidan qarorlarni 
qabul qilish tartibi qonun va kooperativning nizomi tomonidan belgilab beriladi. 
Kooperativ a’zolari umumiy majlisining mutloq huquq doirasiga qo‘yidagilar kiradi: 

nizomni o‘zgartirish; 

kuzatuv kengashini tashkil qilish va uning a’zolari vakolatlarini tugatish, hamda 
agar bu huquq nizom bo‘yicha uning kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo‘lsa, 
kooperativ ijroiya idoralarini tashkil qilish va vakolatini tugatish; 

kooperativ a’zoligiga qabul qilish va undan chiqarish; 

kooperativning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va uning 
foyda va zararlarini taqsimlash; 

kooperativni qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi qarorni qabul qilish. 
Ishlab chiqarish kooperativlari haqidagi qonun va kooperativ nizomi tomonidan 
umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal qilish ham 
kiritilishi mumkin. 
Kooperativning umumiy majlisi va kuzatuv kengashining mutloq huquq doirasiga 
kiritilgan masalalar ular tomonidan kooperativning ijroiya idoralariga hal qilish uchun 
topshirilishi mumkin emas. 
Kooperativ a’zosi umumiy majlis tomonidan qarorlar qabul qilishda bitta ovozga ega 
bo‘ladi. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin