5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


Tashkilotning ichki va tashqi muhiti



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
5-¼áóºÒ

5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti 
Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi ma’lum bir muhitda(ichki va 
tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yo‘l 
qo‘ygan holdagina bo‘lishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati 
va faoliyati– uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta’siri 
natijasidir. 
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining man’basi bo‘ladi. U o‘z ichiga 
tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma’lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va 
yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha 
faoliyat yuritishini ta’minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi 
bo‘lishi mumkin. 
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog‘lanishidan 
iborat bo‘ladi. -tashkiliy tuzilma; 
-tashkilot ichidagi jarayonlar; 
-texnologiya; 
-xodimlar; 
-tashkiliy madaniyat. 
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi alohida bo‘linmalarning vujudga kelgan
ajratilishi, ular o‘rtasidagi aloqalar va bo‘linmalarning yagona bir butunga birlashishini aks 
ettiradi. 


Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy mahsulotni 
olish uchun kombinasiyalash va foydalanish usullarini o‘z ichiga oluvchi texnoligiya 
menejment tomonidan eng diqqatli e’tiborning predmeti bo‘ladi. Boshkaruv 
texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal 
qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg‘orroq texnologiyalarni paydo bo‘lishi 
munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari yetarlicha murakkabroq va 
ahamiyatliroq bo‘lib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy 
va g‘oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Shuning bilan bir vaqtda ular 
tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini 
buzib yuborishi, xodimllardagi motivasiyani yo‘qqa chiqarishi mumkin. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin