5.3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari Mehnatni taqsimlanishi tashkilotning eng muhim ta’riflari bo‘ladi.
Hatto agar ikkita kishi bir maqsadga erishish uchun birgalikda ishlayotgan bo‘lsalar ham,
ular o‘zaro mehnatni taqsimlashlari kerak. Ishni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarga bunday
taqsimlanishi mehnatni gorizontal bo‘linishi deb ataladi. Ishning katta hajmini kichikroq
ixtisos- lashtirilgan vazifalarga taqsimlash odamlarning ushbu miqdori mustaqil
ishlaganlariga qaraganda ancha ko‘proq mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga imkon
beradi, ya’ni mehnatning kattaroq unumdorligini beradi. Kichikroq tashkilotlarda
mehnatni gorizontal taqsimlanishi ancha kuchsizroq kuzatiladi. Masalan, umumiy
ovqatlantirish korxonalarining bir vaqtda boshqaruvchilari ham bo‘lgan egalari, ovqat
tayyorlashlari va keluvchilarga xizmat ko‘rsatishlari mumkin. Yirik va o‘rtacha tashkilotlarda gorizontal taksimlanish yetarlicha aniq kuzatiladi. U
o‘ziga xos vazifalarni bajaruvchi va aniq maqsadlarga erishuvchi bo‘linmalarni tashkil
qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ular bo‘limlar, xizmatlar, sektorlar va h.k. deb
ataladilar. Tashkilot kabi, uning bir qismi bo‘lgan bo‘linmalar ham odamlar guruhidan
tashkil topadilar va bu odamlar faoliyatini umumiy maqsadlarga erishish uchun muvofiq-
lashtirish kerak. Buning uchun muhnatni vertikal taqsimlanishi kerak, bunda bitta
bo‘linma rahbari boshqa bo‘linmalar rahbarlarining ishini muvofiklashtiradi, ular ham, o‘z
navbatida, keyingi bo‘linmalar rahbarlarinig ishini muvofiqlashtiradilar. Mehnatni bunday
vertikal taqsimlash natijasida boshqaruv bosqichlari tashkil bo‘ladilar.
Demak, tashkilotda mehnat taqsimotining ikkita ichki uzviy shakllari mavjud.
Birinchisi – bu mehnatni umumiy faoliyatning qismlarini tashkil qiluvchi tarkibiy
qismlarga taqsimlash, ya’ni gorizontal taqsimot, ikkinchisi– harakatlarni muvofiqlashtirish
bo‘yicha ish, ya’ni vertikal taqsimot. Bu harakatlarni muvofiklashtirish bo‘yicha faoliyat
boshqaruv- ning mohiyatini tashkil qiladi.
Tashkilotni rivojlanishi jarayoni, uning faoliyatini turkumlash- tirish oltita
bosqichdan tashkil topadi.