5-MAVZU. TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH
Reja:
5.1.Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
5.3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari
5.4. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar
5.5.Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.
5.6.Tashkilotni
strategik boshqarish
Tayanch iboralar: tashkilot, ichki va tashqi muhit, strategiya, tashkiliy tuzilma,
samaradorlik, gurux, moddiy va moliyaviy resurslar
5.1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko‘pchilik
kishilar o‘zlarining butun ongli hayotlari davomida o‘zlari a’zosi bo‘lgan yoki ular bilan
aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog‘langandirlar.
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob
berishi kerak:
juda bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita
shaxsni
mavjud bo‘lishi;
juda bo‘lmaganda guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul
qilingan bitta maqsadni mavjud bo‘lishi;
maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarini
mavjud bo‘lishi.
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim
sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga
yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga
oshiradi:
-tashqi muhitdan
resurslarni olish;
-mahsulotni ishlab chiqarish;
-uni tashqi muhitga topshirish.
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning
muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o‘rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur.
Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida
quyidagilardan tashkil topgan sinergetik
(hamkorlikdagi harakatning)
samarasi yotadi. Tashkilotning yagona bir butun sifatidagi
salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari, salohiyatlari va va imkoniyatlari
summasidan oshib ketadi, bu ularning o‘zaro bir birlarini qo‘llab quvvatlashlari va o‘zaro
to‘ldirishlari bilan asoslanadi. Shunday qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning a’zolari
uchun
haqiqiy yutuq mavjud, u ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan
yo‘qotishlarni qoplaydi.
Bunda sinergetik samara hammadan avval quyidagilar hisobga tashkil bo‘ladi:
- xodimlar va bo‘linmalar mehnatini taqsimlanishi va ixtisoslashishi;
- tashkiliy korporativ madaniyatni shakllanishi;
- xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan
yaxshiroq
foydalanish;
- birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va ular
bilan manerv qilish;
- har bilan kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish joyi
va lavozimni tanlab olish, ulardan har birining bilimlari va kasbiy ko‘nikmalaridan
yaxshiroq foydalanish;
- har xil odamlarnnig tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot (bo‘linma)da
birlashtirish va h.k.
Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati bo‘ladi, u ichki jarayonlarning ba’zi bir
yopiqligida
aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi chegaralarni
mavjudligi ta’minlaydi. Bu chegaralar “shaffof” yoki “noshaffof” devorlar ko‘rinishidagi
materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli xildagi yozma buyruqlar va
cheklashlarga asoslangan “ideal” bo‘lishlari mumkin.
Tashkilot faoliyatini
o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili asosida amalga oshirish uning
muhim alomati bo‘ladi, u qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud qonunchilik
doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga
oshirish imkoniyatini
ko‘zda tutadi.
“O‘zini o‘zi boshqarish” atamasi o‘zini o‘zi boshqarishning mustaqilligi
va shaxsiy atamashunosligini aks ettiradi. Tashkilotlarning o‘zini o‘zi boshqarishi asosida
ularning iqtisodiy va boshqa manfaatlari yotadi.
Birinchi bosqich – tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy
vazifalar – bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko‘proq foyda olishdir.
Ikkinchi bosqich – tashkilotning o‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi – qisqa
muddatli foyda va jadal o‘sish. Asosiy vazifa – bozorning bir qismini qamrab olish.
Uchinchi bosqich – tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo‘nalishlar
bo‘yicha samaradorlikni oshishidan iborat bo‘ladi. Eng
muhim vazifa - korxonaning
obro‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda o‘zgartirishlar kiritishni
talab qiladi.
To‘rtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni qisqarishi
natijasida tashkilot o‘z mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. Tashkilotning asosiy
maqsadi mavjud o‘rinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir.