5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


biznesning strategik birligi - ( BSB )



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
5-¼áóºÒ

biznesning strategik birligi - ( BSB ) deb ataluvchi ajratiladi. Bu bozorning bir yoki bir 
necha segmentlardagi strategiyani ishlab chiqish va ba’zida esa amalga oshirish uchun 
javob beruvchi firma ichidagi tashkiliy birliklardir. Ushbu ish kompaniya mahsulotlari 
portfelini tahlil qilish, keyin bozorni segmentlarga bo‘lish, tovarlarni pozisiyalarga 
joylashtirishdan boshlanadi. BSB ba’zan ishlab chiqarish birliklaridan farqlanadilar, ular 
ham bir va ham o‘xshash ehtiyojlarini qonoatlantiruvchi bir necha mahsulotlarni qamrab 
olishlari mumkin. Kompaniyalar ko‘pincha xo‘jalik bo‘linmalari ko‘rinishidagi BSBni 
tashkiliy rasmiylashtirish- lari mumkin. 
Keyin quyidagi masalalarni hal qilishga qaratiladigan strategiya bajarilishi kerak:

nisbiy mazmun tashkilot amalga oshiradigan strategiyaga mos kelishi uchun ma’muriy 
vazifalar orasidagi ustivorlikni belgilash; 

korxona faoliyatini strategiyani bajarishga qaratish uchun tanlangan strategiya va 
tashkilot ichidagi jarayonlar orasidagi moslikni belgilash; 

etakchilik uslubi va tashkilotni boshqarishga yondoshuvni tanlash va uni amalga 
oshirilayotgan strategiya bilan moslikka keltirish. 
Bu vazifalar strategik deb ataluvchi o‘zgarishlar vositasida hal qilinadilar. 
O‘zgarishning zarurligi va darajasini belgilab beruvchi asosiy omillar holatiga (soha, 
tashkilot, mahsulot, bozorning holatiga) ko‘ra o‘zgarishlarning to‘rtta turini ajratish 
mumkin: 


- tashilotni qayta qurish- tashkilotning missiyasi va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
asosli o‘zgarishlarni ko‘zda tutadi. Tashkilot o‘zining sohasi va shunga ko‘ra mahsuloti va 
bozordagi o‘rni o‘zgartirilganda vuju- ga keladi. Bunda yangi tashkiliy madaniyat 
yaratiladi, texnoligik soha va ishchi kuchlari bozorida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; 
- tashkilotni keskin o‘zgartirilishi- agar tashkilot sohasini o‘zgartirmasayu, amma unda 
keskin o‘zgarishlar (madaniyatlarni birlashishi, yangi mahsulotlar va bozorlarni 
o‘zlashtirish) sodir bo‘lsa, u strategiyani bajarish bosqichida o‘tkaziladi va tashkilot 
ichidagi o‘zgarishlarni talab qiladi; 
- o‘rtacha o‘zgarish tashkilot yangi mahsulot bilan bozorga chiqqan va unga xaridorlarni 
jalb qilgan vaqtida amalga oshiriladi. Bunda o‘zgarishlar ishlab chiqarish jarayoni va 
marketingga tegishli bo‘ladi; 
- odatdagi o‘zgarishlar- tashkilot mahsulotiga shoʻbaiqishni qo‘llab quvvatlash 
maqsadida marketing sohasida o‘zgarishlar o‘tkazish bilan bog‘liq. 
Tashkilotni o‘zgarmasdan faoliyat yuritishi u bittagina stategiyani o‘zgartirmasdan amalga 
oshiralayotgan vaqtda sodir bo‘ladi. 
Resurslarni jalb qilish jarayoni resurslarni samarali taqsimlash bilan bir qatorda 
sarmoyalarni kelib tushish manbalarini baholash va ularni saqlab qolishni ham ko‘zda 
tutadi. 
Strategik boshqaruvda asosiy rol tashkilotning rahbariyatiga, hammadan avval uning 
yuqori darajasiga tegishli bo‘ladi, u nafaqat uning strategiyasini belgilashi, balki tashkilot 
resurslarini safarbar qilgan holda, kerakli o‘zgarishlarni o‘tkazishi kerak. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin