5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
5-¼áóºÒ

Virtual korporasiya- eng yangi tashkiliy shakllardan biri bo‘lib, vaqtinchalik 
asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan o‘zaro 
foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 
birlashtirilgan mustaqil kompaniyalar(etkazib beruvchilar, buyurtmachilar va hattoki sobiq 
raqiblar)ning tarmog‘idan iborat bo‘ladi. Virtual korporasiyaning texnologik poydevorini 
axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular “elektron” aloqalarda birlashish va epchil 
shakllikni amalga oshirishga yordam beradi. 
Xo‘jalik tashkilotlari bo‘lmagan yuridik shaxslar xo‘jalik faoliyati bilan faqat 
o‘zlarining nizom vazifalarini bajarilishini ta’minlash uchungina shug‘ulanishlari mumkin. 
Ular xo‘jalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot kooperativlari, hayriya 
yoki qonunchilikda ko‘zga tutilgan boshqa jamg‘armalar shaklida mavjud bo‘ladilar. 
Bunday yuridik shaxs bo‘lgan institusional birliklarga hammadan avval 
korporasiyalar va kvazikorporasiyalar kiradilar. Korporasiyalarning asosiy alomatlari 
quyidagilar: 

qonunga muvofiq boshqa institusional birliklardan mustaqil bo‘lgan korxonalar 
yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;

mustaqil yuridik shaxs bo‘ladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat 
registri (YADR) da ro‘yxatdan o‘tkaziladi; 

faoliyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat

aksiyalar egalarining jamoaviy mulkida bo‘ladi; 

xo‘jalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aksiyadorlarga tegishli bo‘ladi 
va ular tomonidan xarid qilingan qog‘ozlar qiymatiga mutonosib ravishda taqsimlanadi; 

tugatilish holida aksiyadorlar mulkning qarzlar to‘lagandan keyin qolgan ulushini 
olish huquqiga egalar; 

rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi

aksiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin; 

oraliq emas, balki yakuniy iste’molchi sifatida bo‘ladi; 

shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni to‘lash uchun 
qonun oldida javobgarlikka ega bo‘ladi; 

korporasiya tomonidan xalq iste’moli tovarlarini xarid qilinishi natura shaklidagi 
ish haqi sifatida bo‘ladi. 
Korporasiyalar oilasi (aksiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat korporasiyalar 
tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki ko‘pgina institusional birliklardan iborat bo‘ladilar. 
Konglomerat-korporasiyalar tarkibida aksiyadorlarning nazorat paketlariga egalik 
qiluvchi yoki bosh siyosatga ta’sir qilishning mutloq huquqlariga ega ona korporasiyalar 
ajralib turadilar. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin