5-mavzu. Uyg‘onish davridan boshlab tabiat fanlari taraqqiyoti Reja


K. Linneying sistemasi va dunyoqarashi



Yüklə 54,35 Kb.
səhifə2/8
tarix26.12.2023
ölçüsü54,35 Kb.
#197692
1   2   3   4   5   6   7   8
5-MAVZU. Uyg\'onish davridan boshlab tabiat fanlari taraqqiyoti (1)

K. Linneying sistemasi va dunyoqarashi
Mashhur Shved tabiashunosi Karl Linney (1707-1778) sun’iy sistemaning avtori hisoblanadi. U o‘zining 1735 yilda “O‘simlik turlari” asarlarida butun tabiatni 3 ta gruppaga: minerallar, o‘simliklar va hayvonlarga bo‘lgan. U o‘simlik va hayvonlarni sinf, tartib, avlod, tur va variatsiya sistematik kategoriyalarga bo‘lgan. U o‘z ilmiy faoliyatida hamma tushuna oladigan sistema yaratishga intildi.
Linney sistematikasida binar nomenklaturani, ya’ni hayvon va o‘simliklarni qo‘sh nom bilan atashni joriy etdi.
Masalan: Fasciola hepatica, F. gigantia, F. inglica.
Bunda Fasciola avlodni, hepatica turni nomini bildiradi. Linney o‘simliklarni 24 sinfga bo‘lgan. U gulli o‘simliklarni sistemaga solishga generativ organlarni asos qilib oldi. 13 ta sinfga changchilarni soniga qarab ajratdi. 14-15 sinflar changchilarni uzunligi, 16-20 sinflar changchilarni o‘zaro qo‘shilganligi, 21-23 sinflar o‘simlik gul uyalari, 24-sinf yashirin nikohlilar deb atadi.
Bunday ayrim belgiga qarash sistemaga solish bu hech qachon tabiiy sistema bo‘la olmaydi. Masalan: sabzi bilan smorodina 5 ta changchisi bo‘lganligi uchun 5 sinfga kiritilgan. Hozirgi sistematika bo‘yicha sabzi soyabonguldoshlar, smorodina esa toshyorardoshlar oilasiga kiradi.
Linney tabiiy sistema tuzishga urundi va o‘simliklarni 67 ta tartibga ajratdi. Sun’iy sistema Linney fikricha o‘simliklarni tanlab olishga, tabiiy sistema esa o‘simliklarni tabiatini bilishga yordam beradi.
Linney hayvonlarni ham sistemaga soldi. Bunda u hayvonlarni qon aylanish va nafas olish sistemalarini asos qilib oldi: u barcha hayvonlarni 6 ta sinfga bo‘ldi. Sutemizuvchilar, qushlar, amfibiyalar (sudralib yuruvchilar va amfibiyalar), baliqlar, hasharotlar, chuvalchanglar.
Linney hayvonlarni klassifikatsiyalashda murakkabdan oddiyga qarab bordi. Bunda chuvalchanglar sinfiga hasharotlardan tashqari barcha umurtqasiz hayvonlar kiritildi.
Linney dunyoqarashi. U o‘sha davrda hukumron bo‘lgan kreatsiodizm oqimini himoya qildi. Linney tabiat hodisalarini diniy nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qildi. Dastlab xudo har bir turdan 1 juft yaratgan, hozir ham ular o‘zgarmas deb qaradi.
Shunga qaramay Linney ijodida bir fanga ijobiy tomonlar ham bor:
1. Linney 10.000 ortiq o‘simlik va 4208 tur hayvonlarni o‘rgandi va ularni sistemaga soldi. Sistemaning bundan keyingi taraqqiyoti uchun zamin yaratdi.
2. Birinchi marta hayvon va o‘simliklarni xalqaro lotin tilda nomlashni tadbiq etdi.
3. Sistemada bir qancha sistematik kategoryalarni qo‘lladi.
4. Sistematikada binar nomenklaturani birinchi bo‘lib joriy etdi.
Linney hayotining so‘ngi yillarida o‘zi to‘plagan ko‘plab materiallar asosida tur ichida o‘zgarish bo‘lishini tur iqlim, tuproq, shamol, ozuqa va boshqa faktorlar ta’sirida paydo bo‘lishi qayd qilingan. “Tabiat sistemasi” asarining 10-nashridan boshlab “bir avlodga kiruvchi turlar dastlab bir tur bo‘lgan, keyinchalik ular chatishib, duragaylar berish orqali ko‘paygan bo‘lishi mumkin” deydi. U 4 ta turni o‘zaro o‘xshashligini ta’kidlab “ular bir vaqtlar yagona turdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin” deb tahmin qiladi.
Xulosa qilib aytganda, K.Linney tabiat fanlari rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Agar A. Navoiy turk tilida asarlar yozib turkiy xalqlarni bir qalam qilgan bo‘lsa, K.Linney binar nomenklatura va sistematik kategoryalarni biologiya fanlarida qo‘llab butun dunyo biologlarini bir qalam qildi va bir tilda so‘zlashadigan qildi.



Yüklə 54,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin