3.Epigenez va preformizm oqimlari Preformizm nazariyasi jinsiy hujayralarda embrion taraqqiyoti uchun va hosil bo‘lishi uchun kerak bo‘lgan individ uchun zarur bo‘lgan moddalar va organlar oldindan tayyor holda bo‘ladi, deb tushuntiradi. Preformizm lotincha preformo-qayta yaratmoq degan ma’noni bildiradi.
XVII-asrda Anton Levechuk mikroskopda spermatazoidni kuzatadi. Preformistlar bundan o‘z ishlarida foydalandilar. 1694 yilda Golland olimi Gartseker spermatozoidni tayyor odam sifatida ta’rifladi. Golland olimi Svammerdam XVII-asrda hasharotlar metoformozini o‘rgandi va preformizmni yoqlab chiqdi. Preformistlar ham 2 guruhga bo‘linadi.
1. Ba’zi preformistlar tayyor organizmlar spermatozoidda bo‘ladi, deydilar. Bular anemalkulistlar deyiladi.
2. Ba’zilari tayyor organizmlar tuxum hujayrada bo‘ladi, deydilar. Bular ovistlar deyiladi.
XVII-asrga kelib performizm oqim tarafdorlari “joylanish nazariyasi”ni ishlab chiqdilar. Bu nazariyaga muvofiq, dastlabki urg‘ochi individlar avlodi “joylab” qo‘yiladi.
Shvetsariyalik tabiatshunoslik Sharl Bonne (1720-1793) o‘lik va tirik tabiatni o‘ziga birlashtirgan “mavjudotlar narvoni”ni tuzdi. Bunda anorganik olam organik olam bilan almashinadi. Bonne fikricha, har qanday sistematik kategoriya shartli bo‘lib, tabiatda faqat individlar bor, xolos. U ovistlar fikrini rivojlantirib, organik formalarning embrioni Xudo tomonidan tuxum hujayrada qavat-qavat qilib yaratilgan, degan fikrni aytadi. U “joylanish nazariyasi”ni isbotlash uchun o‘zi kuzatgan partenogenez hodisani misol sifatida ko‘rsatadi.
Epigenez nazariyasiga ko‘ra, embrion taraqqiyoti davrida organizmni tashkil etuvchi organlar va qismlar urug‘langan tuxumning strukturasiz massasida asta-sekinlik bilan paydo bo‘ladi. Epigenez grekcha epi-keyin, getsezis-tug‘ilish, kelib chiqish degan ma’noni bildiradi.
Bu nazariyaning tarafdorlari va asoschilari U.Garvey (1578-1657), J.Byuffon (1707-1788), K.F.Volf (1733) 1794 va boshqalar qushlar va sutemizuvchilar tuxumdonda taraqqiy etadi. Unda tayyor organlar va organizmlar bo‘lmaydi, deb tushuntiradilar.
Epigenez nazariyasi biologiya fanlarining bundan keyingi tarqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki epigenez nazariyasi evolyutsion ta’limotning dastlabki bosqichi hisoblanadi.Epigenez bilan preformizm oqimi tarafdorlari o‘rtasidagi munozara fan tarixida ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki bu munozaralar ko‘plab tadqiqotlar olib borish kerakligini taqazo etdi.