5.3. Tishli va chervyakli uzatmalar
Tishli uzatma aylanma harakatni yaqin masofaga uzatish sonini o‘zgartirmay uzatishga imkon beradi. U etakchi va etaklanuvchi tishli g‘ildiraklardan iborat. Etakchi (odatda, kichik) tishli gildirak, ko‘pincha, shesternya deb ataladi.
Tishli g‘ildirakda quyidagi elementlarni farq qilish kerak (5.2- rasm.)
ST - tashqi aylana (tish cho‘qqilari aylanasi);
Sba - boshlang‘ich (bo‘luvchi) aylana;
Sich - ichki aylana (tish tublari aylanasi);
t - tishli g‘ildirakning qadami (qo‘shni tishlarning bir xil ismli nuqtalari orasidagi masofa, bu boshlang‘ich aylana yoyida o‘lchanadi);
s1 - tish qalinligi; s2 - tish cho‘qqisi eni;
b - tish uzunligi;
DT, Da.b Dich - tashqi, boshlang‘ich, ichki aylanalar diametrlari;
h1 - tish kallagi balandligi;
hg - tish oyog‘i balandligi;
h - tish balandligi;
z - tishli g‘ildirakning tishlari soni.
Boshlang‘ich aylana uzunligini quyidagi ikki formulada ifodalash mumkin:
Cb.a. = D b.a. va Cb.a. = t ∙ z (5.13)
Bularni taqqoslab, diametrini topish mumkin:
(5.14)
nisbati modul deb ataladi va t harfi bilan belgilanadi. Modul mm larda o‘lchanadi. GOSTda uning quyidagi qiymatlari: 1,5; 2; 2,5; 3; 4,5; 6; 8; 10 va boshqalar ko‘zda tutilgan.
Modulidan foydalanib, boshlang‘ich aylana diametrini quyidagi formuladan aniqlanadi:
(5.15)
Db.a=m z, bundan
Odatda h1=m; h2=1,25m; DT=m (z+2); Dich=m (z-2,5).
Tishli uzatmalar ichki va tashqi tishlashadigan qilib tayyorlanadi.
Tishli g‘ildiraklarning silindrik va konussimon xillari bor. Silindrik tishli g‘ildiraklar to‘g‘ri, qiyshiq, shevron va spiral tishli qilib tayyorlanishi mumkin (5.3 - rasm).
Qiyshiq va shevron tishli g‘ildiraklar ancha katta kuchlarni ravon uzatish uchun xizmat qiladi. Spiral tishli g‘ildiraklar ayqash vallar orasida aylanma harakat uzatishga imkon beradi. Tishli g‘ildiraklarning o‘lchamlari mustahkamlikka (egilishga), siljishdagi kontakt mustahkamlikka, yeyilishga va qizishga hisoblab aniqlanadi.
Tishli g‘ildiraklar, odatda, Cho‘yan va po‘lat quymalardan, shuningdek, konstruksion va maxsus po‘latlardan yo‘nib, bolg‘alab, shtamplab yoki payvandlab tayyorlanadi. Tishli g‘ildiraklarning tishlari stanoklarda ishlanadi.
Berk moy vannalarida ishlaydigan tishli uzatmalar reduktorli uzatma deyiladi. Ular valdagi burovchi momentni oshirish va valning aylanish sonini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Odatda, elektrik dvigatellar valining aylanishi tax-minan 1000-1500 ayl/min bo‘ladi; ko‘pincha, buni 20-25 marta kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Reduktorlar, odatda, elektr dvigateli bilan harakat uzatuvchi mashina orasiga o‘rnatiladi. Reduktor korpuslari, ko‘pincha, quyib, ba’zan, payvandlanib tayyorlanadi. Uzatish soni kichik (1=10 gacha) bo‘lgan uzatmalarda bir pog‘onali, uzatish soni katta bo‘lganlarida esa ikki va uch pog‘onali reduktorlar qo‘llaniladi.
Silindrik tishli g‘ildirak reduktorining sxemasi 5.4- rasmda ko‘rsatilgan.
Silindrik tishli uzatmalarda markazlararo masofa quyidagi formuladan aniqlanadi: to‘g‘ri tishli g‘ildirak uchun
(5.16)
qiyshiq tishli g‘ildirak uchun
(5.17)
bunda - tishli g‘ildirak silindrik sirtining yasovchilariga nisbatan tishlarning og‘ish burchagi.
Dostları ilə paylaş: |