5-mavzu. Uzatmalar



Yüklə 14,3 Kb.
səhifə4/5
tarix24.10.2023
ölçüsü14,3 Kb.
#160068
1   2   3   4   5
5-mavzu. Uzatmalar-fayllar.org

Chervyakli uzatma uzatish soni katta (10, 25, 100 gacha, ba’zan, 400 gacha) bo‘lgan hollarda bir-biriga yaqin joylashgan ayqash vallarni aylantirish uchun qo‘llaniladi.
Chervyakli uzatma chervyak (ko‘pincha, val bilan birga tayyorlanadi) va chervyak g‘ildirakdan iborat. Diametri Db.a > 3dv bo‘lgan chervyak g‘ildirak, odatda, yig‘ma holda (tishli venetsi bronzadan, g‘ildiragi Cho‘yandan) yasaladi. CHervyakli uzatma chervyakdan chervyak g‘ildirakka aylanma harakat uzatish uchun, ya’ni tezlikni pasaytirish uchun qo‘llaniladi.
Chervyakli uzatmaning uzatish soni etakchi valning aylanishlar sonini etaklanuvchi valning aylanishlar soniga nisbati bilangina aniqlanmay, balki chervyak g‘ildirakning tishlari sonini chervyakning kirimlar soniga: taqsimlab ham aniqlanadi:
(5.18)
bunda: n1 - etakchi valning aylanishlar soni;

n2 - etaklanuvchi valning aylanishlar soni;
z - chervyak g‘ildirakning tishlari soni;
αx - chervyakdagi kirimlar soni (parallel kesilgan vinsimon
o‘yiqlar); αx = 1÷4
Chervyakli uzatmalar, tishli uzatmalar kabi mustahkamlikka, yeyilishga va qizishga hisoblanadi.
Chervyakning boshlang‘ich aylana diametri:
(5.19)
bunda: α - chervyak vint chizig‘ining ko‘tarilish burchagi: α=4÷26°. Burchak qancha katta bo‘lsa, chervyakning kirimlari soni shuncha kam bo‘ladi.

Chervyak g‘ildirakning boshlang‘ich aylanasi diametri:


(5.20)
Ko‘pincha, chervakli uzatmalar reduktorli qilib ishlanadi (5.5-rasm).




5.4. Zanjirli uzatma

Zanjirli uzatma etakchi va etaklanuvchi yulduzlar hamda zanjirlardan iborat. U uzatish soni qiymati o‘zgarmagani holda ancha uzoq masofaga aylanma harakat uzatish uchun xizmat qiladi.

Sanoat mashinalarida yuk ko‘tarish, tortish va harakatlantirish zanjirlari qo‘llaniladi. Yuk ko‘tarish zanjirlari yukni ko‘tarish va tushirish uchun xizmat qiladi. Tortish zanjirlari yuk tashish qurilmalarida qo‘llaniladi. Harakatlantiruvchi zanjirlar ikki parallel val orasida burovchi moment uzatadi. Dinamik nagruzkalarni kamaytirish uchun ular kichik qadamli va yeyilishga chidamli qilib ishlanadi.
Zanjiri 10-15 m/sek gacha tezlikda va i=6÷77 gacha uzatish sonida ishlaydigan zanjirli uzatmalar eng ko‘p tarqalgan. Zanjirli uzatmalarda vtulka-rolikli zanjirlar ko‘proq ishlatiladi.
Vtulka-rolikli zanjir (5.6-rasm, a) valiklar 2 bilan biriktirilgan tashqi plastinalar 1, vtulkalar 4 ga mahkamlangan ichki plastinkalar 3 va roliklar 5 dan iborat. Vtulkalar valiklarda, roliklar va vtulkalarda erkin aylanishi mumkin.
Katta kuchlarni uzatish uchun ko‘p qatorli vtulka-rolikli zanjirlar qo‘llaniladi. Masalan, E-652 ekskavatorlarda to‘rt qatorli zanjir, E-302 ekskavatorlarda esa ikki qatorli zanjir qo‘llaniladi.

Tishli zanjirlardan (5.6-rasm, B) foydalanilganda zanjirli uzatma ravon va shovqinsiz ishlaydi.

Zanjirli uzatma bir zanjir bilan bir necha valni aylantirishga imkon beradi. U tishli uzatmalarga nisbatan dinamik nagruzkani yaxshiroq qabul qiladi. Sharnirlarning yeyilishi va zvenolarning uzayishi natijasida zanjirlarning salqilanib qolishi - zanjirli uzatmalarning kamchiligidir.


Yüklə 14,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin