5-mavzu. Xristianlik dini. Reja


Manbalari. Ilohiy kitoblar –



Yüklə 73 Kb.
səhifə2/8
tarix24.10.2023
ölçüsü73 Kb.
#160131
1   2   3   4   5   6   7   8
5-MAVZU. XRISTIANLIK DINI.

Manbalari. Ilohiy kitoblarmuayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy ta’limotga ko‘ra, Alloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga sahifalar, ba’zilariga esa kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob. Bulardan 10 sahifani Odam (as)ga, 50 sahifani Shis(as)ga, 30 sahifani Idris(as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan. Muso (as)ga Tovrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso(as)ga Injil va Muhammad (sav)ga Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitoblar va sahifalar bir yo‘la bir da’fada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on xazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan -deydi.
Bibliya. Bibliya, yahudiylik va xristianlik dinlari ta`limotiga ko‘ra, u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.
Uning tarkibiga kirgan yahudiy diniga talluqli kitoblar «Qadimiy ahd» deb, xristian talimotiga tegishli kitoblar «Yangi ahd» deb nomlanadi. Yahudiy va Xristian bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi Qadimiy Isroil va Qadimiy Yahudiylarning diniy talimot va urf-odatlari asosida eramizdan avalgi XIII asrda yozilgan bo‘lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.
Bibliya so‘zining grekchadan tarjimasi biblia - kitob, o‘ram ma`nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo‘lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha 22 ta kitob bo‘lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o‘rtasidagi tafovutni keyinchalik ba`zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo‘linib ketganligi bilan izohlash mumkin. Masalan, «Musoning besh kitobi» avval bir butun bo‘lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, «kichik payg‘ambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan.
Yahudiylar Qadimiy Ahdni 3 qismga bo‘ladilar:

  1. birinchisiga «Musoning besh kitobi» - «Tora» («Tavrot»);

  2. ikkinchisiga «Payg‘ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim);

  3. uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim).

Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta`limotlarga kitoblari»ga, «Payg‘ambar kitoblari»ga bo‘lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini ham Shunday tasnif qiladilar. «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kitoblari kiradi. «Ta`limotlar»ga «Havoriylar maktublari» kiradi, «Payg‘ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi.
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo‘linadi. Uning hozirgi qabul qilingan bo‘linishi Nenterberiya episkopi Stefan Langton (vafoti 1228 y.) tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo‘lib chiqdi va bu narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar avval Santes Panino (v. 1541 y.) keyinchalik 1555 yilarda Robert etenlar tomonidan raqamlandi.

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin