5-Mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif (ad-as) modeli Reja Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab tushunchasi va grafigi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix16.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#98880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
P Нарх 
даражаси 
Р
2
 
 
Р
1
 
 
AD 
Y
3
 

Y
1
 
Y
2
 
AS
2
 
AS
1
 
AS
3
 
E
1
 
E
2
 
E
3
 
Pе 
AD

AS 

Y
2
 
Y
e
 
Y
1
 




5-chizma. Yalpi taklif o‘zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga 
ta'siri 
Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o‘sib borishi bilan kuzatilgan yalpi 
talabning ko‘payishi talab inflyasiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. 
Yalpi taklif o‘zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli 
darajalariga ta'sirini 5-chizma misolida ko‘rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar 
ta'sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 
dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko‘tariladi, ya'ni 
stagflyasiya ro‘y beradi. 
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog‘liq bo‘lmagan omillardan 
birortasi o‘zgarib, yalpi taklifning o‘zgarishiga olib kelsin. Ya'ni, yerning bahosi 
pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga 
ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig‘i AS1dan AS3 holatga 
siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab 
chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya'ni, iqtisodiy o‘sish 
holati ro‘y beradi. 
Yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy 
beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga 
kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi 
o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta'kidlash lozim. Pul 
muomalasi qonunlaridan ma'lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi 
uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy 
iqtisodiyotlarning 
baynalminallashuvi 
va 
globallashuv 
jarayonlari 
pul 
muomalasining amal qilishiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, 
masalan AQShda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya 
qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e'tiborga olmaslikka qadar olib 
keldi” . 
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar hajmi 
o‘rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi. 
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri 
makroiqtisodiy muvozanatni ta'minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi 
taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag‘batlantirisho‘ yoki 
cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosati qo‘llaniladi. 
Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining ko‘rinishlariga daromadlarni 
o‘stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzxonlashtirish, narxlarni 
cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosatida investisiyalarni 
rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni 
qo‘llab quvvatlash va h.k. choralar kiradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin