5-Mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif (ad-as) modeli Reja Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab tushunchasi va grafigi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix16.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#98880
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qisqacha xulosalar 
AD-AS modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo‘lib milliy 
bozorni qisqa va uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli 
iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish va baholash uchun asos yaratadi. 


Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning 
baholarning ma'lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va 
xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. 
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi AD egri chizig‘i 
traektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan hamda baho omillari 
bo‘lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan 
izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta'sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki 
chapga siljiydi. 
AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq 
muddatli davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo‘ladi. 
Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar 
darajasiga bu kesmalarda turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif 
hajmlari o‘zaro mos kelgan, ya'ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta 
makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning 
muvozanatli darajasi deb aytiladi. 
AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi 
hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat 
iqtisodiy o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyasiyadan 
dalolat beradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va 
yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin