3. Davlat xarajatlarining o‘zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4. Sof eksport hajmidagi o‘zgarishlar.
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o‘zgarishi.
b) valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari
yalpitalabning narxlarga bog‘liq bo‘lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul
taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir.
Yalpi talabning bahoga bog‘liq bo‘lmagan omillari ta'sirida AD egri
chizig‘i o‘ngga yoki chapga siljiydi (1-chizma). Natijada ma'lum baho darajasiga
mos keluvchi talab qilinayotgan yalpiichki mahsulot hajmi o‘zgaradi.
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy
daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma'lum miqdorda pasayishi (bular
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof
eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri
chizig‘ining o‘ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo‘lgan holatlarda AD
egri chizig‘i chapga siljiydi.
Dostları ilə paylaş: