Pul taklifi hajmi o‘zgarmagan holatda talabning
oshishi foiz stavkasini
ko‘rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo‘lgan sharoitda
ishbilarmonlarning investisiya tovarlariga bo‘lgan talabi pasayadi.
Investisiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo‘lganligi
tufayli bu yalpi
talab hajmining pasayishiga olib keladi.
P↑ → MD↑ (MS const) → R↑ → I↓ → AD↓
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar
darjasining oshishi, jamg‘arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligasiyalar) real
xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy
aktivlarning real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste'mol
xarajatlar
miqdorini qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so‘m bo‘lsa, undan
hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflyasiya ta'sirida
mashina narxi 12 mln. so‘mga ko‘tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va
yana 2 mln. so‘m to‘plash uchun joriy davrda olgan
ixtiyoridagi daromadidan
ko‘proq qismini jamg‘aradi.
Iste'mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo‘lganligi tufayli uning kamayishi
ADning pasayishiga olib keladi.
Молиявий
P
↑
→ активларнинг
↓
→
С↓
( S
↑
→ AD
↓
реал қиймати
Import xaridlar
samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va
xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda
ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va o‘z
navbatida shu
mamlakatda import mahsulotlarga bo‘lgan talab oshadi. Va, aksincha,
ichki
narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki
YaIMga talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport
hajmi orqali yalpi talab
hajmiga ta'sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: