5-mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif modeli reja



Yüklə 369,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix30.09.2023
ölçüsü369,94 Kb.
#151322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
AD = C + I + G + Xn. 
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o„rtasidagi bog„liqlikni 
ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig„i deb ataladi.
2
Buni chizma ko„rinishida 
tasvirlash mumkin (5.1-rasm). 
5.1-rasmdan ko„rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig„i doimo pastga va o„ngga 
suriladi. 
1
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 285 
2
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 285 



5.1-rasm. Yalpi talab egri chizig‘i 
Bunday surilishning sababi har xil. Ma‟lumki, alohida olingan tovarlar bozorida 
talab egri chizig„ining surilishiga asosan daromad samarasi va o„rinbosar tovarlar 
sabab bo„ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste‟molchilarning pul 
daromadlari ko„proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). 
Shuningdek, baho pasayganda iste‟molchi ushbu tovarni ko„proq boshqa sotib oladi, 
chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo„ladi (o„rnini bosadigan tovarlar). 
Milliy bozorda AD-egri chizig„ining traektoriyasini, ya‟ni uning quyiga 
egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash 
mumkin: 
M V=Y P 
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; 
P – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan 
real ishlab chiqarish hajmi. 
Bu tenglamadan:
P = M V / Y va Y= M V / P 
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko„rinadiki, baholar 
darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo„ladi, ya‟ni pul 
massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o„zgarmas bo„lsa baholar darajasi va yalpi 
talab o„rtasida teskari bog„liqlik mavjud bo„ladi.
3

Yüklə 369,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin