5-mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif modeli reja


Yalpi taklif grafigi va omillari



Yüklə 369,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix30.09.2023
ölçüsü369,94 Kb.
#151322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
5.3. Yalpi taklif grafigi va omillari. 
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif 
qilinishi mumkin bo„lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif 
tushunchasi ko„pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo„llaniladi. 
Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo„shimcha mahsulot ishlab 
chiqarishga rag„bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi 
bilan baholar darajasi o„rtasida to„g„ri aloqa mavjud.
4
Demak, mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi baholar o„sib borishi bilan o„sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi 
taklif (AS) egri chizig„i alohida tovar taklifi egri chizig„idan farq qilib uch qismdan, 
gorizontal yoki keyns kesmasi, ko„tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal 
yoki klassik kesmadan iborat (5.2-rasm). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga 
klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda 
ko„pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. 
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi
uning potensial hajmidan, ya‟ni to„liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo„lgan 
hajmidan kamdir.
5
Demak, bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo„lgan va katta miqdordagi 
resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko„rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu 
resurslarni esa baholar darajasiga ta‟sir ko„rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. 
Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o„zgarmay qolgan 
sharoitda ro„y beradi. 
4
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 288 
5
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 290 



Yalpi taklif egri chizig„ining 
Keyns kesmasida
iqtisodiyotni nisbatan qisqa 
muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish 
quyidagi shartlarga tayanadi: 

Yüklə 369,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin