5-mavzu. Yalpi talab-yalpi taklif modeli reja



Yüklə 369,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix30.09.2023
ölçüsü369,94 Kb.
#151322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
 
Moliyaviy 

P↑ → aktivlarning ↓ → C↓ (S↑ ) → AD↓ 

 
 
 
real qiymati 
Import xaridlar samarasi
shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va 
xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda 
ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab kamayadi va o„z navbatida shu 
mamlakatda import mahsulotlarga bo„lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki 
narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki YaIMga 
talab oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga ta‟sir 
ko„rsatadi. 
P↑→ X↓ (M↑)→Xn↓ →AD↓ 
Yuqorida ko„rib o„tilgan omillar yalpi talabning baho omillari deb ataladi. 
Bundan tashqari yalpi talabning bahoga bog„liq bo„lmagan omillari ham mavjud. Bu 
omillardagi o„zgarishlar yalpi talabning miqdorida o„z aksini topadi va uning egri 
chizig„ini chapga yoki o„ngga siljitadi (5.1-rasm). Yalpi talabning bahoga bog„liq 
bo„lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz: 
1. Iste‟mol xarajatlaridagi o„zgarishlar: 
a) iste‟molchilarning real moddiy aktivlari miqdorining o„zgarishi;
b) iste‟molchilar kutishi;
v) iste‟molchilarning qarzlari miqdorining o„zgarishi;g) iste‟molchilar 
daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining o„zgarishi. 
2. Investitsiya xarajatlaridagi o„zgarishlar: 
a) foiz stavkasidagi o„zgarishlar; b) investitsiyalardan kutilayotgan foyda 
normasining o„zgarishi; v) korxonalardan olinadigan soliqlar miqdorining o„zgarishi; 



g) yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar 
o„zgarishi. 
3. Davlat xarajatlarining o„zgarishi. Masalan, harbiy xarajatlar va yangi 
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda. 
4. Sof eksport hajmidagi o„zgarishlar. 
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o„zgarishi. 
b) valuta kurslaridagi o„zgarishlar. 
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi 
talabning narxlarga bog„liq bo„lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M) 
va pulning aylanish tezligi (V) dir. 
Yalpi talabning bahoga bog„liq bo„lmagan omillari ta‟sirida AD egri chizig„i 
o„ngga yoki chapga siljiydi (5.1-rasm). Natijada ma‟lum baho darajasiga mos 
keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o„zgaradi. 
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy 
daromadining oshishi, milliy valuta kursining ma‟lum miqdorda pasayishi (bular 
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof 
eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri 
chizig„ining o„ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo„lgan holatlarda AD egri 
chizig„i chapga siljiydi. 

Yüklə 369,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin