1
5-MAVZU. YALPI TALAB-YALPI TAKLIF MODELI
Reja:
5.1. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpii talab tushunchasi va
grafigi.
5.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari.
5.3. Yalpi taklif grafigi va omillari.
5.4. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat.
5.1. Yalpi talab-yalpi taklif modeliga umumiy tavsif. Yalpi talab tushunchasi va
grafigi.
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o„rtasidagi nisbatga bog„liq bo„lib,
ular hajmlarining o„zgarishi baholarning o„zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning
o„zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta‟sir ko„rsatadi. Bunday o„zaro bog„liqlik
umumlashtirilgan holda ko„rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta‟luqlidir.
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog„liqlik talab va taklif
modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko„lamda milliy
ishlab chiqarish hajmining o„zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining
o„zgarishi o„rtasida bog„liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish
hajmi ayrim davrlarda barqaror o„sishi, ba‟zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab
berish uchun bu modellardan foydalanib bo„lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand-
aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat
ko„rsatkichlaridan foydalaniladi.
1
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar
darajalarining tebranishlarini hamda ular o„zgarishining oqibatlarini o„rganish uchun
bazaviy model bo„lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy
siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab – uy xo„jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning
baholarning ma‟lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va
xizmatlarning umumiy hajmiga bo„lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar
yig„indisidir. Formula ko„rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |