4
g) yangi texnologiyalarning ishlab
chiqarishga jalb qilinishi; d)zahiradagi quvvatlar
o„zgarishi.
3. Davlat xarajatlarining o„zgarishi. Masalan,
harbiy xarajatlar va yangi
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4. Sof eksport hajmidagi o„zgarishlar.
a) boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o„zgarishi.
b) valuta kurslaridagi o„zgarishlar.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari yalpi
talabning narxlarga bog„liq bo„lmagan yana ikki omilini beradi. Bular: pul taklifi (M)
va pulning aylanish tezligi (V) dir.
Yalpi talabning bahoga bog„liq bo„lmagan omillari ta‟sirida AD egri chizig„i
o„ngga yoki chapga siljiydi (5.1-rasm). Natijada ma‟lum
baho darajasiga mos
keluvchi talab qilinayotgan yalpi ichki mahsulot hajmi o„zgaradi.
Pul taklifining, pulning
aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy
daromadining oshishi, milliy valuta kursining ma‟lum miqdorda pasayishi (bular
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli)
oqibatida sof
eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri
chizig„ining o„ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo„lgan holatlarda AD egri
chizig„i chapga siljiydi.
Dostları ilə paylaş: