5.3. Yalpi taklif grafigi va omillari.
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo`lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko`pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo`llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag`bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o`rtasida to`g`ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o`sib borishi bilan o`sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig`i alohida tovar taklifi egri chizig`idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko`tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (5.2-rasm). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko`pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi uning potensial hajmidan, ya‘ni to`liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo`lgan hajmidan kamdir. Demak bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo`lgan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko`rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta‘sir ko`rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o`zgarmay qolgan sharoitda ro`y beradi.
Yalpi taklif egri chizig`ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
5.2-rasm. Yalpi taklif egri chizig`i2
Dostları ilə paylaş: |