AD = C + I + G + Xn. Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o`rtasidagi bog`liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig`i deb ataladi. Buni rasm ko`rinishida tasvirlash mumkin (5.1-rasm).
1-rasmdan ko`rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig`i doimo pastga va o`ngga suriladi.
5.1-rasm. Yalpi talab egri chizig`i1 Bunday surilishning sababi har xil. Ma‘lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizig`ining surilishiga asosan daromad samarasi va o`rinbosar tovarlar sabab bo`ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste‘molchilarning pul daromadlari ko`proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste‘molchi ushbu tovarni ko`proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo`ladi (o`rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig`ining traektoriyasini, ya‘ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin:
M V=Y P Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
R – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi.
Bu tenglamadan:
P = M V / Y va Y= M V / P tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko`rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo`ladi, ya‘ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o`zgarmas bo`lsa baholar darajasi va yalpi talab o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud bo`ladi.
5.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari.
Baholar darajasi va va yalpi talab o`rtasidagi teskari bog`liqlikni , shuningdek quyidagi baho omillari bilan izohlanadi:
Foiz stavkasi samarasi;
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;