15
qilinadi.Ta’lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etish bo‘yicha
pedagog
xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv rejalariga
ta’lim-tarbiyaga oid maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar
kiritilgan.
Bundan tashqari, umumta’lim maktablari psixologlari tomonidan
o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida har qanday zo‘ravonlik,
tazyiq va
kamsitishlarga qarshi treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.
Xulosa
Rejalarga qaralsa, hammasi chiroyli: 2025 yilgacha bo‘lgan maqsadlar ham
xuddi konsepsiyadagidek
amalga oshirilsa, imkoniyati cheklangan bolalar boshqalar
singari bir xil sharoitda ta’lim
olishi kerak, ularga darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari
yetmay qolishi kerak emas. Bunday bolalar ham sog‘lom
bolalar kabi qiynalmasdan
maktabga borishi, kelajakda o‘z yo‘lini osonroq topishi mumkin. Jamiyat ham
imkoniyati cheklangan shaxslarga begonadek ajablanib qaramaydi.
Faqat konsepsiya to‘liq amalga oshishi qat’iy nazoratga olinishi, hech narsa qog‘ozda
qolib ketmasligi kerak va Xalq ta’limi vazirligi
ixtisoslashgan maktab
o‘qituvchilarining xavotirlariga e’tibor berib ularni eshitishi,
jamoatchilikning
fikrlarini ham o‘rganib borishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: