3
Har bir bola o‘z imkoniyat
darajasida
rivojlanadi
, buni L.S. Vigotskiyning ilmiy
qarashlariga ko‘ra
“Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot
davom etadi” fikri bilan ham tasdiqlash mumkin .
Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy,
tashkiliy va uslubiy
islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida
ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning
turli xildagi va umumiy maqsadlari,
intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va
ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim.
4
2020−2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
konsepsiyasiga O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini
takomillashtirish hamda
ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha quyidagi asosiy
ustuvor vazifalarni nazarda tutadi:
alohida ta’limga muhtoj bolalar o‘qiydigan ta’lim muassasalari binolariga
qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
ushbu ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, o‘quv
qurollari, turli kasblar
bo‘yicha o‘qitish uchun moddiy-texnik baza va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim muassasalarini maxsus asbob-
uskunalar bilan (yuk ko‘tarish
moslamalari, panduslar, panjara va boshqalar),
shuningdek, tegishli xodimlar bilan ta’minlash (maxsusko‘tarish moslamalari,
panduslar, panjara va boshqalar), shuningdek, tegishli xodimlar bilan ta’minlash
(maxsus o‘qituvchilar, bolalarni psixologik-pedagogik nazorat qilish bo‘yicha
mutaxassislar);
alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning moslashuvi
va integratsiyalashuvi
uchun maktab-internatlarni maxsus jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash va
boshqalar.
Shuningdek, qarorda alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
ta’lim davlat muassasalarida kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil etish chora-
tadbirlari belgilangan.