5-sinf ona tili va adabiyot 1-variant til haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang



Yüklə 177,55 Kb.
səhifə12/14
tarix07.01.2024
ölçüsü177,55 Kb.
#202102
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
manitoring ona tili va adabiyoti monitoring tayyor 5- sinf

a’zam” nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy u haqida fikr yuritib, “shahbozi balandparvoz” (baland uchuvchi lochin) deb baholagan ediki, bu bejiz emas.
11. Qaysi ijodkorning badiiy adabiyotga qiziqishiga va kirib kelishiga ko‘rkam so‘zga mehri baland onasi Shohodatbonu sababchi bo‘lgan?
J:_________________________________________
12. Boshqa ko‘pgina olimlardan farqli o‘laroq bu ijodkor tug‘ilgan sana aniq ko‘rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o‘z davrining ilmli odamlaridan bo‘lib, o‘g‘lining tug‘ilgan kunini o‘z qo‘li bilan yozib ketgan qog‘oz zamondosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo‘q. U yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o‘sgan. U yoshligidan aql-idrokli, o‘tkir zehnli va ma’rifatga havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo‘r qiziqish bilan egallaydi.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
J:_________________________________________
13.Ergashgan qo‘shma gapga misol yozing.
J:_________________________________________
14. Tassavvufiy adabiyotimizda “may”, “sharob”, “boda” so‘zlari qanday ramzi ma’no kasb etadi?
J:________________________________________
15. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi qahramonga: “Muhabbat nuri ollinda huvaydo, Jamolida vafo tug‘rasi paydo”, – deb ta’rif beriladi?
J:_________________________________________

10-sinf ona tili va adabiyoti
1. Milliy til va adabiy til haqida notog‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang.
A) Milliy til muayyan bir millat vakillari uchun tarixan umumiy bo‘lgan, milliy madaniyatning ko‘zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita bo‘lib, u adabiy til bilan bir qatorda, xalq shevalari, oddiy so‘zlashuv unsurlari, jargonlarni ham o‘z ichiga oladi.
B) Milliy tilning ishlov berilgan, boy leksik zaxirasi va grammatik tuzilishi me’yorlashtirilgan hamda uslublar tizimi rivojlangan oliy shakli adabiy til hisoblanadi.
C) Xalq shevalari adabiy tilning boyib borishida o‘ziga xos tuganmas manba vazifasini o‘taydi va ular adabiy til me’yorlarini tashkil qiladi.
D) Adabiy til ifodalanishiga ko‘ra og‘zaki va yozma shakllarga ega. Kishilar o‘rtasidagi muloqot uchun ularning har ikkalasi ham muhim, ya’ni muloqotning maqsadiga ko‘ra ulardan biri tanlanadi. Ammo adabiy tilning shakllanishi va me’yorlarining barqarorlashuvida yozma shakl asosiy o‘rin tutadi.
2. Qaror qilindi:
1. «Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati» nashrga tavsiya etilsin.
2. Mas’ul muharrir etib filologiya fanlari doktori E. Begmatov tasdiqlansin.
Ushbu matn parchasi qaysi uslubga xos?
A) rasmiy uslub B) publitsistik uslub
C) so‘zlashuv uslubi D) ilmiy uslub
3. Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi...
So‘z san’atkorlari tilga alohida e’tibor berib keldilar, uslub va ifodaning sodda bo‘lishini, nutqda fikriy mujmallikka yo‘l qo‘ymaslikni targ‘ib etdilar.
Ushbu matn parchasi qaysi uslubga xos?
A) rasmiy uslub B) publitsistik uslub
C) so‘zlashuv uslubi D) ilmiy uslub
4. Muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llanadigan til shakli … hisoblanadi.
Jumlani to‘ldiring.
A) grammatika B) nutq uslubi C) matn D) gap
5. Tilshunoslikning nutq uslublarini o‘rganuvchi bo‘limi qaysi javobda berilgan?
A) Grammatika B) paremiologiya
C) uslubshunoslik D) leksikografiya
6. . «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» ning muallifi berilgabn qatorni aniqlang?
A) Sh.Rahmatullayev B) A.Sobirov
C) E.Begmatov D) A.Hojiyev

Yüklə 177,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin