manitoring ona tili va adabiyoti monitoring tayyor 5- sinf
B) Tong otmoqda. Qishloq allaqachon uyg‘ongan. C) Quruq gapning o‘zi qachon lo‘nda dalil bo‘la olgan. D) Nazira opa yuzlarida qandaydir tabassum bilan qutini tita boshladi. 3. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra to‘rt turi qatnashgan? A) Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi. B) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Shuni sen ham unutma. C) Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor. D) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigitni taniysizmi? 4. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini bajargan? A) Haqiqiy sholr o‘z tuyg‘ularining tarjimonidir. B) Yigitcha qo‘rquvdan dir-dir titrar, uning lablari pir-pir uchar edi. C) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin. D) Qizchaga biror narsa bo‘lganini payqagan Alisher bor kuchi bilan unga qarab yugurdi. 5. Qaysi javobdagi olmoshlar haqida berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush orttirilishi kuzatiladi. B) So‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan olmoshlar bo‘lishsizlik olmoshlari hisoblanadi. C) To‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari sanaladi. D) Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. Ayrim kishilik olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush tushishi kuzatiladi. 6. Qaysi gap tarkibida belgilash va bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgan? A) Hech qanaqa shartim yo‘q. Ishlab u-bu orttirish niyatim ham yo‘q. B) Hamma unga o‘girilib qarar, ammo Sattor Roziyadan boshqa hech kimni ko‘rmas edi. C) Hech kimni baxt o‘z-o‘zidan quchgan emas, Qush ham ko‘kka mashaqqatsiz uchgan emas. D) Dunyoda hech bir narsaning qimmati ilmchalik yuqori emas. 7. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra uch turi qatnashgan? A)Sen bu vazifani hech qachon uddalay olmaysan. B)Qilgan xatolaringga, albatta, sen o‘zing javob berishing kerak. C)Bu masalada sizga har doim yordam berolmaymiz. D)Bu tadbirda biz ham qatnashmoqchi edik. 8. Lekin Mahmud — Qutlug‘ Nigor xonim... akasi, jiyani Bobur... ashaddiy dushmani Ahmad Tanbal... yon bosishi mumkin emasday tuyilardi. Nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘yilishi kerak? A) 2 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda o‘rin-payt B) 1 o‘rinda qaratqich, 1 o‘rinda tushum, 1o‘rinda jo‘nalish C) 2 o‘rinda qaratqich, 1 o‘rinda jo‘nalish D) 2 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda qaratqich 9. S.Zunnunova haqidagi ushbu fikrlarni kim bildirgan: “U xotin -qizlarga xos nazokat, iforli tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib mehnatga rag‘batimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi” A) S.Ahmad B) G‘.G‘ulom C) A.Muxtor D) Q.Yo‘ldoshov 10. Shuhratning markazida bolalar obrazi turuvchi asarlari berilgan qatorni aniqlang? A) “Orzu va qasos”, “Jamila”, “Guldursun” B) “Farzand”, “So‘lmas chechaklar”, “orzu va qasos” C) “Jamila”, “Raymonda”, “Ona va farzand” D) “Shinelli yillar”, “jannat qidirganlar”, “Orzu va qasos” 11. Sofoklning “Shoh Edip” asarini ona tilimizga tarjima qilgan tarjimon kim?