5-sinf ona tili va adabiyot 1-variant til haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang



Yüklə 177,55 Kb.
səhifə9/14
tarix07.01.2024
ölçüsü177,55 Kb.
#202102
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
manitoring ona tili va adabiyoti monitoring tayyor 5- sinf

J:_________________________________________
12.Qaysi kelishik qo‘shimchalari shakldoshlik hosil qilishi mumkin?
J:_________________________________________
13. “Chiniqish”, “Jamila”, “Usta G‘iyos”, “Ovchi bolalar”, “Temur Malik”, “Chatqol Yo‘lbarsi”, “Shiroq”,“Farg‘ona”, “Degrez o‘g‘li”, “Irmoqlar”, “yashil qishloq”,“Qalb va Falsafa”, “Me’mor”, “Umid”“Avesto”,“Ildizlar va yaproqlar”, “Tungi chaqmoqlar”, “Ilon o‘chi”, “Turon malikasi”
Ushbu asarlardan nechtasi Mirmuhsin qalamiga mansub romanlar hisoblanadi?
J:_________________________________________
14. Qaysi ijodkorning “Xatingni kutaman” nomli birinchi asariyoq yilning eng yaxshi hikoyasi deb topilgan edi?
J:_________________________________________
15. Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga torlik qilib qoladi” ushbu fikrlar “Oq kema” qissasidagi qaysi qahramon tilidan aytilgan?
J:________________________________________


8-sinf ona tili va adabiyoti
1. Gerdaymoq so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang?
A) mag‘rurona va ulug‘vor ko‘rinish, salobat.
B) viqor bilan ko‘kragini kerib, qaddini rostlab yurmoq.
C) gavdani tik, g‘oz tutmoq.
D) o‘zini hammadan yuqori his etish.
2. Nutq uslublaridan qaysi birida gaplar ixcham va aniq, mazmunli quriladi, ko‘pincha, egasiz, kesimlari majhul nisbatda bo‘ladi.
A) Badiiy uslub B) Rasmiy-idoraviy uslub
C) Ilmiy uslub D) Publitsistik uslub
3. Ilmiy uslubga xos matn berilgan qatorni aniqlang?
A) Ma’lumotnoma Murodjon Yo‘ldoshevga uning
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlayotganligi ha-qida berildi.
B) Kimyoviy suv molekulasi bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil topadi. Bunday suv tabiatda uchramaydi va maxsus usul bilan hosil qilinadi.
C) G‘alaba! Sen uyimizga sovg‘a-salomlarga to‘lib emas, aftoda bir holatda: tovoni teshik askar etigini kiyib, horib-
charchab, sillang qurigan holda kirib kelding.
D) Men onamning qattiq betobligi tufayli o‘n kun davomida darslarga kela olmadim. Qoldirilgan darslarni o‘zlashtirib olishga va’da beraman.
4. 1) uslub, 2) malaka, 3)sheva, 4)targ‘ibot, 5)adabiy
a) biror g‘oya, ta’limot va shu kabilarni yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar; b) til unsurlarining ma’lum vazifa bajarishiga bog‘liq holda birlashadigan, o‘ziga xos tanlanadigan tizimi; c) badiiy adabiyotga, badiiy ijod faoliyatiga oid; d) bilim va kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba; mahorat; e) umumxalq tilining ma’lum hududga xos tarmog‘i, mahalliy til.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni izohi bilan muvofiqlashtiring?
A) 1-a,2-d,3-e,4-a,5-c B) 1-e,2-d,3-e,4-a,5-c
C) 1-b,2-a,3-e,4-d,5-c D) 1-b,2-d,3-e,4-a,5-c
5. Quyidagi yordamchi so‘zlardan nechtasi ko‘makchi hisoblanadi?
Nahotki, basharti, qadar, agar, axir, go‘yo, boshqa, hatto, sari, chunki, xuddi, keyin, balki, faqat, orqali.
A) 4 tasi B) 3 tasi C) 5 tasi D) 6 tasi
6. Notog‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang?
A) Ma’lumotnoma matnida voqea-hodisa yoki holat haqida oddiy axborot beriladi. Bunday matn obrazlilik va bo‘yoqdorlikdan, badiiy-tasviriy vositalardan xoli bo‘ladi. Ma’lumotnoma matnida so‘zlovchi axborotni o‘z nuqtayi nazarisiz, xolis bayon qiladi.
B) Rasmiy matnlar ijody-tavsifiy matnga misol bo‘ladi.
C) Ijodiy-tavsifiy matnda dalillar so‘zlovchi yoki yozuvchining shaxsiy munosabati, nuqtayi nazari asosida ifodalanadi; badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanishi mumkin.
D) Ilmiy, publitsistik va badiiy matnlar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlari hisoblanadi.
7. Bilimlarni boyitish yoki namoyish qilish maqsadiga

Yüklə 177,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin