Xasis va uning oltini
Xasis bir odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltin xarid qildi. Eski hovli yo‘lagidan yurib bog‘ga kirdi, bir qoziq yonida to‘xtadi. O‘sha yerdan choh qazib, oltinni ko‘mib qo‘ydi. Har kuni yo‘lakka borar va xazinasining butun turganidan xabar olardi. Xasis odamning ishchilaridan biri uning bu yoqqa serqatnov bo‘lib qolganini sezib qoldi va sababini bilmoqqa qaror
qildi. Tez orada ishchi ko‘milgan xazinaning sirini bilib oldi. Yerni kovlab, oltinni o‘g‘irlab ketdi. Ertasi kuni xasis qozig‘i yoniga kelib qarasa, oltin yashirilgan chuqur bo‘m-bo‘sh. U baqirib sochl arini yuldi, odamlarni qarg‘ay boshladi. Xasisning ahvolini ko‘rgan qo‘shnisi: “Iltimos, bunchalik qayg‘urma. Borgin-da, tosh olib o‘sha chuqurga tashla. Oltinning har doimgidek o‘sha yerda yotganini tasavvur qil: oltining chuqurda bormi-yo‘qmi, undan senga hech bir naf yo‘q edi-ku”, – dedi.
Matn asosida tuzilgan test topshiriqlarini yeching.
1. Matnga tayanib, quyida keltirilgan voqealar rivojining ketma-ketligini raqamlar bilan belgilang.
1. Xasis odam o‘zidagi bor-budini sotib, quyma oltinga
almashtirishga qaror qildi.
2. Bir odam xasisning oltinini o‘g‘irlab ketdi.
3. Xasis chuqur qazib, unga xazinani yashirdi.
4. Qo‘shnisi xasisga quyma oltinning o‘rniga tosh tashlashni
maslahat berdi.
B) 1, 3,2,4 B) 1,2,3,4 C) 2,1,3,4 D) 1,3,4,2
2. Ushbu matndan ko‘zlangan maqsad noto‘g‘ri izohlangan javobni toping.
A) Qimmatbaho narsalarni o‘g‘irlanadigan joyda saqlama.
B) Oltining bo‘lsa, albatta, bir kuningga yaraydi.
C) Bor narsangdan foydalanmasliging unga ega emasliging bilan barobar.
D) To‘g‘rilab bo‘lmaydigan narsa uchun qayg‘urma.
3. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) manfaat, tomom, badiy, dunyoqarash
B) taasurot, tamon, badiiy, ehtiyot
C) taalluqli, navbat, kauchuk, uddaburon
D) taaluqli, tomon, baxr, uddabiron
4. Qaysi qatordagi so‘zlarning undoshlari faqat til orqa undoshlaridan iborat?
A) kukun, katak, grek
B) egik, go‘ng, kakao
C) kakku, kek, keyin
D) ko‘k, gala, geologiya
5. Ansambl so‘zining ma’nosi to‘g‘ri izohlangan qatorni aniqlang.
A) o‘zaro mos va uyg‘un qismlarning birikuvidan iborat bino va inshootlar majmuyi.
B) minoraga o‘rnatilgan soat.
C) tanishish D) o‘lchov
6. O unlisi qaysi so‘zlarda I unlisiga monand aytiladi.
A) Pomir, okean, konsert B) tonna, orden
C) Termos, tormoz, direktor D) okean, termos, rektor
7. Qaysi qatorda faqat til oldi undosh tovushlar berilgan?
A) m, n, d, r B) b, l, r,z C) d, n, r, j D) l, n, r, g
8. Qaysi javobda ot so‘z turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar berilgan?
A) ozodlik, istiqlol, erkinlik B) chiroy, husn, suluv
C) epchil, abjir, makkor D) ayyor, makkor
9. Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi?
A) ...iyla, ...ulosa B) sa...iy, i...tiro
C) ...ushyor, ...ozirjavob D) ...ayot, ...aridor
10. ushbu rasmda tasvirlangan ijodkorning dastlabki she’rlar to‘plamining nomi berilgan qatorni aniqlang.
A) «Shu’lаlаr qo‘ynidа» B) «Ko‘klam»
C) «Тuyg‘ulаr» D) «Tоng»
11. Hayotda аyrim kishilаr kichkinаginа qiyinchilik оldidа hаm esаnkirаb, ruhаn cho‘kib qоlаdilаr, hоlbuki, bоshqаlаr bundаn o‘n chаndоn оg‘ir mаshаqqаtlаrni sаbr ilа yеngаdilаr.
Хаlqimizdа: «Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil», – dеgаn mаqоl bоr. Buning zamirida ham hayotda o‘zingni nochor hisoblama, balki sendan ham ilojsizlar bor degan ibrat yotadi.
Dostları ilə paylaş: |